Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul ijrochilar | |
I.Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida qonunchilikni takomillashtirish | |||||
1. | “O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunlari va boshqalar) O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish va kiritish. | O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi | 2018-yil I-chorak | “O‘zstandart” agentligi, | |
2. | ““Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi (yangi tahrir) O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ishlab chiqish va kiritish. | O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi | 2018-yil II-chorak | “O‘zstandart” agentligi, | |
3. | “O‘lcham birliklarini qo‘llash to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish. | Hukumat qarori loyihasi | 2017-yil IV-chorak | “O‘zstandart” agentligi, | |
4. | Metrologik nazoratdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, tibbiyotga mo‘ljallangan sinov vositalari va o‘lchov vositalarining ro‘yxatini tasdiqlash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 2017-yil, sentyabr | “O‘zstandart” agentligi, | |
5. | Samarasiz, eskirgan va bozor mexanizmlari o‘rnini bosuvchi normalarni bekor qilib, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni �atlovdan o‘tkazish. | Ijrochilarning idoraviy hujjatlari | har yili | “O‘zstandart” agentligi, | |
6. | Xalqaro tajribani inobatga olib, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. | Chora-tadbirlar rejasi | 2017-yil IV-chorak | “O‘zstandart” agentligi | |
II. “O‘zstandart” agentligi faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish | |||||
7. | “O‘zstandart” agentligining idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlarini yanada modernizatsiya qilish va yuqori aniqlikdagi zamonaviy o‘lchash va sinash uskunalari bilan qayta jihozlash, bunda 37,4 mlrd. so‘mlik summa mablag‘larini ajratish, shu jumladan: | Idoraviy hujjat (modernizatsiya qilish va qayta jihozlash dasturi) | har yili | “O‘zstandart” agentligining maxsus fondi, | “O‘zstandart” agentligi va uning idoraviy bo‘ysunuvidagi |
10,3 mlrd. so‘m; | 2017-y. | ||||
9,2 mlrd. so‘m; | 2018-y. | ||||
8,8 mlrd. so‘m; | 2019-y. | ||||
9,1 mlrd. so‘m. | 2020-y. | ||||
8. | Standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni umumiy miqdorda 13% dan 22% gacha ulushini oshirgan holda iqtisodiyot sohalarida Kompleks chora-tadbirlarning 1-ilovasiga muvofiq 2066 ta xalqaro standartlarni qabul qilishni keyinchalik bosqichma-bosqichjoriy qilish maqsadida, ju jumladan: | Ijrochilarning idoraviy hujjatlari | har yili | ijrochilarning o‘z mablag‘lari | “O‘zstandart” agentligi, vazirlik va idoralar, |
492 ta standartlar (14,5% gacha yetkazish); | 2017-y. | ||||
509 ta standartlar (17,5% gacha yetkazish); | 2018-y. | ||||
526 ta standartlar (20,0% gacha yetkazish); | 2019-y. | ||||
539 ta standartlar (22,6% gacha yetkazish). | 2020-y. | ||||
9. | Xalqaro standartlarga mos, 2020-yilda ularning sonini 4,6 barobarga oshirgan holda 9158 ta korxonalarda sifat menejmenti tizimini Kompleks chora-tadbirlarning 2 va 2a-ilovalariga muvofiq joriy etish, shu jumladan: | Ijrochilarning qo‘shma qarorlari (tarmoq jadvallari) | har yili | ijrochilarning o‘z mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “O‘zstandart” agentligi agentligi |
2096 ta korxona; | 2017-y. | ||||
2216 ta korxona; | 2018-y. | ||||
2387 ta korxona; | 2019-y. | ||||
2459 ta korxona. | 2020-y. | ||||
10. | Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan 80 ta korxonalarning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sifat menejmenti tizimini joriy etish orqali ISO 22000 xalqaro standartga muvofiq eksport salohiyatini oshirish, shu jumladan: | Ijrochilarning qo‘shma qarorlari (tarmoq jadvallari) | har yili | ijrochilarning o‘z mablag‘lari | “O‘zbekoziq-ovqatsanoatxolding” XK, |
25 ta korxonalar; | 2017-y. | ||||
16 ta korxonalar; | 2018-y. | ||||
18 ta korxonalar; | 2019-y. | ||||
21 ta korxonalar. | 2020-y. | ||||
11. | Sanoatning 67 ta energiya iste’mol qiladigan korxonalarida ISO 50001 xalqaro standartlarga muv�fiq energetika menejmentini joriy etish orqali energiya resurslarini sarflanishini bosqichma-bosqich kamaytirish, shu jumladan: | Ijrochilarning qo‘shma qarorlari (tarmoq jadvallari) | har yili | ijrochilarning o‘z mablag‘lari | “O‘zavtosanoat” AK, |
23 ta korxonalarda; | 2017-y. | ||||
22 ta korxonalarda; | 2018-y. | ||||
12 ta korxonalarda; | 2019-y. | ||||
10 ta korxonalarda. | 2020-y. | ||||
12. | “O‘zstandart” agentligi idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlarining xalqaro darajada e’tirof etilgan tashkilotlar tomonidan akkredatitsiyadan o‘tkazish orqali 12 ta laboratoriyalari sinov natijalarini xalqaro tan olishga sharoitlar yaratish, shu jumladan: | Akkreditatsiyadan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma | o‘z mablag‘lari | “O‘zstandart” agentligi Hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari | |
“Buxoro SSM” DK (kimyo mahsuloti), “Surxondaryo SSM” DK (oziq-ovqat mahsuloti), “Namangan SSM” DK (to‘qimachilik mahsuloti), “Samarqand SSM” DK (avtotransport vositalari); | 2017-y. | ||||
“Qoraqalpoq SSM” DK (kimyo mahsuloti), “Andijon SSM” DK (mashinasozlik mahsuloti), “Samarqand SSM” DK (SMT sertifikatlashtirish organi), “Andijon S�M” DK (SMT sertifikatlashtirish organi); | 2018-y. | ||||
“Navoiy SSM” DK (elektr texnika mahsuloti), “Farg‘ona SSM” DK (kimyo mahsuloti); | 2019-y. | ||||
“Chirchiq SSM” DK (fizika-kimyo sinovlari), “Xorazm SSM” DK (oziq-ovqat mahsuloti). | 2020-y. | ||||
13. | Respublika hududining 19 ta olis tumanlarida yashayotgan aholisiga energiya resursini hisoblash maishiy asboblarini (gaz, elektr energiya, suv) qabul qilish punktlarini tashkil etish orqali qulay-sharoitlar yaratish, shu jumladan: | Ijrochilarning qo‘shma qarorlari (tarmoq jadvallari) | har yili | ijrochilarning o‘z mablag‘lari | “O‘zstandart” agentligi, |
Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani, Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, Jizzax viloyati, Paxtakor va Mirzacho‘l tumanlari, Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, Farg‘ona viloyati, Quva tumani, Xorazm viloyati, Hazorasp tumani; | 2017-y. | ||||
Buxoro viloyati, Peshku tumani, Xorazm viloyati, Shovot tumani, Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani; | 2018-y. | ||||
Jizzax viloyati, Do‘stlik tumani, Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani, Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani, Namangan viloyati, Chust tumani; | 2019-y. | ||||
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani, Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani, Namangan viloyati,Uchqo‘rg‘on tumani, Andijon viloyati, Baliqchi tumani. | 2020-y. | ||||
III. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash | |||||
14. | “O‘zstandart” agentligining “Qoraqalpoq SSM” DKning yangi binosi qurilishini yakunlash. | Ishga tushirish | 2017-yil, 1-sentabr | “O‘zstandart” agentligining maxsus jamg‘armasi, | “O‘zstandart” agentligi, Respublika SSM, |
15. | “O‘zstandart” agentligining “Andijon SSM” DK mashinasozlik mahsulotlarining sinov kompleksi qurilishini yakunlash. | Ishga tushirish | 2017-yil II-chorak | “O‘zstandart”agentligining maxsus jamg‘armasi, | “O‘zstandart” agentligi, Respublika SSM, |
16. | Andijon va Toshkent viloyati Standartlashtirish va metrologiya boshqarmalarining etil spirt sifatini nazorat qilish laboratoriyalarini gazxromatografiya uskunalari bilan jihozlash. | Ijrochilarning idoraviy hujjatlari | 2017-yil II-chorak | “O‘zstandart” agentligining maxsus jamg‘armasi | “O‘zstandart” agentligi |
17. | Zamonaviy sinov (o‘lchov) laboratoriyalarini tashkil etish uchun grantlar jalb qilish. | Takliflar tayyorlash | 2017 — 2020-yy. | “O‘zstandart” agentligi | |
18. | “O‘zstandart” agentligi arxivini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash. | Takliflar tayyorlash | 2018-yil II-chorak | “O‘zstandart” agentligining maxsus jamg‘armasi | “O‘zstandart” agentligi |
19. | Tabiiy gazning shudring nuqtasini o‘lchash uskunalarini (namlikni o‘lchash uskunalari) tekshirish va qiyoslash laboratoriyalarini yaratish. | Ijrochilarning idoralararo hujjatlari | 2018-yil III-chorak | ijrochilarning | “O‘zstandart” agentligi, AK “O‘ztransgaz” |
20. | Massa etaloni va harorat laboratoriyasini iqlimni nazorat qiluvchi zamonaviy tizim bilan jihozlash. | Takliflar tayyorlash | 2018-yil III-chorak | “O‘zstandart” agentligining maxsus jamg‘armasi | “O‘zstandart” agentligi |
21. | “Maxam-Chirchiq” AJ negizida sinov gaz aralashmalarini tayyorlash laboratoriyalarini tashkil etish. | Ijrochilarning idoralararo hujjatlari | 2019-yil I-chorak | ijrochilarning o‘z mablag‘lari | “O‘zkimyosanoat” AJ, |
22. | “O‘z-Koram Ko” MChJ, “Avtosanoat-Sepla” QK, “O‘z-Kor-Gaz Kemikal” QKlarning sinov laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish. | Akkreditatsiyadan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani olish | 2017-yil III-chorak | ijrochilarning o‘z mablag‘lari | “O‘zbekneftegaz” MXK, |
23. | Keyinchalik davlat ilmiy-texnika dasturlariga kiritish uchun o‘lcham birliklari etalonlari va eng yuqori aniqlikda o‘lchov vositalarini yaratishga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. | Ijrochilarning idoralararo hujjatlari | 2017-2018-yy. | Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | |
IV. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish | |||||
24. | O‘zbekiston Respublikasining Parij shahrida 1875 yil 20-mayda qabul qilingan Metrik konvensiyaga qo‘shilish masalasini ishlab chiqish va natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritish. | Hukumat qarori loyihasi | 2017-2018-yy. | “O‘zstandart” agentligining maxsus jamg‘armasi | “O‘zstandart” agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, |
26. | Massa laboratoriyalarini BIPM (O‘lchov va tarozi xalqaro byurosi) talablariga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tkazish. | Akkreditatsiyadan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma | 2017-2018-yy. | “O‘zstandart” agentligining maxsus jamg‘armasi | “O‘zstandart” agentligi |
27. | Muvofiqlikni baholash ishlari natijalarini o‘zaro e’tirof etish bo‘yicha ikki tomonlama bitimni imzolash bo‘yicha hukumatlararo komissiyalarga takliflar kiritish. | Bitim loyihasi | 2017-2018-yy. | “O‘zstandart” agentligi, | |
V. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni rivojlantirish | |||||
28. | Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida interfaol xizmatlar sonini ko‘paytirish. | Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va joriy qilish | 2017-2018-yy. | o‘z mablag‘lari | “O‘zstandart” agentligi |
29. | Mahsulotni kataloglashtirish tizimini takomillashtirish. Standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarning Milliy qidiruv tizimini yaratish. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlar shtrixli kodlarining davlat reyestridan ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovarlarning shtrixli kodlari bo‘yicha Milliy qidiruv tizimini yaratish. | Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va joriy qilish | 2017- 2018-yy. | o‘z mablag‘lari | “O‘zstandart” agentligi |
30. | Standartlar va o‘lchov vositalarini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspektorlari faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish. | “O‘zstandart” agentligi buyrug‘i | 2017-yil II-chorak | “O‘zstandart” agentligi | |
31. | Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida mutaxassislarni tayyorlashda o‘quv rejaga “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiyadan o‘tkazish” fanini kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash. | Chora-tadbirlar rejasi | 2017-2018-yy. | “O‘zavtosanoat” AK, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, | |
32. | “O‘zstandart” agentligining rasmiy veb-saytida joylashtirish orqali milliy standartlardan bepul foydalanish uchun sharoitlar yaratish. | www.standart.uz rasmiy veb-saytida joylashtirish | 2017-yildan boshlab | “O‘zstandart” agentligining maxsus jamg‘armasi | “O‘zstandart” agentligi |
33. | Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida sifatsiz mahsulot to‘g‘risida ma’lumotlarning yagona axborot bazasini shakllantirish. | Qo‘shma harakatlar rejasi | 2018-yil I-chorak | “O‘zstandart” agentligi, | |
VI. Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish | |||||
34. | Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasida mutaxassislarni amaliy tayyorlash darajasini oshirish. Mutaxassislarning stajirovkalarini xorijiy mamlakatlarning yetakchi institutlarida o‘tkazish. | O‘qitish jadvali | har yili | o‘z mablag‘lari | “O‘zstandart” agentligi, TIV |
35. | Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda mutaxassislarni o‘qitishni tashkillashtirish. | Seminar va treninglar | har yili | xalqaro (xorijiy) tashkilotlar mablag‘lari | “O‘zstandart” agentligi, vazirlik va idoralar, |
T/r | Tashkilotlar nomi | 2017 y. | 2018 y. | 2019 y. | 2020 y. |
Vazirlar Mahkamasi komplekslari bo‘yicha umumiy soni | 492 | 509 | 526 | 539 | |
I. | Eksport salohiyati va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi | 114 | 152 | 153 | 157 |
1. | “O‘zavtosanoat” AK | 3 | 10 | 5 | 6 |
2. | “O‘zeltexsanoat” AK | 53 | 65 | 68 | 70 |
3. | “O‘zstandart” agentligi | 58 | 77 | 80 | 81 |
II. | Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neftkimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi | 116 | 91 | 91 | 92 |
1. | “Sanoatgeokontexnazorat” DI | 22 | 15 | 13 | 13 |
2. | “Navoiy KMK” DK | 13 | 2 | 1 | 1 |
3. | “Olmaliq KMK” AJ | 13 | 2 | 1 | 1 |
4. | “O‘zbekneftgaz” XK | 23 | 25 | 27 | 28 |
5. | “O‘zbekenergo” AJ | 20 | 22 | 23 | 24 |
6. | “O‘zkimyosanoat” AJ | 25 | 25 | 26 | 25 |
III. | Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi | 41 | 46 | 50 | 52 |
1. | O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi | 28 | 32 | 35 | 36 |
2. | “Avtomobil vadaryo transporti” agentligi | 13 | 14 | 15 | 16 |
IV. | Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste’mol tovarlari masalalari kompleksi | 149 | 150 | 156 | 158 |
1. | “O‘zpaxtasanoateksport” XK | 5 | 5 | 6 | 7 |
2. | “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi | 9 | 10 | 11 | 10 |
3. | “O‘zdonmahsulotlari” AK | 12 | 13 | 14 | 13 |
4. | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi | 15 | 18 | 22 | 23 |
5. | “O‘zbekoziqovqatxolding” XK | 41 | 50 | 56 | 58 |
6. | “O‘zbekyengilsanoat” AJ | 36 | 34 | 30 | 30 |
7. | “O‘zvinsanoat-xolding” XK | 9 | 5 | 4 | 4 |
8. | “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi | 22 | 15 | 13 | 13 |
V. | Ta’lim va fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi | 22 | 23 | 24 | 25 |
1. | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | 22 | 23 | 24 | 25 |
VI. | Sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi | 50 | 47 | 52 | 55 |
1. | Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi | 20 | 10 | 12 | 13 |
2. | Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi | 30 | 37 | 40 | 42 |
T/r | Hududlar nomi | Tashkilotlar soni | shu jumladan: | |||
2017 y. | 2018 y. | 2019 y. | 2020 y. | |||
Jami | 9158 | 2096 | 2216 | 2387 | 2459 | |
1. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 272 | 62 | 66 | 71 | 73 |
2. | Andijon viloyati | 750 | 171 | 181 | 196 | 202 |
3. | Buxoro viloyati | 488 | 111 | 118 | 127 | 131 |
4. | Jizzax viloyati | 331 | 76 | 80 | 87 | 89 |
5. | Qashqadaryo viloyati | 470 | 107 | 114 | 123 | 126 |
6. | Navoiy viloyati | 598 | 137 | 145 | 156 | 161 |
7. | Namangan viloyati | 769 | 175 | 186 | 201 | 207 |
8. | Samarqand viloyati | 1229 | 280 | 297 | 321 | 331 |
9. | Surxondaryo viloyati | 285 | 65 | 69 | 75 | 77 |
10. | Sirdaryo viloyati | 221 | 50 | 53 | 58 | 59 |
11. | Toshkent viloyati | 1063 | 243 | 257 | 278 | 286 |
12. | Farg‘ona viloyati | 1077 | 246 | 260 | 281 | 290 |
13. | Xorazm viloyati | 341 | 78 | 82 | 89 | 92 |
14. | Toshkent shahri | 1264 | 295 | 307 | 326 | 336 |
T/r | Vazirlar Mahkamasi komplekslari nomi | Tashkilotlar soni | shu jumladan: | |||
2017 y. | 2018 y. | 2019 y. | 2020 y. | |||
Jami | 446 | 96 | 105 | 121 | 124 | |
1. | Eksport salohiyati va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi | 67 | 10 | 14 | 21 | 22 |
2. | Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neftkimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi | 33 | 5 | 8 | 10 | 10 |
3. | Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish sanoati masalalari kompleksi | 27 | 5 | 6 | 8 | 8 |
4. | Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste’mol tovarlari masalalari kompleksi | 301 | 71 | 74 | 77 | 79 |
5. | Ta’lim va fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi | 4 | 1 | 1 | 1 | 1 |
6. | Sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi | 14 | 4 | 2 | 4 | 4 |
Etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi o‘lchov vositalari nomi | O‘lchov diapazoni | Nuqsonlar | Soni (k-t) | Moliyalashtirish davri | Hisob-kitob qiymati | ||
1. | Mutlaq bosimning birlik etaloni | 1 10 — 8 — 4 105 Pa | 0,310 — 2 — 0,3 Pa | 1 | 2018 y. | 160 | |
2. | Etalon uchun platinadan ishlangan qarshilik termometrlari | 0 — 630,74 °S | 0,01 °S | 1 | 2018-y. | 100 | |
3. | Bosimning birlik etaloni | 0,007 — 7 MRa | 3 10 — 4 MRa | 1 | 2018-y. | 160 | |
4. | Kuch o‘lchagich namunali qurilmasi | 50 — 500 kN | 0,20 % | 1 | 2018-y. | 110 | |
5. | Shtrixli uzunlik o‘lchovlari attestatsiyasining namunali interferensiya qurilmasi | 100 mm gacha | 1 razryad | 1 | 2018-y. | 170 | |
6. | Kelvin — harorat birlik etaloni | - 38 — 961 °S | (0,0002 — 0,01) °S | 1. | 2019-y. | 350 | |
7. | Chiroq, yoritish va yorug‘lik kuchi birlik etaloni | 1 — 5000 lx | ± 3 % ko‘p bo‘lmagan | 1 | 2019-y. | 475 | |
8. | Sarf o‘lchagich — suyuqlik hisoblash asboblari uchun avtomatlashtirilgan tekshirish qurilmasi | 0,45 — 600 m3/h | hajmi bo‘yicha: | 1 | 2019-y. | 600 | |
9. | Fotometrik o‘lchovlar uchun namunali qurilma | 175 — 3300 nm | ± 0,0003 A | 1 | 2019-y. | 260 | |
10. | Etalon qo‘ng‘iroqli gaz qurilmasi | 250 m3/h gacha | U = 0,06 % (k=2) | 1 | 2020-y. | 400 | |
11. | Havo muhitida paskal (Ra) — ovoz bosimi birlik etaloni | 0,02 — 2 Ra | 0,03 — 0,14 dB | 1 | 2020-y. | 150 | |
12. | Gidrostatik tortish namunali qurilmasi | 650 — 2000 kg/m3 | 0,1 kg/m3 ko‘p bo‘lmagan | 1 | 2021-y. | 280 | |
13. | Doimiy va o‘zgaruvchan tokni tenglashtirish etaloni va o‘zgaruvchan kuchlanishni o‘lchash etaloni komplekti | 600 µV dan | 0,3 ppm | 1 komp. | 2021-y. | 280 | |
14. | Etalon-dinamometr | 20 — 2000 kN | 0,05 % | 1 | 2021 y. | 90 | |
15. | GLONASS va GPS signallari priyomniklari bilan vaqt va chastota etaloni | 1 Hz; | 1*10-14 s | 1 komp. | 2021-y. | 435 | |
16. | Chastota diapazonida qattiq jismning tebranma harakatida uzunlik, tezlik va tezlanish birligi etaloni (GPSE) | 3*10-1 Hz dan | 1,5*10-3 Hz dan | 1 komp. | 2021y. | 213 | |
17. | Doimiy tokning yuqori omli elektr qarshiligining etalonli qiyoslash tizimi komplektda | 10-4 dan | 0,1 ppm | 1 | 2022-y. | 400 | |
18. | To‘g‘ri chiziqlilik va tekislikdan chetga chiqish o‘lchovlari sohasida uzunlik birligi etaloni | 3 m gacha | og‘ishi —
| 1 | 2022-y. | 225 | |
19. | Aerozollarning ommaviy konsentratsiyasini o‘lchash vositalarini tekshirish uchun namunali qurilma | 0,1 — 100 mg/m3 | ± 10 % ko‘p bo‘lmagan | 1 komp. | 2022-y. | 250 | |
20. | Satho‘lchagichlarni barcha turlarini tekshirish uchun namunali qurilma | 5 m gacha | 0,001 m | 1 | 2022-y. | 350 | |
21. | Gradus — tekis burchak birlik etaloni | 0 — 360° | 0,03” | 1 | 2022-y. | 350 | |
Jami: | 21 | 5808 |
U.U. Rozuqulov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari |
A.A. Xaitov | — | “O‘zstandart” agentligi bosh direktori, ishchi guruh rahbari o‘rinbosari |
S.X. Bekenov | — | iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari |
M.M. Mirzayev | — | moliya vaziri o‘rinbosari |
S. S. Saydaliyev | — | sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari |
A.D. Vaxabov | — | suv va qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari |
lavozimi bo‘yicha | — | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari |
K.N. Tulyaganov | — | qurilish vaziri o‘rinbosari |
A.A. Yuldashev | — | Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
B.Y. Raximov | — | Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
lavozimi bo‘yicha | — | Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari |
A.E. Shayxov | — | Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari |
lavozimi bo‘yicha | — | Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-taxlil departamenti |
J.G. Mirsaidov | — | “O‘zstandart” agentligi bosh direktori o‘rinbosari, Maxsus ishchi guruh mas’ul kotibi |
ShARH
O‘zbekiston Respublikasida keyingi yillarda ko‘rsatib o‘tilgan soha va tarmoqlarda aniq maqsadga yo‘naltirilgan kompleks tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Xususan, mazkur sohada qonuniy bazani takomillashtirish doirasida xalqaro qoida va amaliyotni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida” (2009-yil) va “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi (2013-yil) qonunlari qabul qilindi. Ushbu qonunlar ichki bozorning sifatsiz mahsulotlardan himoya qilinishi hamda respublikamiz laboratoriyalari tomonidan o‘tkazilgan sinovlar natijalarining xalqaro darajada tan olinishini ta’minlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” va “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunlariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun sertifikatlashtirish hamda standartlarni qabul qilish va joriy etish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida majburiy sertifikatlanishi lozim bo‘�gan mahsulotlar ro‘yxati keskin qisqartirildi. Eksportga yo‘naltirilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi belgilandi, o‘lchash vositalarini tayyorlash, sotish va ijaraga berish faoliyatini litsenziyalash jarayoni bekor qilindi.
Sertifikatlashtirish va standartlashtirish qoidalariga rioya etilmaganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash me’yorlari bekor qilinib, mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi kuchaytirildi. Shuningdek, 23 ta texnik reglamentni qabul qilish hisobiga 700 dan ortiq standart ixtiyoriy turga o‘tkazildi.
Shu bilan birga, sohadagi ishlarning tahlili vakolatli davlat boshqaruvi idorasi sifatida “O‘zstandart” agentligining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator yechimi topilmagan masalalar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Birinchidan, agentlikning tashkiliy tuzilmasi xalqaro talablarga mos emas, yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlab bera olmas edi.
Ikkinchidan, ISO xalqaro tashkiloti standartlarini qabul qilish borasidagi faoliyat lozim darajada tashkil etilmagan, standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar milliy fondida ushbu tashkilot standartlari 13 foizni tashkil etar edi, xolos.
Uchinchidan, Agentlik tomonidan xalqaro sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish bo‘yicha respublikamizdagi korxonalarga uslubiy yordam ko‘rsatish yetarli darajada tashkil etilmagan edi.
To‘rtinchidan, respublikamizning mavjud etalonlar bazasi ayrim sanoat tarmoqlarida foydalanilayotgan yuqori aniqlikdagi asboblarning metrologik tekshiruvini to‘la qamrab olish imkonini bermas edi.
Yuqorida keltirilgan masalalarni hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining ustuvor vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish;
mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va sanoat mahsulotlarining xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatlashtirishni amalga oshirish;
eksportchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga yo‘naltirilgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish;
texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, realizatsiya qilinadigan mahsulotlar xavfsizligining tizimli nazoratini ta’minlash samaradorligini oshirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari va aholiga ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
Shuningdek, mazkur qaror bilan 2017 — 2020-yillarda “O‘zstandart” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. � quyidagi jihatlarni nazarda tutadi:
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida qonuniy bazani takomillashtirish;
“O‘zstandart” agentligining sinov laboratoriyalari va hududiy markazlarini zamonaviy yuqori aniqlikdagi o‘lchash va sinov uskunalari bilan qayta jihozlash va modernizatsiya qilishni davom ettirish;
2 mingdan ortiq xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich qabul qilish orqali ularning standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar milliy fondidagi ulushini ikki barobar oshirish;
9 mingdan ortiq korxonada xalqaro standartlarga mos keladigan sifat menejmenti tizimlarini joriy etish, 2020-yilga qadar bunday korxonalar sonini 4,6 barobar oshirish;
“O‘zstandart” agentligi laboratoriyalarini xalqaro darajada tan olingan tashkilotlarda akkreditatsiya qilish yo‘li bilan ularda amalga oshirilgan sinov natijalarining jahon miqyosida tan olinishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, “O‘zstandart” agentligi xodimlar salohiyatini oshirish va uning faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini chuqurlashtirish.
Ushbu qaror bilan “O‘zstandart” agentligi qoshida “O‘zbekiston muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish markazi” va “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonalarini tashkil etish hamda “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasini qayta tashkil etishni nazarda tutgan holda “O‘zstandart” agentligining yangilangan tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Shuningdek, tasdiqlanayotgan ro‘yxatga muvofiq, etalonlar va yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini davlat budjetidan moliyalashtirish hisobiga xarid qilish orqali respublika etalo� bazasini yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining samarali ijrosini ta’minlash maqsadida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tashkil etildi.
Ushbu qarorning amalga oshirilishi:
birinchidan, milliy standartlarni xalqaro talablar bilan moslashtirish hamda zamonaviy sifat menejmenti tizimlarini keng joriy etish asosida mahalliy mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish va tashqi savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish;
ikkinchidan, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda milliy laboratoriyalar tomonidan amalga oshirilgan o‘lchash va sinov natijalarining chet ellarda tan olinishi uchun asos yaratish;
uchinchidan, sanoat tarmoqlarida qo‘llanilayotgan yuqori aniqlikdagi asboblarni to‘liq metrologik tekshiruvdan o‘tkazish, bir qator etalonlar va eng yuqori aniqlikda o‘lchash vositalarini xarid qilish orqali milliy korxonalarning xorijiy mamlakatlar metrologiya institutiga bog‘liqligini kamaytirish imkonini beradi.