24.04.2017 yildagi 232-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi xodimlari ish haqini tumanlar (hududlar) boʻyicha tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-dekabrdagi 803-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2021-y., 09/21/803/1232-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy KMK” davlat korxonasining kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, yuqori malakali mutaxassislarining kasbiy va moddiy manfaatdorligini oshirish, shuningdek ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi xodimlarining ish haqiga quyidagi miqdorlarda tuman (hududiy) koeffitsiyentlari belgilansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-dekabrdagi 803-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2021-y., 09/21/803/1232-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1,60 — Navoiy viloyatining Zarafshon, Uchquduq shaharlarida, Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlarida, Buxoro viloyatining Gʻijduvon, Peshku va Shofirkon tumanlarida, Xorazm viloyatining Tuproqqalʼa tumanida joylashgan boʻlinmalar xodimlari uchun;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2024-y., 09/24/537/0681-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1,30 — Samarqand viloyatining Nurobod shahrida, Qoʻshrabod, Nurobod, Paxtachi, Urgut tumanlarida, Jizzax viloyatining Gʻallaorol, Zomin va Forish tumanlarida, Navoiy viloyatining Navbahor, Qiziltepa va Xatirchi tumanlarida joylashgan boʻlinmalar xodimlari uchun;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2024-y., 09/24/537/0681-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1,20 — Navoiy viloyatining Navoiy shahrida va Karmana tumanida, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida, Kitob, Muborak va Koson tumanlarida, Toshkent viloyatining Angren va Olmaliq shaharlarida, Piskent va Ohangaron tumanlarida hamda Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan boʻlinmalar xodimlari uchun;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2024-y., 09/24/537/0681-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1,15 — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumanida joylashgan boʻlinmalar xodimlari uchun.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-dekabrdagi 803-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2021-y., 09/21/803/1232-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-dekabrdagi 803-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2021-y., 09/21/803/1232-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi xodimlarining ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlarini hisoblashning cheklangan summasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,11 baravarini tashkil etadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-dekabrdagi 803-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2021-y., 09/21/803/1232-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-sentabrdagi 743-son qarori 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan joylarda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq toʻlashga tuman koeffitsiyentlarini, shuningdek, ularga har yili beriladigan qoʻshimcha taʼtilning eng kam muddatini belgilash va qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasining xodimlariga nisbatan qoʻllanmaydi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-dekabrdagi 803-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2021-y., 09/21/803/1232-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xodimlarning ish haqiga koeffitsiyentlar belgilash bilan bogʻliq xarajatlar “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-dekabrdagi 803-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2021-y., 09/21/803/1232-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 24-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 17-son, 296-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2021-y., 09/21/803/1232-son; 05.09.2024-y., 09/24/537/0681-son)