Qayd etib o‘tilsinki, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash borasida kattagina ishlar amalga oshirildi. Ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha g‘oyat muhim dasturlar va loyihalarni izchillik bilan ro‘yobga chiqarish shahar va tumanlarda, shu jumladan, qishloq joylarda suv ta’minoti holatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi.
Keyingi olti yilning o‘zidagina 13 ming kilometrga yaqin suv quvurlari va vodoprovod tarmoqlari, 1,6 mingtadan ko‘proq suv chiqarish quduqlari, shuningdek, 1,4 mingta suv bosimini hosil qiladigan minora va rezervuarlar barpo etildi hamda rekonstruksiya qilindi. Natijada, jumladan, xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari va kreditlarini jalb etish hisobiga ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan ko‘pgina aholi punktlari sifati va xavfsizligi bo‘yicha zamonaviy talablarga mos keladigan suv bilan ta’minlandi.
Shu bilan birga, ayrim mintaqalarni, eng avvalo, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashning bir qancha yechilmagan muammolari hamon saqlanib qolmoqda.
Aholi sonining muttasil ortib borishi, yangi turar joy massivlari barpo etilishi, shaharlar va aholi punktlarining tobora kengayishi energiya va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etish asosida suv olish inshootlarini, suv quvurlari, nasos stansiyalari, taqsimlash uzellari va vodoprovod tarmoqlarini modernizatsiyalash va ildam rivojlantirishga yo‘naltirilgan kafolatlangan suv ta’minoti tizimini tubdan yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini taqozo etmoqda.
Aholining keng qatlamlari yashashi uchun, ayniqsa, qishloq joylarda, shinam va qulay ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, iste’molchilar uchun hamma joyda sifatli ichimlik suvi yetkazib berilishiga erishish, respublikada suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari ko‘rsatish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar 2017 — 2021-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini yanada rivojlantirish hamda modernizatsiyalashning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
aholining, ayniqsa qishloq joylardagi aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
suv olish, kanalizatsiya inshootlari hamda vodoprovod tarmoqlarining yangilarini qurish, mavjudlarini qayta tiklash va rekonstruksiya qilish, shuningdek, suv ta’minoti tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy uskunalar, mashinalar, mexanizmlar, ta’mirlash-foydalanish va o‘lchov texnikasi bilan jihozlash;
suv ta’minoti sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan, iste’mol qilingan suv va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish;
ichimlik suvi ishlab chiqarishning texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirish, belgilangan talablarga muvofiq suvning sifatli bo‘lishini ta’minlash, ishlab chiqarish jarayoniga energiya hamda suvni tejaydigan texnologiyalar va uskunalarni tatbiq etish;
suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini, shu jumladan, davlat bilan xususiy sektor sherikligi asosida boshqaruvning bozor tamoyillariga mos keladigan mexanizmlarini joriy etish;
suv ta’minoti tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga narx shakllantirish tartibini takomillashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(2 — 5-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2017-yilning oxiriga qadar har bir aholi punkti va umuman ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlari bo‘yicha suv ta’minoti tizimi obyektlari (quduqlar, suv olish inshootlari, magistral vodoprovodlar, taqsimlash tarmoqlari va boshqa obyektlar) pasportlashtirilishini, shuningdek, pasportlashtirish natijalari bo‘yicha ichimlik suvi ta’minoti tizimi obyektlarining elektron ma’lumotlar bazasi yaratilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tuzilsin, unda jamg‘ariladigan mablag‘lar:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
Dastur doirasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishda foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
suv resurslaridan foydalanganlik uchun olinadigan soliq bo‘yicha tushumlar hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan tegishli mablag‘lar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining mablag‘lari;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ “O‘zsuvta’minot” AJning asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha aholiga, ayniqsa qishloq joylarda sifatli ichimlik suvi yetkazib berilishini tashkil etish doirasida maxsus texnika uchun yoqilg‘i-moylash materiallariga zarur limitlar ajratsin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
13. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 7 ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Sof ichimlik suvi” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini boshqarish, shu jumladan Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish, moliyalashtirish va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Jamg‘arma Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) moliyalashtirish uchun tashkil qilingan.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
suv resurslaridan foydalanganlik uchun olinadigan soliq bo‘yicha tushumlarga mos ravishda Davlat budjetidan ajratiladigan ajratmalar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining mablag‘lari;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘lar Jamg‘armaga Dasturni bajarish doirasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, loyiha-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojga qarab har oyda ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Xalqaro moliya tashkilotlari va donorlarning grantlari hamda imtiyozli kreditlari, xayr-ehson qiluvchilar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda Jamg‘armaning g‘aznachilik hisob raqamlariga tushadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahri bo‘yicha bosh boshqarmasi hisob-kitob kassa markazida ochiladigan g‘aznachilik hisob raqamlarida jamlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Dastur doirasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hududlarni obodonlashtirish va kommunal xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash boshqarmasining “Sof ichimlik suvi” jamg‘armasi mablag‘larini boshqarish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Moliya vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini moliyaviy tartibga solish departamentining “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi” mablag‘larini boshqarish bo‘limi::
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini qompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilishning har yilgi dasturlarini shakllantirishda, zarur hollarda joylarga chiqib ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
dasturlarni amalga oshirish doirasida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxatlar bajarilishining tahlilini amalga oshiradi;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyatiga ma’lum qilish uchun Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognozini hamda uni choraklar va oylar bo‘yicha taqsimlagan holda bir yillik ijrosi to‘g‘risida hisobot tayyorlaydi;
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining oyma-oy taqsimotini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rahbariyatiga tasdiqlash uchun kiritadi;
ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan Jamg‘arma mablag‘lari hisobi yuritilishini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, ko‘rib chiqish va tasdiqlash ushbu Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturi va Davlat budjeti loyihalarini tayyorlash bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda har yili Davlat budjeti va boshqa manbalardan tushadigan tushumlarning kelgusi yilgi prognozlarini tayyorlaydi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda har yili 1-iyulga qadar barcha yo‘nalishlar bo‘yicha Jamg‘arma xarajatlari prognozini hamda suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishning keyingi yilgi manzilli ro‘yxatlari loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda har yili:
Keyingi tahrirga qarang.
1-iyulga qadar navbatdagi yilga mo‘ljallangan suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarning yakuniy parametrlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilab berilgan Jamg‘armaga kelib tushishi prognoz qilinayotgan mablag‘lar doirasida shakllantiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
1-avgustga qadar shakllantirilgan manzilli ro‘yxatlarni ko‘rib chiqish va kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga kiritadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining yillik parametrlari tasdiqlangandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 5 kun ichida kelgusi yilga o‘rnatilgan xarajatlar hajmi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligini va “O‘zsuvta’minot” AJni xabardor qiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
16. Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ochiladigan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining shaxsiy hisobvaraqlari orqali Jamg‘armaning g‘aznachilik hisobraqamlaridan sarflanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatga olingan tegishli xarajatlar smetalari asosida hamda qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda o‘tkazilgan tanlov savdolarining natijalariga ko‘ra ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturini bajarish uchun amalga oshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
18. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha shartnomalarni o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga oladi hamda ular bo‘yicha to‘lovlarni faqatgina xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida va tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq ravishda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi tomonidan buyurtmachilarning to‘lov topshiriqnomalari asosida, manzilli ro‘yxatlar bo‘yicha o‘rnatilgan limitlar hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi tender (tanlov) savdolarining natijalarini hisobga olib tuzilgan shartnomalarga muvofiq qoplanadi:
qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishning dastlabki ikki oyi mobaynida tender (tanlov) savdolari natijalari bo‘yicha qurilishning prognoz qilinayotgan yiliga belgilangan ishlar qiymatining 30 foiziga qadar miqdorda teng ulushlar bilan bo‘nak to‘lovlarini amalga oshirish;
ajratilgan bo‘nakning mutanosib ravishda ushlab qolinishini hisobga olib, bajarilgan ishlar qiymatining 90 foizi miqdorida har oy joriy moliyalashtirish;
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
21. Joriy moliya yili yakunlari bo‘yicha qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash manzilli ro‘yxatlarida nazarda tutilgan to‘liq moliyalashtirilmay qolgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining balansini ta’minlashni hisobga olgan holda o‘rnatilgan tartibda keyingi moliya yilida to‘lanishi lozim.
22. Jamg‘arma hisobvaraqlaridagi mablag‘larni ushbu Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlar uchun, shu jumladan vaqtincha olib qo‘yish taqiqlanadi.
23. Jamg‘arma mablag‘lari tushumi va sarflanishi hisobini yuritish hamda ular yuzasidan hisobot tuzish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
24. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda, har oy, hisobot davridan keyingi oyning 5 kunidan kechiktirmay Moliya vazirligiga ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga ajratilgan Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl asosida taqdim etadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
26. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanilishini O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan taqdim etilgan suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha bajarilgan ishlar to‘g‘risida, shu jumladan to‘langan mablag‘lar, shuningdek, ularning birlamchi hujjatlar (hisob-fakturalar)ga va amalda bajarilgan ishlar (xizmatlar) hajmlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari asosida doimiy monitoringni amalga oshiradi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Jamg‘arma mablag‘laridan tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va “O‘zsuvta’minot” AJ zimmasiga yuklanadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
LexUZ sharhi