O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi 295-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-fevraldagi PF-4954-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatlarini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2776-son qaroriga muvofiq, shuningdek avtomobil yo‘llari sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi yig‘imlar va boshqa to‘lovlar undirilmasdan:
tugatilayotgan va qayta tashkil etilayotgan O‘zbekiston avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (“O‘zavtoyo‘l” DAK) va uning tegishli ravishda idoraviy mansub tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va unga idoraviy mansub tashkilotlarga o‘tayotgan mablag‘lari va maxsus texnikasi ichki ishlar organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini;
tugatilayotgan va qayta tashkil etilayotgan ko‘chmas mulk obyektlariga huquqlar ularning nomlari o‘zgarishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasiga qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini amalga oshirsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
2. Qo‘mita avtomobil yo‘llari sohasida maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
3. Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Qo‘mita o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
5. Qo‘mitaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Qo‘mita yuridik shaxs hisoblanadi, dumaloq muhrga va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida bank hisob raqamlariga va g‘aznachilik hisob raqamlariga ega.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy organlar deb ataladi), Qo‘mitaning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda idoraviy mansub tashkilotlar deb ataladi) yuridik shaxslar hisoblanadilar, dumaloq muhrga va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan blankalarga ega.
8. Hududiy organlar o‘z faoliyatini nizomlarga, idoraviy mansub tashkilotlar esa — Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan ustavlarga muvofiq amalga oshiradi.
9. Qo‘mitaning markaziy apparati, uning hududiy bosh boshqarmalari, tuman yo‘llardan foydalanish korxonalari, yo‘llardan muntazam foydalanish korxonalari va ko‘priklardan foydalanish korxonalarining ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
zamonaviy transport oqimi sharoitlarida avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini ta’minlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish;
avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirish;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘i saqlanishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish, ularning yuqori transport-foydalanish darajasida bo‘lishini ta’minlash;
ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish;
avtomobil yo‘llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan chet ellarda o‘quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
yo‘l xo‘jaligi sohasidagi zamonaviy texnologiyalarni va yetakchi xorijiy mamlakatlarning tajribasini hisobga olgan holda avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritish va takomillashtirishda ishtirok etish;
avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash, shuningdek yo‘l-qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarni ishlab chiqish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini ta’minlash;
avtomobil yo‘llari qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlashda uchastkalarda harakat xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida avtotransport vositalari harakatini vaqtincha cheklash yoki to‘xtatishni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish;
safarbarlik tayyorgarligini, shuningdek idoraviy mansub tashkilotlarning safarbarlik tayyorgarligi bo‘yicha ular faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarining hisobini yuritish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bundan mustasno;
b) avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
avtomobil yo‘llarining texnik holatiga qarab avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashning har yilgi dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini ta’mirlashning har yilgi dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
v) avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash sohasida:
O‘zbekiston Respublikasining avtomobil yo‘llari ro‘yxatini shakllantirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
iqtisodiyot va aholining ehtiyojlaridan hamda davlatning strategik vazifalarini hal etishdan kelib chiqib respublika avtomobil yo‘llari tarmog‘ini ilmiy asoslangan istiqbolli rejalashtirish, takomillashtirish va rivojlantirish;
mamlakat mintaqalarini bog‘lovchi va kecha-kunduz, uzluksiz va xavfsiz avtomobil transport aloqasini ta’minlaydigan transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish;
avtomobil yo‘llari masalalari bo‘yicha xalqaro yo‘l va transport tashkilotlari bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish va ularda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash, O‘zbekiston Respublikasining avtomobil yo‘llari va transport sohasida xalqaro shartnomalarda ishtirok etishini ta’minlash;
avtomobil yo‘llari va transport sohasida xalqaro hamkorlik qilish, xalqaro yo‘l va transport tashkilotlari, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari, shuningdek xorijiy kompaniyalar bilan samarali o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish borasida takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Qo‘mita vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa davlatlarning avtomobil yo‘llari va transport bo‘yicha vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
maxsus ruxsatnoma bergan holda, shu jumladan xalqaro tashishlarni amalga oshirayotgan yirik o‘lchamli va og‘ir yuk ko‘taradigan avtotransport vositalarining avtomobil yo‘llari bo‘yicha harakati yo‘nalishlarini belgilash;
xalqaro transport yo‘nalishlaridan foydalanishda xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy integratsiyaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish;
d) zamonaviy transport oqimi sharoitlarida avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini ta’minlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish sohasida:
avtomobil yo‘llarini, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlariga, shu jumladan investitsiya loyihalari va mukammal ta’mirlash obyektlarini texnik-iqtisodiy asoslashni (texnik-iqtisodiy hisob-kitobni), avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash obyektlarining ish hujjatlarini va avtomobil yo‘llarini jihozlash bo‘yicha tanlov hujjatlari ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
idoraviy mansub tashkilotlarning muassisi funksiyasini amalga oshirish, ular faoliyati monitoringini olib borish va iqtisodiy tahlil qilish, shuningdek idoraviy mansub tashkilotlarda moliya-xo‘jalik faoliyatini va mol-mulkdan foydalanilishini tekshirish;
qulay va xavfsiz harakatni ta’minlash uchun avtomobil yo‘llaridan foydalanish, avtomobil yo‘llaridan foydalanishda yo‘l harakati xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki va yozma murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ular bo‘yicha qarorlar qabul qilish va ariza beruvchilarga qonun hujjatlarida belgilangan muddatda javoblar yuborish;
e) avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida:
avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish sohasida sifat nazoratini amalga oshirish;
avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash ustidan texnik kuzatish;
avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashda qo‘llanadigan yo‘l-qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarning sifati ustidan nazorat qilish;
j) ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish sohasida:
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘ini ta’mirlash va saqlash bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini muvofiqlashtirish;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalari tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan shaharlar va tumanlarning bosh rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
z) ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish sohasida;
avtomobil yo‘llari sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish, takomillashtirish va o‘z vakolatlari doirasida qabul qilish;
avtomobil yo‘llari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Qo‘mita faoliyatiga tegishlilik yuzasidan tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar, shuningdek boshqa hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va kelishish;
avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va olib borish;
avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida zamonaviy texnologiyalarni va yangi materiallarni joriy etish bo‘yicha tajriba ishlari olib borish;
i) avtomobil yo‘llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan chet ellarda o‘quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish sohasida:
tarmoqda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy ta’lim dasturlarini kelishish;
yo‘l qurilishini prognozlashtirish, muvofiqlashtirish va amalga oshirishning zamonaviy usullari talablariga muvofiq avtomobil yo‘llari sohasida malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlash;
o‘quvchilarning olingan nazariy bilimlarini ishlab chiqarish amaliyotida mustahkamlash maqsadida ta’lim muassasalarining idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
avtomobil yo‘llari sohasida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashni, shu jumladan xorijiy ta’lim muassasalarida tajriba orttirishini ta’minlash.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy organlar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali bajaradi.
Qo‘mita vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan va boshqa tashkilotlardan hujjatlar, statistik ma’lumotlar, hisobotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotni so‘rash va olish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarga avtomobil yo‘llari sohasidagi qonun buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar yuborish;
o‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shunga o‘xshash tadbirlarda ishtirok etish;
Qo‘mita, hududiy organlar va idoraviy mansub tashkilotlarning mutaxassislarini belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlarga yuborish;
avtomobil yo‘llari sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislarni Qo‘mitaning markaziy apparatida va idoraviy mansub tashkilotlarda shartnoma asosida ishlash uchun belgilangan tartibda jalb etish;
muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-texnik, idoralararo ekspert komissiyalari va kengashlar tashkil etish, avtomobil yo‘llari sohasidagi muammoli masalalar bo‘yicha maxsus yig‘ilishlar chaqirish, shuningdek maslahatlashish, ushbu muammolarni o‘rganish va hal etish uchun mahalliy va xorijiy olimlar hamda mutaxassislar va ekspertlarni jalb etish;
avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilardan avtomobil yo‘llari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini talab etish;
avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirayotgan tashkilotlardan shaharsozlik normalari va qoidalariga, shuningdek avtomobil yo‘llari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etishni talab qilish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda ishtirok etish, avtomobil yo‘llari sohasida xalqaro shartnomalar tuzish;
avtomobil yo‘llari sohasida xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning vakillari bilan belgilangan tartibda muzokaralar olib borish;
Qo‘mitaning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar o‘rtasida tovarlarni sotish, xarid qilish va yetkazib berish hamda xizmatlar ko‘rsatishni tanlovlar va tender savdolari o‘tkazmasdan amalga oshirish;
yuridik shaxs huquqlari bilan avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi unitar korxona shaklida qo‘shimcha mustaqil korxonalar va boshqa korxonalarni tashkil etish, shuningdek Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Qo‘mita tuzilmasidagi korxonalarni birlashtirish va tugatish.
14. Qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy hisoblangan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli.
Qo‘mita, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.
avtomobil yo‘llarining soz holatini, ularda transport vositalarining uzluksiz va xavfsiz yurishini ta’minlashga;
avtomobil yo‘llari sifatli va o‘z vaqtida qurilishi, rekonstruksiya qilinishi, ta’mirlanishi va saqlanishini ta’minlashga;
avtomobil yo‘llaridagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararni avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarga belgilangan tartibda qoplashga;
Qo‘mitaning idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan moliyaviy mablag‘lar, energiya resurslari, ishlab chiqarish quvvatlari va yo‘l-qurilish texnikasidan samarali foydalanilishini tashkil etishga majburdir.
17. Qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Raisning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan to‘rt nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 649-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Qo‘mita faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Qo‘mitaning markaziy apparati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmalari ta’minoti bo‘yicha xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
markaziy apparat bo‘linmalarining tuzilmasi va nizomlarini, Qo‘mitaning hududiy organlari nizomlarini va idoraviy mansub tashkilotlarining ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
markaziy apparat tuzilmasiga, Qo‘mitaning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari apparati tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
markaziy apparat xodimlarini, Qo‘mitaning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Qo‘mita vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, raisning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, Qo‘mita markaziy apparatining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlari, vazifalari va javobgarligi darajasini belgilaydi;
markaziy apparat, Qo‘mitaning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi;
markaziy apparat, Qo‘mitaning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari mol-mulkini qonun hujjatlariga belgilangan tartibda tasarruf etadi;
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan qarorlarni (ko‘rsatmalarni) bekor qiladi;
20. Qo‘mitada rais (hay’at raisi), uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari (lavozim bo‘yicha), shuningdek Qo‘mita markaziy apparati bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda Qo‘mita faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi hay’at tashkil etiladi.
Hay’at a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi Qo‘mita raisining taqdimnomasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
ushbu Nizomda belgilangan Qo‘mita faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Qo‘mita nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlar tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida, Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash uchun ijro intizomini mustahkamlash hamda Qo‘mita rahbarlari va xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi.
Hay’at majlisiga Qo‘mita vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin;
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi;
Hay’at qarorlari Qo‘mitaning qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va Hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda rais paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
21. Qo‘mita va uning hududiy organlari ekspert va texnik kengashlar va boshqa maslahat organlari tashkil etishga haqlidir, ular to‘g‘risidagi nizomlar tegishli ravishda Qo‘mita raisi va hududiy organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
22. Hududiy organlar, “Mintaqaviy yo‘llar bo‘yicha buyurtmachi xizmati” DUK rahbarlari, raisning maslahatchisi, bosh boshqarma boshlig‘i, Qo‘mita markaziy apparati boshqarmalari boshliqlari Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari bilan kelishgan holda Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan Qo‘mita huzuridagi respublika tashkilotlarining birinchi rahbarlari Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari bilan kelishgan holda Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Asosiy vositalarni hududiy organlarga va idoraviy mansub tashkilotlarga biriktirish, shuningdek asosiy vositalarni qo‘mitaning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari o‘rtasida bir-biriga berish Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari bilan kelishgan holda Qo‘mita raisining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari Qo‘mitaning hududiy organlari yuritishida bo‘ladi, ularni tegishli foydalanuvchi tashkilotlarga biriktirish Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari bilan kelishgan holda Qo‘mita raisining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Markaziy apparat, Qo‘mitaning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining ish haqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan lavozim maoshi, qo‘shimcha haq va ustamalar, mukofotlar va rag‘batlantiruvchi to‘lovlardan iborat.
Xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, bir martalik mukofot, moddiy rag‘batlantirish, mehnat natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan ijtimoiy va kompensatsiya to‘lovlari jamoa shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Qo‘mita markaziy apparati, uning hududiy organlari, tuman yo‘llardan foydalanish korxonalari, yo‘llardan muntazam foydalanish korxonalari va ko‘priklardan foydalanish korxonalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish kasaba uyushmasi organi va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining boshqaruv Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
28. Boshqa idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
29. Qo‘mitani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.