30.03.2017 yildagi PQ-2860-son
Hujjat 03.04.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
5. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 20-yanvardagi 25-sonli qaroriga muvofiq tegishli tijorat banklari va xo‘jalik birlashmalariga Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida barpo etilayotgan kichik sanoat zonasi hududida umumiy qiymati 40 million AQSh dollariga teng 207 ta loyihani amalga oshirish topshirildi.
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu qarorning 6-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar 3 yil muddatga beriladi, bunda kichik sanoat zonasining qatnashchilari eng kam ish haqining kamida 2000 karra miqdoridagi hajmda investitsiyalar kiritishi shart;
Keyingi tahrirga qarang.
kichik sanoat zonasi qatnashchisining yillik tushumi eng kam ish haqi miqdorining 1000 karrasidan kamroqni tashkil etgan taqdirda, mazkur qarorning 6-bandiga muvofiq berilgan imtiyozlar bekor qilinadi hamda tegishli hisobot yili uchun ularni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tiklanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu qarorning 6-bandida nazarda tutilgan bojxona imtiyozlarini qo‘llangan holda olib kelingan uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar, metall konstruksiyalar va qurilish materiallari olib kirilgan paytdan boshlab uch yil ichida sotilgan yoki bepul berib yuborilgan taqdirda, bojxona to‘lovlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘liq hajmda undiriladi.