27.12.2016 yildagi 27-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi PLENUMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini ijro etishga oid qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyotida hukm, ajrim va qarorlarni ijro etishda masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda qonunlarning bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonuniy kuchga kirgan sud hukmi, ajrimi va qarorlarini ijro etish jarayonida qator huquqiy masalalar kelib chiqishi mumkin boʻlib, ular Jinoyat-protsessual kodeksi (keyingi matnlarda JPK deb yuritiladi) 58 va 59-boblariga muvofiq faqat sud majlisida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. JPK 528-moddasiga muvofiq, sud hukmi apellyatsiya shikoyati (protesti) berish uchun belgilangan muddat oʻtgandan soʻng, apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan hollarda esa, ish yuqori turuvchi sud tomonidan koʻrilgan kuni qonuniy kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs uni JPK 49710-moddasiga asosan chaqirib olgan hollarda, basharti boshqa shaxslar tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati yoki prokuror protesti boʻlmasa, hukm JPK 528-moddasining ikkinchi qismi qoidasiga koʻra, apellyatsiya ish yurituvi tugatilganligi toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kuni qonuniy kuchga kirgan hisoblanadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil ravishda shikoyat berilmaydigan sud ajrimlari darhol qonuniy kuchga kiradi va ijroga qaratiladi (JPK 530-moddasi ikkinchi qismi). Ularning qonuniyligi va asosliligiga yuqori instansiya sudi tomonidan ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha baho beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hukm, ajrim va qarorlarni (bundan buyon matnda-hukmni) ijro etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish va hal etish boʻyicha ish yuritish JPK 59-bobida nazarda tutilgan. Ularga quyidagi masalalar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukm ijrosini kechiktirish (JPK 533-moddasi) toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilish (JPK 534-moddasi) toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoning shartliligini bekor qilish (JPK 535-moddasi) toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumni jazoni oʻtashdan shartli ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish (JPK 536-moddasi) toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumni jazoni oʻtashdan amnistiya aktiga asosan ozod qilish (JPK 536-1-moddasi) toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni oʻtash vaqtida ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarning saqlash sharoitlarini oʻzgartirish (JPK 537-moddasi) toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumni tergov hibsxonasiga joylashtirish (JPK 538-moddasi) toʻgʻrisida;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarima, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash jazolarini boshqa jazo choralari bilan almashtirish (JPK 539-moddasi) toʻgʻrisida;
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukmlarning fuqaroviy daʼvoga va boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismini ijro etishda yuzaga kelgan masalalarni hal etish (JPK 539-1-moddasi) toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukmlarni boshqa ijro etilmagan hukmlar mavjud boʻlganda ijro etish (JPK 540-moddasi) toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinov muddatini qisqartirish (JPK 543-moddasi) toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlanganlik holatini olib tashlash (JPK 544-moddasi) toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtash vaqtini mahkumning umumiy ish stajiga qoʻshish (JPK 545-moddasi) toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat boʻyicha cheklash, intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish (JPK 546-moddasi) toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sud ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxsga nisbatan hukm ijrosini, faqat JPK 533-moddasida nazarda tutilgan asoslardan biri mavjud boʻlganda, kechiktirishi mumkin. Kechiktirish uchun asos boʻlgan holatlar barham topgandan yoki sud tomonidan belgilangan kechiktirish muddati tugagandan soʻng hukm uni chiqargan sud tomonidan ijroga qaratilishi shart, amnistiya akti qoʻllanilgan yoki qilmishning jinoiyligini istisno etadigan yangi qonun qabul qilingan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Sudlar, mahkum jazoni oʻtashiga monelik qiladigan darajada ogʻir kasal boʻlib qolganida, — u sogʻayguniga qadar kechiktirilgan hukm ijrosi yuzasidan har olti oyda kamida bir marta ekspertiza tayinlagan holda mahkumning sogʻligʻini aniqlash choralarini koʻrishlari lozim.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. JPK 533-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, sud hukmning jarima solishga oid qismi ijrosini olti oygacha kechiktirishga yoki boʻlib-boʻlib toʻlashni belgilashga haqli.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, qonunning mazkur normasida hukmning jarimaga yoki ziyonni qoplashga oid qismi boʻyicha toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash (ijroni uzaytirish) uchun belgilanadigan muddat chegaralanmagan. Bunday hollarda boʻlib-boʻlib toʻlash davri, shuningdek oylik toʻlovlar summasi, sud tomonidan ishning muayyan holatlarini va mahkumning moddiy ahvolini eʼtiborga olib hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar shaxs jazoni oʻtash davrida surunkali ruhiy yoki boshqa ogʻir kasallikka chalingan boʻlsa va bu holat jazoni oʻtashga toʻsqinlik qilsa, qonun uni jazodan ozod qilishga yoʻl qoʻyadi (JK 75, JPK 534-moddalari).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur masalani hal etishda sudlar nazarda tutishlari lozimki, ruhiy holati surunkali buzilgan shaxsni jazodan ozod qilish uchun sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ogʻirligi, shaxsning xulq-atvori, tayinlangan va oʻtalgan jazo muddati hamda boshqa holatlar ahamiyat kasb etmaydi. Boshqa turdagi ogʻir kasallikka chalingan shaxsni jazodan ozod qilish uchun sud mahkumning kasali Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2008-yil 13-avgustdagi 12/9 sonli qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2008-yil 9-sentabrda 1854-son bilan roʻyxatga olingan “Mahkumlarni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish uchun asos boʻladigan kasalliklar roʻyxati”ga kiritilganligini inobatga olishi shart.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shartli hukm qilinganda tayinlangan sinov muddatini qisqartirish masalasi (JPK 543-moddasi) sud tomonidan shartli hukm qilingan shaxs xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasi, shuningdek mahkum yoki uning himoyachisi yoxud jamoat birlashmasi yoki jamoatchilik iltimosnomasi boʻyicha koʻrib chiqiladi (JPK 532, 40-moddalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. JK 72-moddasi beshinchi qismiga muvofiq, sud sinov muddati davomida shartli hukm qilingan shaxs xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasi boʻyicha shartli hukm qilingan shaxsga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqaddam belgilangan majburiyatlarni toʻliq yoki qisman bekor qilishi mumkin, basharti mahkum unga yuklatilgan majburiyatlarni vijdonan bajarayotganligi, yashash, ishlash, oʻqish yoki xizmat joyida ijobiy tavsiflanayotganligi, uning xulqi ustidan shikoyat kelib tushmaganligi, shuningdek, boshqa holatlar (homiladorlik yoki bola tugʻilishi, pensiya yoshiga toʻlishi, nogironlik va h.k.) aniqlansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi majburiyatlar yuklashi mumkin, basharti mahkum uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organga unga nisbatan yuklatilgan majburiyatlarga rioya etayotganligi toʻgʻrisida xabar bermaganligi, ushbu majburiyatlarni bajarmaganligi, oʻsha organ chaqiruvi boʻyicha yetib kelmaganligi, shuningdek mahkumga boshqa majburiyatlar yuklash maqsadga muvofiqligidan dalolat beruvchi boshqa holatlar aniqlansa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agar mahkum sinov muddati davomida sud tomonidan unga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmasa yoki jamoat tartibini yoxud mehnat intizomini buzsa, sud uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasi boʻyicha jazoning shartliligini bekor qilish va hukmda belgilangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida (JK 72, JPK 535-moddalari) ajrim chiqarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sud tomonidan yuklatilgan majburiyatlarning mahkum tomonidan bajarilmasligi deganda, shartli hukm qilingan shaxsning belgilangan muddatda yetkazilgan ziyonni qoplashdan, ishga yoki oʻqishga joylashishdan bosh tortishi, uning xulqi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organga yashash, ishlash yoki oʻqish joyi oʻzgarganligi toʻgʻrisida xabar bermasligi, mazkur organga vaqti-vaqti bilan roʻyxatdan oʻtish uchun kelmasligi, sud tomonidan taqiqlangan joylarga borishi, belgilangan vaqtda yashash joyida boʻlmasligi, alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalliklariga qarshi davolanish kursini oʻtashdan bosh tortishi tushunilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkum tomonidan jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzish u tomonidan sinov muddati davomida, tegishlicha, maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi yoki mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etishda ifodalanib, ular faqat shaxsga nisbatan maʼmuriy jazo yoki intizomiy taʼsir choralari qoʻllanilgandagina, jazoning shartliligi bekor qilinishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JK 72-moddasi oltinchi qismi mazmuniga koʻra, sud sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyatini, mahkumning shaxsiga oid maʼlumotlarni va uning sinov muddati davridagi xulq-atvorini inobatga olib, jazoning shartliligini bekor qilish toʻgʻrisidagi taqdimnomani rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shartli hukm qilingan shaxs tomonidan sinov muddati davomida yangi jinoyat sodir etilganda, sud uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasi bor-yoʻqligidan qatʼiy nazar, yangi hukm chiqarish paytida birinchi hukm boʻyicha tayinlangan jazoning shartliligini bekor qiladi va JK 60-moddasi qoidalari boʻyicha jazo tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agar amnistiya akti hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar eʼlon qilingan boʻlsa, uni qoʻllash masalasi hukm chiqargan sud tomonidan hukmni ijro etishda yuzaga kelgan noaniqlik sifatida (JPK 541-moddasi birinchi qismi), mahkum tomonidan unga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma berilganligi yoki berilmaganligidan qatʼiy nazar, koʻrib chiqilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar amnistiya akti hukm qonuniy kuchga kirgandan soʻng, lekin u ijroga qaratilgunga qadar (JPK 528-moddasining toʻrtinchi qismi) eʼlon qilingan boʻlsa, amnistiya aktini qoʻllash masalasi amnistiya aktida belgilangan tartibda hal etiladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amnistiya akti hukm qonuniy kuchga kirgan va ijroga qaratilganidan keyin eʼlon qilingan hollarda, uni qoʻllash toʻgʻrisidagi masala JPK 536-1-moddasida belgilangan tartibda mahkum jazo oʻtayotgan joydagi sud tomonidan koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sud qarorlarining toʻliq va tushunarliligi ularni samarali ijro etishning muhim shartlaridan biri hisoblanishi tufayli, har bir hukm JPK 457-moddasiga koʻra hukm chiqarish chogʻida sud hal etishi shart boʻlgan barcha masalalarga javoblarni oʻzida aks ettirishi lozim. Ayblov yoki oqlov hukmining qaror qismida JPK 468, 470 va 471-moddalarida nazarda tutilgan masalalar shunday tarzda hal qilinishi va bayon etilishi lozimki, toki hukm ijrosi paytida hech qanday qiyinchilik yuzaga kelmasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tushuntirilsinki, sud zarurat tugʻilganda, hukm chiqarish paytida yoʻl qoʻyilgan har qanday shubha va noaniqliklarni JPK 542-moddasi tartibida hukm mohiyatini oʻzgartirmagan va mahkumning ahvolini ogʻirlashtirmagan holda hal etishga haqli. Bunday masalalarga, jumladan quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hukm chiqarilgunga qadar eʼlon qilinib, jazodan ozod qilishni yoki jazoni qisqartirishni (kamaytirishni) nazarda tutuvchi amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi, agar sud hukm chiqarish paytida mazkur masala muhokamasiga kirishmagan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ehtiyot chorasini bekor qilish toʻgʻrisidagi, agar sudlanuvchi oqlangan yoki u jazodan ozod qilinib, sudning hukmida ehtiyot chorasini bekor qilish koʻrsatilmagan boʻlsa;
(13-bandning 2-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan hukmning fuqaroviy daʼvoga oid qismi ijrosini taʼminlash uchun (JPK 290-moddasi birinchi qismi) qoʻllanilgan mol-mulkni xatlash chorasini bekor qilish toʻgʻrisidagi, agar oqlov hukmi chiqarilganda yoki daʼvo rad etilganda bu choralar hukmda bekor qilinmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushlab turish, dastlabki qamoq, uy qamogʻi vaqtini jazoni oʻtash muddatiga qoʻshib hisoblash toʻgʻrisidagi, agar sud hukmida bunday hisoblash amalga oshirilmagan yoki uni hisoblashda noaniqlikka yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) bir necha hukm majmui boʻyicha jazo tayinlashda oʻtalgan jazoni qoʻshib hisoblash toʻgʻrisidagi, agar bunday hisob sud hukmida amalga oshirilmagan yoki noaniq hisoblangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ashyoviy dalillar taqdiri, shu jumladan, jinoyat qurollarini musodara qilish toʻgʻrisidagi, agar bu hukmda yoki amnistiya aktini qoʻllash haqidagi sud ajrimida hal etilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) sud xarajatlari miqdorini aniqlash va ularni taqsimlash toʻgʻrisidagi, agar bu masalalar sud hukmida oʻz yechimini topmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) sud tomonidan tayinlangan advokat mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi, agar bu masala hukm chiqarish bilan bir vaqtda hal etilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan shaxsning qarovsiz va yordamchisiz qolgan voyaga yetmagan bolalari, keksa ota-onalari, boshqa qaramogʻida boʻlgan shaxslar taqdiri (ularni qarindoshlari yoki boshqa shaxslar yoxud muassasalar homiyligi yoki vasiyligiga berish) toʻgʻrisidagi, agar sud bu masalalarni hukm chiqarish paytida hal etmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) mol-mulkni roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi, agar qonunga koʻra, undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk xatlangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxsning qarovsiz qolgan mol-mulkini qoʻriqlash choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxs uchun jazoni oʻtash koloniyasi turini belgilash toʻgʻrisidagi, agar hukmda jazoni oʻtash koloniyasi turi belgilanmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) lavozim yoki faoliyat turini aniqlash toʻgʻrisidagi, agar hukmda muayyan lavozimni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish tariqasidagi jazoni tayinlashda lavozim yoki faoliyat turi belgilanmagan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) alkogolizmga, giyohvandlikka, zaharvandlikka yoʻliqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash (JK 96-moddasi) toʻgʻrisidagi, agar sud asoslar mavjud boʻla turib, hukm chiqarish paytida ushbu masalani hal etmagan boʻlsa;
(13-bandning 14-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) mahkumning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki shaxsiga doir boshqa maʼlumotlarni yozishda hukmda yoʻl qoʻyilgan xatolarni, shuningdek, arifmetik va/yoki imlo xatolarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi, agar bu aniq koʻrinib turgan boʻlib, ularning tuzatilishi shubha tugʻdirmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) jinoyat quroli deb topilgan mol-mulk va buyumlarni qaytarish toʻgʻrisidagi, agar bu masala oqlov hukmi chiqarilgan yoki jinoyat ishi reabilitatsiya asoslari boʻyicha tugatilgan paytda hal etilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) garov predmeti taqdiri toʻgʻrisidagi, agar sud hukm chiqarish paytida mazkur masalani hal qilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) depozitga qoʻyilgan pul mablagʻlari taqdiri toʻgʻrisidagi, agar sud hukm chiqarish paytida mazkur masalani hal qilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) jinoyat quroli yoki jinoyat yoʻli bilan orttirilgan deb topilgan mol-mulk va buyumlar roʻyxatiga aniqlik kiritish toʻgʻrisidagi, agar hukmda ularning faqat bir qismi musodara etilishi koʻrsatilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) jarima yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsdan ushlab qolingan summalarni qaytarib berish toʻgʻrisidagi, agar hukm yuqori turuvchi sud tomonidan keyinchalik, jarima qisman yoki toʻliq toʻlangandan yoxud axloq tuzatish ishlari qisman yoki toʻliq oʻtalgandan keyin, bekor qilingan va ish JPK 83-moddasi yoki 84-moddasi birinchi qismining 1, 2, 4 — 8-bandlariga muvofiq tugatilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) shartli hukm qilingan shaxsga yuklatilgan majburiyatlarga aniqlik kiritish toʻgʻrisidagi, agar ular hukmda noaniq bayon etilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxsga nisbatan belgilangan taqiq (cheklov)larga aniqlik kiritish toʻgʻrisidagi, agar ular hukmda noaniq bayon etilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sud tomonidan JPK 542-moddasi tartibida quyidagi masalalar ham koʻrib chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ozodlikdan mahrum qilingan yoki ozodligi cheklangan va qidiruv eʼlon qilingan mahkumga nisbatan ehtiyot chorasini qoʻllash yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxsga nisbatan belgilangan taqiq (cheklov)larni toʻliq yoki qisman bekor qilish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) mahkumni mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) jazoni ijro etish muddati oʻtib ketganligi munosabati bilan mahkumni asosiy va qoʻshimcha jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari muddatini uzaytirish, oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi (JK 95-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Hukmni ijro etish bilan bogʻliq masalalar quyidagi sudlar tomonidan hal etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 541-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan masalalar — hukm chiqargan sud tomonidan, yaʼni birinchi instansiya yoki apellyatsiya instansiyasi (oqlov hukmi chiqarilganda) sudi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 541-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan masalalar — mahkum jazoni oʻtayotgan joydagi (iltimosnoma yoki taqdimnoma sudga kelib tushganidan soʻng mahkum boshqa jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazilganda, u amalda jazoni oʻtayotgan joydagi) tuman (shahar) sudi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 541-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan masalalar — mahkumning yashash joyidagi tuman (shahar) sudi tomonidan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmni ijro etish bilan bogʻliq, JPK 541-moddasida nazarda tutilgan masalalar, ish apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasida koʻrilganligidan qatʼiy nazar, yuqorida koʻrsatilgan sudlar tomonidan hal etiladi.
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16 dekbrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni hal etishda sudlovga tegishlilik qoidasi buzilishi jinoyat-protsessual qonunini buzish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hukmni ijro etish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha iltimosnoma yoki taqdimnoma sudga kelib tushganida, sud quyidagilarni tekshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u mazkur sudda koʻrilishi lozim yoki yoʻqligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u tegishli shaxs yoki vakolatli organ tomonidan berilgan-berilmaganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga masalani mazmunan hal etish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va tegishli sud qarorlari nusxalari ilova etilgan-etilmaganligini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kelib tushgan materiallarda iltimosnoma yoki taqdimnomani koʻrib chiqish uchun yetarli maʼlumotlar mavjud boʻlmasa va ularni sud majlisida toʻldirishning iloji boʻlmasa, ularni koʻrishga tayyorlash chogʻida sudya oʻz ajrimi bilan bu materiallarni tegishli ravishda rasmiylashtirish uchun qaytaradi. Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi maʼmuriyati taqdim etishi shart boʻlgan hujjatlar mavjud boʻlmagan holda sud mahkum, uning qonuniy vakili yoki himoyachisining iltimosnomasini qabul qilishni rad etishga haqli emas. Sud mahkum, uning qonuniy vakili yoki himoyachisi, shuningdek, jazoni ijro etish muassasasi yoki organi maʼmuriyatiga zarur maʼlumotlarni toʻplashda koʻmaklashishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Materiallarni koʻrishga tayyorlash chogʻida sudya sud majlisi joyi, sanasi va vaqtiga, sud majlisi ishtirokchilarini xabardor qilishga doir masalalarni hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 542-moddasiga muvofiq hukmni ijro etish bilan bogʻliq masalalariga oid materiallarni koʻrishda prokuror ishtiroki majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. JPK 59-bobida sud tomonidan hukmni ijro etish bilan bogʻliq materiallarni koʻrib chiqish muddatlarini tartibga soluvchi norma mavjud emasligi tufayli, sudlar JPK 585-moddasi birinchi qismi va 590-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar analogiyasi boʻyicha, materiallar sudga kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn sutkadan kechiktirmay, ularni hal etishni taʼminlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. JPK 22-moddasi uchinchi qismi qoidalaridan kelib chiqib, hukmni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan sud ajrimlari qonuniy va asoslantirilgan boʻlishi kerak. JPK 59-bobida belgilangan tartibda sud, jumladan, jazoni almashtirish, yengillashtirish, jazoni oʻtashdan ozod qilish masalalarini ham hal etishini inobatga olgan holda sud ajrimi, shuningdek jinoyat-huquqiy odillik prinsipiga ham javob berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan sud ajrimi apellyatsiya shikoyati (protesti) berish uchun belgilangan muddat oʻtishi bilan qonuniy kuchga kiradi (JPK 49711-moddasi).
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Hukmni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqayotgan sud ushbu masalalarga oid materiallarni koʻrish chogʻida jazoni ijro etish muassasasi yoki organi maʼmuriyati tomonidan qonun talablari buzilishi holatlarini aniqlasa, xususiy ajrim chiqarishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi vaqti-vaqti bilan hukmni ijro etish bilan bogʻliq materiallarni koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyotini umumlashtirishlari va yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrishlari lozim.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud raisi Sh. GAZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi D. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 27-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-son