LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 23-iyuldagi PF—2342-son Farmonini hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Yangi tahrirdagi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1998-yil 28-avgustdagi 669-I-son qarorining 2-bandini bajarish yuzasidan, shuningdek bankrot deb e’tirof etilgan korxonalarni tugatish jarayonlarini faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasiga, Oliy xo‘jalik sudiga Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-noyabrdagi 460-son qarorini bajarish, iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish va sanatsiya qilish, bankrot korxonalar mol-mulkini sotib yuborish ishlari qoniqarsiz tashkil etilganligi ko‘rsatib o‘tilsin.
2. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi, vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar va kompaniyalar ishtirokida zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini 1999-yilning I yarim yilligi yakunlari bo‘yicha chuqur tahlil qilsin, tugatiladigan, istiqbolsiz korxonalarning aniq ro‘yxatini aniqlasin, mulkida davlat mulki bo‘lgan korxonalarni tugatish, sanatsiya qilish va qayta ixtisoslashtirish yuzasidan ilgari tasdiqlangan dasturlarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin hamda amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida 9 oy yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-yanvardagi 2-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 1-son, 2-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan bankrot korxonalarni tugatish jarayonining borishi ustidan kundalik nazorat o‘rnatsin, tugatuvchi boshqaruvchi qoniqarsiz ishlagan taqdirda uni vazifalarni bajarishdan ozod etish to‘g‘risidagi ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat etsin;
(4-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika ko‘chmas mulk birjasi, agrosanoat va tovar-xomashyo birjalari bilan birgalikda tugatilayotgan korxonalarning mol-mulkini sotish bo‘yicha kimoshdi savdolari tarmog‘i kengaytirilishini va kimoshdi savdolarining muntazam o‘tkazilishini ta’minlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
respublika mintaqalarida korxonalar bankrotligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha xo‘jalik sudlarining faoliyatini faollashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
korxonalar bankrotligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda, tugatuvchi boshqaruvchilarni tayinlashda rasmiyatchilik va sansalorlik hollarini bartaraf etish, bunday hollarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarning javobgarligini ko‘rib chiqish;
(5-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
iqtisodiy nochorlik haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini chuqur tahlil qilish va umumlashtirish, bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan o‘z vaqtida takliflar kiritish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18-fevraldagi 2004-yil 77-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 7-son, 82-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4-avgustdagi 2005-yil 185-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 30-31-son, 235-modda)
Mulkida davlat mulki bo‘lgan bankrot korxonalarni tugatish bo‘yicha tugatish komissiyalari to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasining hududiy boshqarmasi to‘g‘risidagi yangilangan Namunaviy nizomni tasdiqlasin.
o‘n kun muddatda xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari tuzilmasini qayta ko‘rib chiqsin;
ikki oy muddatda Qo‘mita markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
11. Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi qonunchilikning amalga oshirilishi masalalari yilning har choragida Vazirlar Mahkamasi majlislarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiy islohotlarning borishini baholash chog‘ida ko‘rib borilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18-fevraldagi 2004-yil 77-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2004-y., 7-son, 82-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 23-iyuldagi PF–2342-son Farmoniga muvofiq bankrotlik belgilariga ega bo‘lgan korxonalarni sog‘lomlashtirish hamda ularning to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadida o‘tkaziladigan suddan oldin sanatsiyalash masalalarini tartibga soladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-yanvardagi 2-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 1-son, 2-modda)
2. Suddan oldin sanatsiyalash (bundan keyin sanatsiyalash deb ataladi) bankrotlikning oldini olish maqsadida qarzdor korxona — yuridik shaxsning muassislari (qatnashchilari), qarzdorning kreditorlari va boshqa shaxslar, shu jumladan davlat tomonidan qarzdor korxonaning to‘lov qobiliyatini tiklash bo‘yicha chora-tadbirlardan iborat bo‘ladi.
Suddan oldin sanatsiyalash qarzdor korxonaning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgungacha amalga oshiriladi va qarzdor korxonaning to‘lov qobiliyatini, iqtisodiy quvvatini tiklash hamda uning kelgusida samarali faoliyatni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratishni maqsad qilib qo‘yadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda qarzdorni sanatsiyadan o‘tkazish o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha bo‘lgan muddatga joriy etiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
4. Ushbu Nizomning amal qilishi “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiyalash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladigan qishloq xo‘jaligi korxonalarini suddan oldin sanatsiyalashga tatbiq etilmaydi.
5. Qarzdor korxona-yuridik shaxsning muassislari (qatnashchilari), qarzdor korxona mulkining egasi, davlat organlari va boshqa shaxslar sanatsiyalash subyektlari bo‘lishi mumkin.
hayotiy muhim oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq iste’moli mollari hamda dori-darmonlar ishlab chiqaruvchi korxonalar;
respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydigan bazaviy tarmoqlar (kon qazish, energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa tarmoqlar) korxonalari;
raqobatga bardoshli, eksportbop, importning o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar;
zamonaviy, yuqori unumli texnika ishlab chiqarishni va iqtisodiyot sohasiga yangi, progressiv, resursni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni ta’minlaydigan korxonalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tarkibiy qayta o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejalari ma’qullangan korxonalar.
(7-bandning sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori bilan yettinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan— O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
8. Faoliyatni davom ettirish uchun qarzdor korxonaning to‘lov qobiliyatini tiklashning aniq imkoniyati mavjudligidan dalolat beradigan moliya va xo‘jalik faoliyati tahlili natijalari iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiya qilinadigan obyektlar qatoriga kiritishning asosiy mezoni hisoblanadi.
9. Sanatsiyalash ham to‘lanadigan, ham to‘lanmaydigan asosda davlat mablag‘lari ishtirokida yoki ishtirokisiz, shu jumladan tanlov asosida quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
qarzdor korxonaning to‘lov qobiliyatini tiklashdan va uning faoliyatini davom ettirishdan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatish;
kreditorga to‘lovlar muddatini uzaytirish va (yoki) ularni bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki qarzdor korxonaning faoliyatini davom ettirish uchun qarzlardan chegirish to‘g‘risida ular o‘rtasida ahdlashuvga erishishga yo‘naltirilgan qarzdor korxona va kreditor (kreditorlar) o‘rtasida bitim tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
suddan oldin sanatsiyadan o‘tkazish muddatida majburiy to‘lovlarni to‘lash va kreditlarni qaytarish muddatini kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash, hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish;
(9-bandning to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
qarzdor korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirishga yordam beradigan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Davlat mablag‘larini jalb etgan holda sanatsiyalash quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi qaroriga binoan sudgacha bo‘lgan sanatsiyalash muddatida majburiy to‘lovlarni to‘lash, ilgari ajratilgan davlat kreditlarini qaytarishni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash, shuningdek hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish shaklida davlat mablag‘larini jalb etish;
Davlat mablag‘larini jalb etgan holda sanatsiyalash tartiboti Hukumat qarorlariga binoan boshqa chora-tadbirlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda sanatsiyalash o‘tkazilishida qarzdorga xizmat ko‘rsatuvchi bankda ilgari amal qilgan hisob raqamlari to‘xtatilgan holda sanatsiyalash bo‘yicha so‘mda va (yoki) valyutada hisob raqami ochiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sanatsiya hisob raqami ish tartibi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
(10-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-yanvardagi 2-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 1-son, 2-modda)
korxonalar egalari, kreditorlar, birlashmalar (xo‘jalik uyushmalari), boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy yordami;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan obyektlarni sanatsiyalash to‘g‘risidagi qarorni O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hay’ati qabul qiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektning sanatsiyalash yoki davlat mablag‘larini jalb qilish to‘g‘risidagi murojaatnomasi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga beriladi.
(13-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor korxona sanatsiyalash to‘g‘risida murojaat qilganda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi.
(13-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ichki zaxiralardan foydalanish imkoniyatlari puxta tahlil qilingan, shu jumladan ishlab chiqariladigan mahsulotga haq to‘lashga qodir ehtiyoj mavjudligini tasdiqlovchi tegishli shartnomalar ko‘rsatilgan, mulkdor tomonidan tasdiqlangan moliyaviy sog‘lomlashtirish rejasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish va baholash hamda korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirishning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hay’ati bilan kelishilgan biznes-rejasi asosida sanatsiyalash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Korxonaga nisbatan sudgacha sanatsiyalash muddatida majburiy to‘lovlarni to‘lash, ilgari berilgan davlat kreditlarini qaytarishni kechiktirish va (yoki) ularni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, shuningdek hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish shaklida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash zarurati bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining qarori qaror qabul qilish uchun Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasiga yuboriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarni davlat mablag‘larini jalb etgan holda sanatsiyalashni tashkil etish va uning monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
16. Sanatsiyalash uni o‘tkazish muddati tugashi, uning samarasiz ekanligi aniqlanishi, mazkur Nizom va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari bajarilmaganligi munosabati bilan va amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sabablarga ko‘ra to‘xtatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mablag‘larini jalb etgan holda sanatsiyalashni to‘xtatish haqidagi qarorni O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hay’ati chiqaradi.
(16-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4-avgustdagi 2005-yil 185-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 30-31-son, 235-modda)
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 28-dekabrdagi 465-son qarorida:
qarorning nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2 va 3-ilovalardagi Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy organlariga ko‘rsatmalar chiqarib tashlansin;
2-bandning oxirgi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining tegishli hududiy boshqarmalari rahbarlarining taqdimnomasiga ko‘ra” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vaziri bilan kelishgan holda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Qo‘mitaga yiliga Jamg‘arma mablag‘larining 5 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdoridan Qo‘mitaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda xodimlari mehnatini rag‘batlantirish uchun foydalanish huquqi berilsin”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 7-fevraldagi 61-son qarorida 20-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 27-martdagi 133-son qarorining Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi va uning hududiy organlariga oid qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan Respublika komissiyalari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1999-yil 5-martdagi 101-son qaroriga 1-ilovadagi to‘rtinchi komissiyaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi”.