1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
“Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga nisbatan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanmaydi, bundan odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan hollar mustasno”;
“Ushbu moddaning birinchi qismida, ikkinchi qismining “a” va “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yashirilgan chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklari hisobiga ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishini ta’minlagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi”;
“Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi”;
“Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi”;
“Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi”;
“Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyektining ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlagan va zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi”;
“Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalari buzilishining oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi”;
birinchi qismining dispozitsiyasidagi “shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa” degan so‘zlar “ko‘p miqdorda daromad olish bilan bog‘liq bo‘lsa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 69-moddaning to‘rtinchi qismidagi “91, 92, 136–138, 146, 147, 149, 151, 156 va 193-moddalarida” degan so‘zlar “91, 92, 136–138, 146, 147, 149, 151, 156-moddalarida, 221-bobida va 193-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 84-modda birinchi qismining 8-bandi “tufayli” degan so‘zdan keyin “yoxud belgilangan muddat ichida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanganligi va (yoki) jinoyat oqibatlari bartaraf etilganligi munosabati bilan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni taftish qilish ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlar haqidagi ma’lumotlarni tekshirilayotgan subyektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarini o‘rganish hamda taqqoslab ko‘rish yo‘li bilan olish mumkin bo‘lgan hollarda tayinlanadi. Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning maxsus bilimlarga ega ekanligi taftishni tayinlashdan ozod etmaydi.
Tadbirkorlik subyektini taftish qilish faqat uning qonun hujjatlarini buzganligi faktlari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida amalga oshiriladi. Bunda taftishga tadbirkorlik subyektining faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq faoliyati qamrab olinishi mumkin.
Jinoyat ishi qo‘zg‘atilguniga qadar taftishni tayinlashga faqat qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Taftish surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tayinlanadi.
1) tekshiriladigan subyektning to‘liq nomi va uning tashkiliy-huquqiy shakli (yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va yuridik manzili;
2) jinoyat ishining raqami yoki taftishni tayinlash uchun tergovga qadar tekshirish jarayonida yuzaga kelgan asoslar yoxud qo‘shimcha yoki qayta taftish tayinlash uchun asoslar;
5) taftish o‘tkazish topshirilgan vakolatli organning nomi, shu jumladan qo‘shimcha ravishda jalb etiladigan davlat organlari va tashkilotlar.
Taftish o‘tkazish chog‘ida taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda ko‘rsatilmagan masalani yoki masalalar doirasini, shuningdek moliya-xo‘jalik faoliyatining davrini o‘rganish taqiqlanadi.
Ushbu Kodeksning 1873-moddasida ko‘rsatilgan organlar va tashkilotlar taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim olingan paytdan e’tiboran ikki ish kunidan kechiktirmay taftish o‘tkazish haqida taftishni o‘tkazish uchun tayinlangan shaxslarni albatta ko‘rsatgan holda buyruq chiqaradi.
Taftish o‘tkazish uchun tayinlanadigan shaxslar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining, davlat soliq xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining va hududiy moliya organlarining mutaxassislari ishtirok etishi mumkin.
Zarur bo‘lgan hollarda, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga ko‘ra boshqa davlat organlari va tashkilotlarning xodimlari ham taftish o‘tkazish uchun jalb etilishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlarini taftish qilish yuridik xizmat vakillari va (yoki) jalb etilgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (tadbirkorlik subyekti mazkur huquqdan voz kechgan hollar bundan mustasno) o‘tkaziladi.
Yuridik xizmat vakilining ishtirokidan va (yoki) advokatning yuridik yordamidan voz kechish taftishning keyingi bosqichlarida tadbirkorlik subyekti tomonidan ularni jalb etish uchun to‘siq bo‘lmaydi.
Taftish o‘tkazuvchi shaxs tadbirkorlik subyektining vakolatli vakiliga uning taftish o‘tkazishda ishtirok etishga yuridik xizmat vakilini va (yoki) advokatni jalb etishga yoxud ularning ishtirokidan voz kechishga bo‘lgan huquqini taftish o‘tkazish boshlanguniga qadar yozma shaklda tushuntiradi va bu haqda bayonnoma tuziladi.
Agar tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxsi yoki vakili tomonidan yuridik xizmat vakilini va (yoki) advokatni jalb etish niyati bildirilsa, taftish o‘tkazishning boshlanishi yuridik xizmat vakili va (yoki) advokat yetib kelguniga qadar, biroq ko‘pi bilan yigirma to‘rt soatga to‘xtatib turiladi.
Yuridik xizmat vakilining va (yoki) advokatning yigirma to‘rt soat ichida yetib kelish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, taftish ularning ishtirokisiz boshlanadi.
Taftish o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi quyidagi hujjatlarning mavjud bo‘lishi tadbirkorlik subyektini taftishdan o‘tkazishning majburiy shartidir:
Taftish o‘tkazish uchun tayinlangan shaxslar tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslarini yoki vakillarini taftish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlar bilan taftish o‘tkazish boshlanguniga qadar tanishtirishi, shuningdek tekshiruvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobiga yozuv kiritishi shart.
Taftish tayinlash to‘g‘risidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish o‘tkazish haqidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxalari tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga imzo qo‘ydirib topshirilgan, shuningdek ular xizmat guvohnomasi va taftishga ruxsat berish to‘g‘risidagi maxsus guvohnoma bilan tanishtirilgan payt taftish o‘tkazish boshlangan payt deb hisoblanadi.
Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining taftish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlarni olish va ular bilan tanishishdan bosh tortishi taftishni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi.
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili tegishli hujjatlarni olish va ular bilan tanishishdan bosh tortgan taqdirda, taftish o‘tkazish uchun tayinlangan shaxs tomonidan uning o‘zi va tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili imzolaydigan bayonnoma tuziladi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili mazkur bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, unga tegishli yozuv yozib qo‘yiladi. Mazkur holda bayonnoma imzolangan payt taftish o‘tkazish boshlangan payt deb hisoblanadi.
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili taftish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni taftish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlar olinganidan va ular bilan tanishib chiqilganidan keyin taqdim etishi shart.
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili hujjatlarni, axborot va materiallarni taqdim etishdan bosh tortgan taqdirda, taftish o‘tkazuvchi shaxs bundan buyongi protsessual harakatlarni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladigan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga bu haqda darhol xabar qiladi.
Hujjatlarni olib qo‘yish zarur bo‘lgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror olib qo‘yish to‘g‘risida qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Olib qo‘yish ushbu Kodeksning 20-bobida belgilangan qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Taftish o‘tkazuvchi shaxs zarur bo‘lgan taqdirda, tekshirilayotgan subyektning hududi va binolarini tekshiruvdan, shuningdek mol-mulkini inventarizatsiyadan o‘tkazishi mumkin.
Taftish tayinlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda ko‘rsatilgan masalalarni o‘rganish soliq, valyutaga oid, buxgalteriya to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Taftish o‘tkazuvchi shaxsning tekshirilayotgan subyektning hududiga va binolariga (turar joylar bundan mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilingan, shuningdek taftishni amalga oshirish uchun uning mol-mulkini inventarizatsiyadan o‘tkazish rad qilingan taqdirda, taftish o‘tkazuvchi shaxsning o‘zi va tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili tomonidan imzolanadigan bayonnoma tuziladi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, unga tegishli yozuv yozib qo‘yiladi. Bayonnoma bundan buyongi protsessual harakatlarni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladigan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etiladi.
Taftish o‘tkazuvchi shaxsning tekshirilayotgan subyektning hududiga va binolariga (turar joylar bundan mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilinganligi, shu jumladan ushbu subyektning mol-mulkini inventarizatsiyadan o‘tkazish rad etilganligi, shuningdek taftish o‘tkazuvchi shaxsning o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilinganligi qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Taftish o‘tkazuvchi shaxslarning o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilinganligi uchun javobgarlikka tortish taftishni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi.
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma topshirilgan kun taftish o‘tkazish tugallangan kun deb hisoblanadi.
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani olishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, taftish o‘tkazuvchi shaxs taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritadi va shu paytdan e’tiboran taftish tugallangan deb hisoblanadi. Mazkur holda taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning bir nusxasi tekshirilayotgan subyektga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili turgan joy noma’lum bo‘lgan taqdirda, taftish o‘tkazuvchi shaxs taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish o‘tkazish haqidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxalarini tekshirilayotgan subyektning yuridik manziliga va uning mansabdor shaxsining yashash joyi manziliga uch ish kuni ichida buyurtma xat bilan yuboradi. Bunday holda buyurtma xat yuborilgan sana taftish o‘tkazish boshlangan sana deb hisoblanadi.
Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining yo‘qligi taftishni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi. Bunday holda taftish tekshirilayotgan subyektning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi, ishda mavjud bo‘lgan hujjatlar, axborot va materiallar asosida o‘tkaziladi.
Tekshirilayotgan subyektning hujjatlari, axboroti va materiallari yo‘qotilgan, yo‘q qilingan yoki mavjud bo‘lmagan taqdirda, taftish o‘tkazuvchi shaxs taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda ko‘rsatilgan masalalarni o‘rganishni soliq, valyutaga oid, buxgalteriya to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkazishi mumkin.
Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma tekshirilayotgan subyektning yuridik manziliga va dalolatnomaning ko‘chirma nusxasi tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yashash joyiga buyurtma xatlar bilan yuborilgan kun taftish o‘tkazish tugallangan kun deb hisoblanadi.
Zarur bo‘lgan hollarda, tekshirilayotgan subyektning hujjatlari hajmi, faoliyatining turi va ko‘lamlari hisobga olingan holda, taftish muddati taftish o‘tkazuvchi shaxsning asoslantirilgan iltimosnomasiga ko‘ra tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan uzaytirilishi mumkin.
Taftishning umumiy muddati uni o‘tkazish muddatlari uzaytirilishi inobatga olingan holda, dastlabki tergov va sud majlisida jinoyat ishini muhokama qilishning ushbu Kodeksda belgilangan muddatlaridan oshmasligi kerak.
5) yuridik shaxsning to‘liq nomi, tekshirilayotgan davrda uning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirgan mansabdor shaxslarining familiyasi, ismi, otasining ismi (yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi);
6) tekshirilayotgan subyektning joylashgan eri (pochta manzili), bank rekvizitlari, shuningdek uning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
7) tekshirilayotgan subyekt moliya-xo‘jalik faoliyatining ilgarigi tekshiruvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
8) tekshirilayotgan davr hamda taftish o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar, axborot va materiallar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar;
9) qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarining (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) batafsil tavsifi qonun hujjatlarining buzilgan normalariga havola qilingan holda;
10) o‘tkazilgan taftish natijalariga doir, shu jumladan qonun hujjatlarining buzilishlari mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosalar.
Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning barcha nusxalari taftish o‘tkazuvchi shaxslar tomonidan imzolanadi. Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning bir nusxasi tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga topshiriladi, u dalolatnomaning barcha nusxalariga olganligi to‘g‘risida olish sanasini ko‘rsatgan holda imzo qo‘yishi shart. Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning qolgan nusxalari taftish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomadagi imzosi uning taftish natijalaridan rozi ekanligini bildirmaydi.
Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish o‘tkazish haqidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxalari, taftish doirasida sodir etilgan harakatlar to‘g‘risidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, taftish o‘tkazish chog‘ida olingan materiallar, shuningdek taftish doirasida sodir etilgan harakatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qo‘shib qo‘yilishi kerak.
Taftish tugallangan kundan e’tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmay taftish materiallari taftish o‘tkazish vakolatiga ega bo‘lgan organda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi va taftishni tayinlagan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etilishi kerak.
Taftish o‘tkazgan organ taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini qonuniy choralar ko‘rilishi uchun tegishli vakolatli organga ham yuboradi.
Qo‘shimcha taftish taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada mavjud bo‘lgan kamchiliklarni to‘ldirish va ish bo‘yicha yangidan aniqlangan holatlarni aniqlashtirish uchun tayinlanadi.
taftish xulosalari va natijalariga rozi emaslik to‘g‘risida tekshirilgan subyekt, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan taqdim etilgan e’tirozlar asosli deb topilganda;
taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada taftish materiallari va jinoyat ishining boshqa materiallari bilan qarama-qarshiliklar mavjud bo‘lganda, shuningdek taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomadagi xulosalarga asos bo‘lgan hujjatlar, axborot va materiallar noto‘g‘ri deb topilganda;
taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada ko‘rsatilgan xulosalar asossiz bo‘lganda yoki ularning to‘g‘riligi shubha tug‘dirganda.
tekshiruvchi shaxslardan taftish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlarni talab qilish, xizmat guvohnomasi, shuningdek taftishga ruxsat berish to‘g‘risidagi maxsus guvohnoma bilan tanishish;
o‘z faoliyati taftishdan o‘tkazilishi to‘g‘risida tegishli axborotga ega bo‘lish, taftish o‘tkazuvchi shaxslar tomonidan tadbirlar o‘tkazilishi chog‘ida tushuntirishlar berish va ularda hozir bo‘lish;
taftish o‘tkazuvchi shaxslarning o‘z vakolatiga kirmaydigan masalalarga doir talablarini bajarmaslik va ushbu shaxslarni taftish mavzuiga taalluqli bo‘lmagan hujjatlar, axborot va materiallar bilan tanishtirmaslik;
xizmat guvohnomasini, taftishga ruxsat berish to‘g‘risidagi maxsus guvohnomani, taftishni tayinlash haqidagi qarorning yoki ajrimning, vakolatli organning taftish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxalarini taqdim etmagan shaxslarni taftish o‘tkazish uchun hududga va binolarga kiritmaslik, shuningdek taftish muddatlari boshlanmagan yoki o‘tib ketgan yoxud taftish o‘tkazuvchi shaxs tekshiruvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobini to‘ldirishni rad etgan taqdirda, hududga va binolarga kiritmaslik;
taftish tugallangan kunda taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning bir nusxasini taftish o‘tkazuvchi shaxslardan olish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taftish natijalari ustidan shikoyat qilish, shu jumladan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga qo‘shimcha yoki qayta taftish tayinlash to‘g‘risida iltimosnoma kiritish yo‘li bilan shikoyat qilish.
taftish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni taftish o‘tkazuvchi shaxslarning qonuniy talabiga ko‘ra taqdim etishi;
tekshirilayotgan subyektning hududini va binolarini tekshirish, uning mol-mulkini inventarizatsiyadan o‘tkazish;
tekshirilayotgan subyektning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslaridan, moddiy javobgar xodimlaridan hamda boshqa xodimlaridan tushuntirishlar olish;
obyektiv asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, taftish o‘tkazish muddatini uzaytirish to‘g‘risida tergovchiga, prokurorga yoki sudga iltimosnoma kiritish;
Taftish o‘tkazuvchi shaxslarning qonuniy talablari tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari va vakillari tomonidan ijro etilishi shart.
xizmat guvohnomasini, shuningdek taftishga ruxsat berish to‘g‘risidagi maxsus guvohnomani taqdim etishi;
taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish o‘tkazish haqidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxalarini tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga imzo qo‘ydirib topshirishi;
tekshirilayotgan subyektlar faoliyatining amalga oshirilishiga to‘siqlarni yuzaga keltirmasligi va faoliyatining to‘xtatib qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymasligi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor etmasligi;
yuridik xizmat vakillarining va (yoki) jalb etilgan advokatlarning taftishning istalgan bosqichida ishtirok etishga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlar haqida tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsini yoki vakilini xabardor qilishi;
tekshiruvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobini qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda to‘ldirishi;
taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani rasmiylashtirishi, uning bir nusxasini tekshirilayotgan subyektda taftish tugallangan kuni qoldirishi;
huquqbuzarlik faktlari aniqlangan taqdirda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta’sir choralarini ko‘rishi shart”;
ikkinchi qismidagi “yoki sudning talabiga ko‘ra o‘z vakolatlari doirasida hujjatli taftish yoki boshqa xizmat tekshiruvini o‘tkazishlari va taftish yoki tekshiruv dalolatnomasini” degan so‘zlar “prokuror yoki sudning talabiga ko‘ra o‘z vakolatlari doirasida taftish yoki boshqa xizmat tekshiruvi o‘tkazishlari va taftish yoki tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud taftish yoki tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada yoxud boshqa hujjatda belgilangan qoidalardan chekinishlar, nuqsonlar, ziddiyatlar va boshqa kamchiliklarni aniqlagan taqdirda, hujjatdagi qayd etilgan xatolar bartaraf etilishini talab qilishga haqli”;
ikkinchi qismi “ekspertiza o‘tkazish” degan so‘zlardan keyin “taftish tayinlash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“4) yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplash va (yoki) jinoyat oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida belgilangan muddat o‘tmagan bo‘lsa”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
“Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, –
fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyektining ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlagan va zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan bo‘lsa, huquqbuzarlik narsalarini musodara qilmasdan javobgarlikdan ozod etiladi”;
“11) agar ushbu Kodeks 164-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 165-moddasining birinchi qismida, 166-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 167-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 168-moddasida, 171-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 172, 173-moddalarida, 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1741-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 175-moddasining birinchi va oltinchi qismlarida, 1751-moddasining birinchi qismida, 1753, 1754-moddalarida, 1755-moddasining birinchi qismida, 1761 — 1764, 177-moddalarida, 178-moddasining birinchi, uchinchi — sakkizinchi qismlarida, 1781-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1792-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1794-moddasining birinchi qismida, 1795-moddasida, 215-moddasining birinchi qismida, 2151-moddasining birinchi qismida, 2278-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22714-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22715-moddasining birinchi qismida, 22716-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22718-moddasining birinchi qismida, 22719-moddasining birinchi qismida, 22721-moddasida, 22722-moddasining birinchi qismida, 22723-moddasida, 22724, 22725 va 22726-moddalarida, 22727-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va (yoki) yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, bundan fuqarolarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan hollar mustasno”;
“Ushbu Kodeks 271-moddasining 11-bandida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ish ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va ishning boshqa materiallari ishni ko‘rib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi 474–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda) 5-moddasi birinchi qismining 1-bandidagi “(shu jumladan, soliq to‘lovchi bilan bog‘liq bo‘lgan subyektlardagi muqobil tekshiruvlarda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 602–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 30-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu moddada ko‘rsatilgan fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan o‘tkazilishi mumkin”.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi 717–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
“Tergovga qadar tekshirishlar chog‘ida va qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi jinoyat-protsessual qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi”;
“qisqa muddatli tekshirish — nazorat qiluvchi organlar jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida amalga oshiradigan tekshirish”;
3) 4-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “muqobil tekshirish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
4) 8-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “maxsus vakolatli organ bilan kelishmay” degan so‘zlar “maxsus vakolatli organning qarorisiz” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Xususiy banklar va boshqa xususiy moliya institutlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan besh yilda bir marta amalga oshiriladi”;
“Ushbu moddada ko‘rsatilgan tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan o‘tkazilishi mumkin”;
Qisqa muddatli tekshirishlar jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida maxsus vakolatli organning qaroriga ko‘ra rejadan tashqari tekshirish tarzida nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Maxsus vakolatli organning tekshirilayotgan obyektning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, tekshirish o‘tkazishning maqsadi, muddatlari hamda uni o‘tkazish sabablarining asosliligi ko‘rsatilgan qisqa muddatli tekshirish o‘tkazishga doir qarorlari, shuningdek tekshirishni amalga oshiruvchi tegishli nazorat qiluvchi organning maxsus vakolatli organning qarori asosida chiqarilgan, mansabdor shaxslarning tarkibi va tekshirishni o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan buyrug‘i xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini qisqa muddatli tekshirishdan o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi”;
9) 16-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “yoki uning hududiy bo‘linmalari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 69–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan O‘RQ–328-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
“Ushbu moddaning birinchi — to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan o‘tkazilishi mumkin”;
o‘n uchinchi qismi “bosqichlarida” degan so‘zdan keyin “yuridik xizmat vakillari va (yoki)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
o‘n to‘rtinchi qismi “advokatni jalb etish yoki uning” degan so‘zlar “yuridik xizmat vakillarini va (yoki) advokatni jalb etish yoki ularning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n beshinchi qismidagi “davlat soliq xizmati organlarining faqat qonun hujjatlarida vakolat berilgan bo‘linmalari tomonidan mazkur bo‘linmalar boshliqlarining buyruqlari asosida o‘tkazilib, keyinchalik bu haqda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi qisqa muddatli tekshiruv o‘tkazilgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida xabardor qilinadi” degan so‘zlar “nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organning jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida qabul qilingan qaroriga binoan davlat soliq xizmati organlarining faqat qonun hujjatlarida vakolat berilgan bo‘linmalari tomonidan o‘tkaziladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 41-moddaning ikkinchi qismidagi “rejadan tashqari yoxud muqobil” degan so‘zlar “qisqa muddatli” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi 558–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1–2, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 25-moddasi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu moddada ko‘rsatilgan xususiy korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan o‘tkazilishi mumkin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ–327-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 4, 111-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 27-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu moddada ko‘rsatilgan oilaviy korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan o‘tkazilishi mumkin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ–360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda) 173-moddasi uchinchi qismining sakkizinchi xatboshisi “bundan tadbirkorlik subyektlari mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.