LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi hamda Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 28-iyundagi PF-2331-son Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan tugatilayotgan korxonalarning mablag‘lari va mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda, ularning budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lanmagan qarzlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi taqdimnomasiga ko‘ra Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi qarori bilan hisobdan chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va budjetdan tashqari jamg‘armalar ular tomonidan hisobdan chiqarilgan qarzdorlik summalari alohida hisobga olinishini ta’minlasinlar.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lanmagan qarzlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan tugatilayotgan korxonalar mansabdor shaxslariga nisbatan materiallar davlat soliq xizmati organlari va budjetdan tashqari jamg‘armalar tomonidan aybdor shaxslarni qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortish va davlatga yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda beriladi.
3. Qonunchilikda belgilangan muddatda ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda o‘z ustav jamg‘armasini shakllantirmagan korxonalar uni amalda shakllangan, lekin qonunchilikda belgilangan eng kam miqdordan kam bo‘lmagan, miqdorgacha kamaytirishlari yoki belgilangan tartibda boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga qayta tashkil etilishlari mumkinligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Korxonalar tomonidan mazkur talablar bajarilmaganda ularning tugatilishi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomning 7-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xat boshi bilan to‘ldirilsin:
“Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan tugatilayotgan korxonalarning budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar oldidagi qarzlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi taqdimnomasiga ko‘ra hisobdan chiqarish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish”.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
1.1. Mazkur Nizom moliya-xo‘jalik faoliyatini olti oy mobaynida amalga oshirmayotgan korxonalarni (bank hisobvaraqlari bo‘yicha uch oy mobaynida operatsiyalarni o‘tkazmagan savdo, savdo-vositachi korxonalarni), shuningdek qonunchilikda belgilangan muddatda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini belgilab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1.2. Mazkur Nizomda “moliya-xo‘jalik faoliyati” atamasi ostida korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish hamda buxgalteriya-moliya, hisob-kitob va tovarga ilova hujjatlarini yuritish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish faoliyati tushuniladi.
(1.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.3-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 225-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan— O‘R QHT, 2012-y., 29-son, 339-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori asosida to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1.4. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini bundan buyon davom ettirishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani hal etish, shuningdek korxonalarni tugatish jarayonini xo‘jalik sudlari qarorlari bo‘yicha amalga oshirish (ularning muassislari, qatnashchilari ularni tugatishga rozi bo‘lmagan, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar turar joyini aniqlash va ularni tugatish jarayoniga jalb etishni ta’minlash mumkin bo‘lmagan hollarda):
adliya organlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan korxonalar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan;
shaharlar, tumanlar hokimliklari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan korxonalar bo‘yicha — ushbu hokimliklar huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyalari komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
(1.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1.5. Mazkur Nizom III bo‘limining amal qilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarga hamda muassislari (qatnashchilari)ning yoki ular tomonidan vakil qilingan organlarning turar joyini aniqlash mumkin bo‘lmagan korxonalarga, IV va V bo‘limlarda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda, joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2.1. Savdo va savdo-vositachi korxonalar tomonidan uch oy mobaynida, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar tomonidan esa — olti oy mobaynida bank hisob raqamlari bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazgan holda moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmagan hollarda tijorat banklari uch kun muddatda u hisobga qo‘yilgan joydagi soliq xizmati organiga axborot taqdim etadi, axborotda quyidagilar ko‘rsatiladi:
mavjud debitorlik va kreditorlik qarzlarning, kreditorlar ro‘yxati ko‘rsatilgan holdagi 2-kartotekaning mavjudligi;
Bank hisob raqamlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risida sudning tegishli qarori taqdim etilgan taqdirda banklar keyingi ish kunidan kechikmay xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob raqamlarini yopadilar.
Bunda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yopilayotgan hisob raqamlaridagi mablag‘lar qoldiqlari foydalanish huquqisiz tijorat banklari tomonidan maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi, xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘lov uchun bankka taqdim etilgan kreditorlik qarzi esa ko‘zda tutilmagan holatlar alohida hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar nomiga tushgan mablag‘lar ularning bankdagi hisob raqamlari yopilgandan keyin foydalanish huquqisiz maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Foydalanish huquqisiz maxsus hisob raqamlarida jamlangan mablag‘lar tijorat banklari tomonidan birinchi navbatda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning budjetdan va budjetdan tashqari fondlardan qarzini to‘lashga, qolgan summa esa — to‘lovlarning kalendar navbati bo‘yicha ularning kreditorlik qarzini to‘lashga yo‘naltiriladi.
(2.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
2.2. Soliq organi bank muassasasidan mazkur Nizomning 2.1-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar olingan kundan boshlab ikki hafta muddatda moliya-xo‘jalik faoliyatini so‘nggi olti oy mobaynida amalga oshirmagan korxonalarni (bank operatsiyalarini uch oy mobaynida amalga oshirmagan savdo, savdo-vositachi korxonalarni), shu jumladan:
Keyingi tahrirga qarang.
mol-mulkka ega bo‘lmagan va (yoki) mol-mulkini aniqlash mumkin bo‘lmagan (bundan keyin mol-mulki bo‘lmagan korxonalar deb ataladi);
muassislari (qatnashchilari)ning turar joyini aniqlash, tugatish jarayoniga mazkur shaxslarni jalb qilishni ta’minlash imkoni bo‘lmagan (bundan keyin muassislari bedarak bo‘lgan korxonalar deb ataladi) korxonalarni aniqlaydi.
2.3. Qonunchilikda belgilangan muddatda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni aniqlash ro‘yxatdan o‘tkazgan organ tomonidan amalga oshiriladi.
2.4. Soliq organlari, qonunchilikda belgilangan muddatlarda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarning aniqlanishiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga mol-mulki bo‘lmagan va (yoki) muassislari bedarak bo‘lgan korxonalarni tugatish to‘g‘risida taqdimnoma yuboradi.
Qolgan korxonalar bo‘yicha korxonalarni tugatish bo‘yicha tegishli hududiy maxsus komissiyaga korxonalar faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida so‘rovnomalar yuboriladi.
2.5. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ maxsus komissiyaga qonunchilikda belgilangan muddatda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida so‘rovnoma yuboradi.
2.6. Maxsus komissiya korxona faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiq ekanligi yoxud maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida:
soliq organiga — qonunchilikda belgilangan muddatda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan korxonalar bo‘yicha;
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga – qonunchilikda belgilangan muddatda o‘z ustav jamg‘armasini shakllantirmagan korxonalar bo‘yicha bir hafta muddatda xulosa (qaror) yuborishga majburdir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlariga muvofiq tashkil etilgan korxonalar bo‘yicha xulosa maxsus komissiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
2.7. Maxsus komissiya tomonidan korxona faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda:
Oldingi tahrirga qarang.
moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar bo‘yicha — protokol bilan moliya-xo‘jalik faoliyatini tiklash uchun muddat belgilanadi va nazorat qilib boriladi;
(2.7-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalar bo‘yicha — ustav jamg‘armasini shakllantirish uchun muddat belgilanadi va nazorat qilib boriladi.
2.8. Soliq organi, korxona faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida maxsus komissiya xulosasini olgan taqdirda uch kun muddatda uni korxonani tugatish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan birga ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2.9. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan (faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar) va qonunchilikda belgilangan muddatda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan sifatida tugatiladigan korxonalar reyestrini yuritadi.
2.10. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar faoliyat ko‘rsatmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddat mobaynida ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalar reyestriga kiritilgan korxonalar to‘g‘risida ular bo‘yicha alohida hisob olib boruvchi tegishli statistika organlariga har oyda ma’lumotlar taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘rsatib o‘tilgan reyestrga ustav jamg‘armasini qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida shakllantirmagan aksiyadorlik jamiyati shaklidagi korxona to‘g‘risida yozuvlar kiritishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bunday yozuvlar kiritilgan kundan boshlab bir hafta muddatda bu to‘g‘rida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi davlat vakolatli organini xabardor qiladi.
(2.10 - bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 284-sonli Qarori bilan xatboshi qo‘shilgan;— O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 523-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3.1. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatda o‘z ustav jamg‘armasini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida soliq organining taqdimnomasini yoki maxsus komissiyaning xulosasini olgan kundan boshlab bir hafta muddatda muassislarga (qatnashchilarga) asoslarini ko‘rsatgan holda yozma ravishda, korxonani ixtiyoriy tugatishni taklif etadi.
Agar korxona ikki hafta muddatda (aksiyadorlik jamiyati — bir oy muddatda) ixtiyoriy tugatishga kirishmagan yoxud korxona muassislari (qatnashchilar) ixtiyoriy tugatishni amalga oshirishni rad etgan, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarni aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda, ro‘yxatga oluvchi organ bir hafta muddatda xo‘jalik sudiga korxonani tugatish to‘g‘risidagi da’vo arizasini belgilangan tartibda yuboradi.
Xo‘jalik sudi tomonidan korxonani tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda tugatish jarayoni uning topshirig‘iga ko‘ra maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
(3.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3.2. Korxonani tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan xo‘jalik sudi bu haqda korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organga, maxsus komissiyaga, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi davlat vakolatli organiga (agar korxona aksiyadorlik jamiyati bo‘lsa) yozma ravishda xabar berishi shart. Buning asosida:
Keyingi tahrirga qarang.
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yuridik shaxslarning davlat reyestriga korxona tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi;
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi davlat vakolatli organi Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarish Yagona davlat reyestriga tegishli yozuvlarni kiritadi.
(3.2 - band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 284-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 523-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3.5. Xo‘jalik sudining qarori kuchga kirgan vaqtdan boshlab korxona ishlarini boshqarish bo‘yicha barcha vakolatlar maxsus komissiyaga o‘tadi.
(3.5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3.6. Tugatish komissiyasi korxonaning pul mablag‘larini bitta bankda so‘mlardagi yagona va valyutadagi yagona hisobvaraqlarida (maxsus hisobvarag‘i) jamlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Maxsus komissiyasi uch kun muddatda bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi to‘g‘risida e’lon berilishini tashkil etadi. Tugatish to‘g‘risidagi e’londa yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, kreditorlarning talablari ko‘rsatilgan arizalarni qabul qilish muddati ko‘rsatiladi, bu muddat mazkur e’lon chiqarilgan vaqtdan boshlab ikki oydan kam bo‘lmasligi kerak.
kreditorlarni aniqlash chora-tadbirlarini ko‘rishga va ularni yuridik shaxsning tugatilishi to‘g‘risida xabardor qilishga;
Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etish muddati tugagandan so‘ng maxsus komissiyasi tugatilayotgan korxona mol-mulki tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, kreditorlar tomonidan qo‘yilgan talablar ro‘yxati, shuningdek ularni ko‘rib chiqish natijalari ko‘rsatilgan oraliq tugatish balansi loyihasini tuzadi va kelishish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yuboradi, unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
korxonani tugatish jarayoni boshlanganligi to‘g‘risida matbuot organlarida berilgan e’lonning nusxasi;
xizmat ko‘rsatuvchi bankning tugatish hisobvarag‘ida mablag‘larning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi va mavjud kreditorlik qarzlari bo‘yicha ma’lumotlar;
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar olingan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ oraliq tugatish balansi loyihasiga rozilik berganligi yoki rad etishning aniq sabablarini ko‘rsatgan holda rozilik berishni rad etganligi to‘g‘risida yozma xabar berishi shart.
Oraliq tugatish balansi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishilgandan keyin maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
(3.6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3.7. Tugatilayotgan korxona kreditorlariga pul mablag‘lari oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 56-moddasida belgilangan navbatga ko‘ra maxsus komissiyasi tomonidan to‘lanadi.
Agar tugatilayotgan korxonaning mavjud pul mablag‘lari kreditorlar talablarini qondirish uchun yetarli bo‘lmasa maxsus komissiyasi korxonaning mol-mulkini qonunchilikda belgilangan tartibda sotadi.
(3.7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Moliya xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan tugatilayotgan korxonalarning mablag‘lari va mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda, ularning budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lanmagan qarzlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi taqdimnomasiga ko‘ra Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi qarori bilan hisobdan chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va budjetdan tashqari jamg‘armalar ular tomonidan hisobdan chiqarilgan qarzdorlik summalarining alohida hisobini yuritadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lanmagan qarzlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan tugatilayotgan korxonalar mansabdor shaxslariga nisbatan materiallar davlat soliq xizmati organlari va budjetdan tashqari jamg‘armalar tomonidan aybdor shaxslarni qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortish va davlatga yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun huquqni muhofaza qilish organlariga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3.8. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan keyin maxsus komissiya kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tasdiqlovchi bank to‘lov hujjatlari nusxalarini ilova qilgan holda tugatish balansi loyihasini tuzadi va kelishish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yuboradi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hujjatlar olingan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida tugatish balansi loyihasi kelishilganligi yoxud, rad etishning aniq sabablarini ko‘rsatgan holda, kelishish rad etilganligi to‘g‘risida yozma bildirishnoma berishi shart.
(3.8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
3.9. Yuridik shaxsning kreditorlar talablari qondirilgandan va tugatish balansi tasdiqlangandan so‘ng qolgan mol-mulki, qonunchilikda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, uning ushbu mol-mulkka mulkiy huquqlarga yoki shu yuridik shaxsga nisbatan majburiy huquqqa ega bo‘lgan muassislari (qatnashchilari)ga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3.10. Maxsus komissiya bankdagi tugatish hisob raqamini yopadi, muhrni, burchakli va boshqa shtamplarni yo‘q qilish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga topshiradi.
(3.10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Korxonaning tovar belgisi mavjud bo‘lsa maxsus komissiyasi tegishli organlarga korxonaning tugatilishi munosabati bilan tovar belgisining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani bekor qilish haqida xat jo‘natadi.
Maxsus komissiya tugatish ishlari tugallanganligini (qolgan mol-mulk taqsimotini hisobga olgan holda) protokol bilan rasmiylashtiradi.
(3.10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3.11. Korxonaning tugatish hujjatlari to‘liq paketi to‘plangandan so‘ng maxsus komissiya tugatilayotgan korxonani yuridik shaxslarning Davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3.11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
maxsus komissiyaning tugatish balansini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori, soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan tugatish balansini ilova qilgan holda;
soliq organining budjetdan va budjetdan tashqari jamg‘armalardan qarzlarning mavjud emasligi yoki ularning hisobdan chiqarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
(3.11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3.12. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar asosida uch kun muddatda korxonani uning tugatilishi munosabati bilan yuridik shaxslar davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va yuridik shaxslar davlat reyestriga bu haqda yozib qo‘yadi hamda Pensiya jamg‘armasi, Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi, statistika organlari, soliq organiga xabar yuboradi, ular uch kun muddatda korxonani hisobdan chiqarishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar davlat reyestriga tugatish haqida yozib qo‘yilgandan so‘ng korxonani tugatish yakunlangan, korxona esa mavjud emas deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4.1. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishda korxonaning muassislari (qatnashchilari) yoki ta’sis hujjatlari bilan vakil qilingan organi yoxud hududiy maxsus komissiya quyidagi harakatlarni amalga oshiradilar:
(4.1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
bank muassasalaridagi foydalanish huquqini bermaydigan maxsus hisobvarag‘i hamda kutilmagan holatlar hisobvarag‘ini yopadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
korxonani davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risidagi ariza bilan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga murojaat qiladi hamda yo‘q qilish uchun unga muhr va shtamplarni topshiradi.
(4.1-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4.2. Matbuotda korxonaning tugatilishi to‘g‘risida e’lon chiqqandan so‘ng kamida bir oydan keyin quyidagi hujjatlar taqdim etilganda korxona ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat reyestridan chiqarilishi mumkin:
korxonani uning tugatilishi munosabati bilan yuridik shaxslar davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risidagi ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
(4.2-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4.2-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
bank muassasasining foydalanish huquqini bermaydigan maxsus hisobvarag‘i hamda kutilmagan holatlar hisobvarag‘i yopilganligini tasdiqlovchi hujjati;
Oldingi tahrirga qarang.
(4.2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
soliq organining korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
ommaviy axborot vositalarida korxonaning tugatilishi to‘g‘risida e’lon chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
5.1. Muassislari bedarak bo‘lgan korxonalar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar matbuotda ular tomonidan korxonalarni tugatish jarayonining boshlanishi to‘g‘risida e’lon beradilar hamda ayni paytda:
mazkur korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasalariga — ularning bank hisobvaraqlarini belgilangan tartibda yopish uchun tegishli axborot yuboradilar.
5.2. Agar uch oydan so‘ng muassislar (qatnashchilar) kelmasa yoki topilmasa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bir hafta muddatda korxonani tugatish to‘g‘risida xo‘jalik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5.3. Xo‘jalik sudi tomonidan korxonani tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda tugatish jarayoni uning topshirig‘iga ko‘ra hududiy maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Korxonani tugatish mazkur Nizomning 3.5 — 3.12 yoki 4.1 - 4.2-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5.4. Korxonani tugatish jarayoni tugallangandan so‘ng qolgan mol-mulk tegishli organ tomonidan egasiz mol-mulk sifatida hisobga olinadi. Tugatish jarayoni tugallangandan so‘ng qolgan pul mablag‘lari mavjud bo‘lgan taqdirda maxsus komissiya ular hisobiga mol-mulk saqlanishini tashkil qiladi. Saqlash muddati tugatish jarayoni tugallangandan keyin uch yildan oshmasligi kerak. Pul mablag‘lari mavjud bo‘lmaganda yoki uch yillik muddat mobaynida saqlash uchun sarflanib bo‘lgan taqdirda, mol-mulk saqlanmaydi va sotib yuboriladi. Tushgan mablag‘lar, operatsiya xarajatlaridan tashqari, bankda ushbu maqsad uchun maxsus ochiladigan hisobvaraqqa o‘tkaziladi. Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar bedarak bo‘lgan muassislar (qatnashchilar) mulki hisoblanadi va korxona tugatilgan vaqtdan kamida uch yildan so‘ng mahalliy budjetga o‘tkazilishi kerak.