Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “SAVDO SOHASIDA MONOPOLIYADAN ChIQARIShNI ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 1997-YIL 24 DEKABRDAGI 561-SON QARORIGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Yunusobod” sport-sogʻlomlashtirish kompleksi Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasi taʼsis yigʻilishi tomonidan tugatilganligi (1997-yil 1-dekabrdagi bayonnoma), uning negizida “Yunusobod-tennis” davlat tennis klubi tashkil etish haqida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasining muassislari — “Goʻsht-sut savdo” davlat-aksiyadorlik birlashmasi, “Savdo nashriyoti” respublika eksperimental savdo-ishlab chiqarish birlashmasi, “Savdo taraqqiyoti” respublika birlashmasi va “Navroʻz” savdo-ishlab chiqarish kompleksining kompaniya tarkibiga “Yunusobod-tennis” tennis klubining kirishi hamda “Savdo taraqqiyoti” respublika birlashmasining yopiq tennis kortini uning balansiga berish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 195-modda)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1999-yil 14-iyun,
299-son