LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son va 2001-yil 1-fevraldagi 63-son qarorlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 411-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 17-18-son, 156-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va ularni bajarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Mahsulot tayyorlash va uning sifati bo‘yicha bosh davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 16-avgustdagi 322-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995y., 8-son, 28-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996y., 11-son, 33-modda) 2-bandining ikkinchi xatboshi;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari” to‘g‘risida 1997-yil 12-martdagi 136-son qaroriga 3-ilova;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1999-yil 30-apreldagi 202-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999y., 4-son, 22-modda)ga 1-ilovaning 14-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 20-martdagi 98-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 3-son, 13-modda)ga 2-ilova;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-yil, 1-son, 2-modda)ga 2-ilova 2-bo‘limining 8-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 17-18-son)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
1. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibiga kiradi.
2. Markaz qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari hamda boshqa ilmiy va ilmiy-yordamchi tashkilotlarning birlashmasi hisoblanadi.
3. Markaz ularning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, respublika ilmiy muassasalari va oliy o‘quv yurtlari tomonidan agrosanoat kompleksi sohasida o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirib boruvchi organ vazifasini bajaradi.
4. Markaz o‘z ishlarini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi hamda boshqa vazirliklar va idoralar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oliy o‘quv yurtlari bilan birgalikda olib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining buyruqlari va qarorlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
6. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z nomi yozilgan muhrga va shtampga, xos blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi banklarida hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
vatanimiz va jahon ilm-fani va amaliyotining eng yaxshi yutuqlaridan to‘laroq foydalanishni hisobga olgan holda respublika agrosanoat kompleksining eng muhim muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish. Ularning natijalarini qishloq xo‘jaligi samaradorligini yanada oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etish;
sug‘oriladigan, lalmi yerlarning va o‘rmon yerlarining, tog‘li, cho‘l hududlari va yaylovlarning unumdorligini hamda ulardan foydalanish samaradorligini oshirish ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘stirish, hosilini saqlash va qayta ishlashning, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishning samarali texnologiyalarini asoslash va joriy etish;
g‘o‘za, g‘alla va boshqa ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligi sohasidagi tadqiqotlarni kengaytirish, seleksiya yutuqlarini sinab ko‘rish va muhofaza qilish;
chorvachilik va naslchilik ishlarining ilmiy muammolarini, veterinariya, veterinariya sanitariyasi va akarologiyaning nazariy asoslarini ishlab chiqish, davolash-profilaktika tadbirlarining ilmiy asoslangan tizimlarini yaratish;
Keyingi tahrirga qarang.
o‘simliklarni himoya qilishning biologik va uyg‘unlashtirilgan usullari sohasidagi tadqiqotlarni tashkil etish, kam zaharli gerbitsidlarni, pestitsidlarni, o‘stirish ko‘makchilarini hamda atrof muhit va ekologik jihatdan toza mahsulot olish uchun xavfsiz bo‘lgan boshqa yuqori samarali birikmalarni qidirib topish;
ilmiy tadqiqotlar sohasida shartnoma munosabatlarini tashkil etish, tugallangan ishlanmalarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy qilish uchun ilmiy xodimlar va mutaxassislarning manfaatdorligini rag‘batlantiruvchi hamda mas’uliyatini oshiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
qishloq va suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish muammolarini ishlab chiqish, yuqori samarali, ijtimoiy yo‘naltirilgan ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish, xo‘jalik ichidagi munosabatlar mexanizmini takomillashtirish, qishloqda xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni tashkil qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
ilg‘or agrotexnologiyalarni, yuqori unum bilan ishlaydigan va mustahkam qishloq xo‘jaligi mashinalari va mexanizmlarining yangi turlarini yaratish va joriy etish;
tuproqning, ayniqsa o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan yerlarda tuproqning unumdorligini tiklash va oshirishni hisobga olgan holda almashlab ekish sxemalarini ishlab chiqishda qatnashish;
eskidan sug‘orib kelinayotgan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va rekonstruksiya qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi yerlarni o‘zlashtirish, sug‘orishning ilg‘or usullarini va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
qishloq xo‘jaligini tashkil etish va yuritishning jahon ilg‘or tajribasini o‘rganish va ijodiy qo‘llash, xalqaro va xorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, tasarrufidagi tashkilotlar ilmiy xodimlarining chet el ilmiy muassasalarida malaka oshirishini tashkil etish;
respublikada hamda xorijda qishloq va suv xo‘jaligi rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishda qatnashish;
respublikada qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni va innovatsiya loyihalarini muvofiqlashtiradi;
o‘z muassasalari kuchi bilan agrosanoat kompleksini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga doir fundamental hamda amaliy tadqiqotlar loyihalari va dasturlarini ishlab chiqadi;
ilmiy-tadqiqot muassasalarini, ularning filiallarini va tasarrufidagi boshqa tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qiladi, qayta tashkil etadi va tugatadi;
agrosanoat kompleksining muhim dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, yig‘ilishlar, simpoziumlar uyushtiradi;
fundamental va amaliy tadqiqotlarning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy kengashlar, jamiyatlar va boshqa birlashmalar tashkil qiladi;
respublika agrosanoat kompleksini rivojlantirishning ilmiy-texnika potensialini rivojlantirish, ilm-fanning moddiy bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasining, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining topshiriqlariga, vazirliklar va idoralar so‘rovlariga binoan agrosanoat kompleksini rivojlantirishning yirik ilmiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalari va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazadi, o‘z vakolatlari doirasida manfaatdor tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda ularni muhokama qiladi;
Markaz xar yili o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga hisobot topshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa idoralari bilan birgalikda dehqonchilik va chorvachilikning, tuproq unumdorligini, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini va chorva mollari mahsuldorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi serhosil navlarini mintaqalashtirish bo‘yicha resurslarni va energiyani tejovchi zamonaviy texnologiyalarning ilmiy asoslangan tizimi dasturini tuzadi;
Markaz tashkilotlari tomonidan bajarilgan ilmiy va texnik ishlanmalarning dehqonchilik, chorvachilik, irrigatsiya, melioratsiya va o‘rmon xo‘jaligiga joriy etilishi ustidan mualliflik nazoratini amalga oshiradi;
qishloq xo‘jaligining fan yutuqlariga nisbatan ta’sirchanligini oshirish, joriy etish xizmatini yaxshilash, ilmiy muassasalar, qishloq xo‘jaligi hamda suv xo‘jaligi korxona va tashkilotlari o‘rtasidagi xo‘jalik hisobi munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
respublikaning urug‘chilik xo‘jaliklarini boshoqli don ekinlarining, g‘o‘za, sholi, sabzavot, yem-xashak va boshqa ekinlarning eng sara va sara urug‘lari bilan ta’minlaydi;
mollarning yangi zotlarini yaratish bo‘yicha naslchilik ishlarini yaxshilashga doir tadbirlarni amalga oshiradi;
loyihalash va konstruktorlik tashkilotlarining qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, yer tuzish, melioratsiya va suv xo‘jaligi sohasidagi hamkorligini mustahkamlaydi;
fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish uchun xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalarni belgilangan tartibda tashkil qiladi.
10. Markaz o‘ziga qarashli bo‘linmalarning mustaqilligini har tomonlama ta’minlab o‘z ishini kollegiallik, yakkaboshchilik va markazlashtirilgan rahbarlikni uyg‘unlashtirish asosida tashkil etadi.
11. Markazga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan bosh direktor boshchilik qiladi. Markazning bosh direktori ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining qishloq xo‘jaligida ilmiy-texnika va texnologiya siyosati masalalariga mutasaddi bo‘lgan o‘rinbosari hisoblanadi.
12. Markazda bosh direktorning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan tayinlanadigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari lavozimlari joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Markaz o‘z oldida turgan vazifalar doirasida vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va oliy o‘quv yurtlaridan Markazning faoliyati uchun zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish huquqiga egadir. Zarurat bo‘lganda Markaz boshqa vazirliklar, idoralar va muassasalar bilan birgalikda qarorlar, buyruqlar va yo‘riqnomalar qabul qiladi.
Markazga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, joriy masalalarni hal etadi, Markazdagi ishlarning ahvoli yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi oldida shaxsan javob beradi;
davlat organlari, ilmiy muassasalar va xorijiy tashkilotlarda Markaz nomidan vakillik qiladi, uning manfaatlarini himoya qiladi;
tadqiqotlar dasturlarini tasdiqlaydi, eng muhim ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
dolzarb ilmiy va ilmiy-texnik muammolarni hal etish, shuningdek tashkiliy masalalarni hal qilish uchun olimlar va mutaxassislarning doimiy va vaqtinchalik ilmiy va maslahat jamoalarini tashkil etadi;
Markaz moliyaviy resurslarining bosh tasarrufchisi hisoblanadi hamda ulardan to‘g‘ri foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
xodimlarning belgilangan soni doirasida Markaz markaziy apparati, budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan o‘ziga qarashli korxonalar va tashkilotlarning shtat jadvalini, o‘ziga qarashli muassasalar va tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomlar (ustavlar)ni tasdiqlaydi, zarurat bo‘lganda shtatdagi xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida markaziy apparat tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining taqdimnomasiga ko‘ra Markazning Qoraqalpog‘iston respublika va viloyat bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va egallab turgan lavozimidan ozod qiladi;
Markaz apparati xodimlarini, o‘ziga qarashli institutlar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbar xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Markaz barcha tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining va apparati xodimlarining javobgarligi darajasini belgilaydi, belgilangan tartibda rag‘batlantirish va jazo choralarini qo‘llaydi;
ko‘p yillik mehnati, o‘z vazifalariga vijdonan munosabatda bo‘lganligi, alohida muhim vazifalarni bajarganligi uchun markaziy apparat xodimlarining ayrim toifalari, o‘ziga qarashli institutlar va tashkilotlarning rahbarlari lavozim maoshlariga ustamalar belgilaydi;
markaziy apparat, hududiy bo‘linmalar va o‘ziga qarashli institutlar, korxonalarning alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini davlat mukofotlari bilan mukofotlashga va faxriy unvonlar berishga belgilangan tartibda taqdim etadi, xodimlarni Markazning faxriy yorliqlari, qimmatli sovg‘alar yoki pul mukofotlari bilan taqdirlaydi.
18. Markaz tarkibiga Qoraqalpog‘iston respublika va viloyat bo‘limlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, eksperimental zavodlar, xo‘jaliklar, kutubxonalar va boshqa ilmiy hamda ilmiy-yordamchi bo‘linmalar kiradi.
19. Markaz, uning Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar bo‘limlari, mustaqil ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi.
20. Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlar Markaz hay’ati tomonidan tasdiqlanadi. Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar bo‘limlari ixtiyoriga berilgan ilmiy-tadqiqot muassasalarining filiallari va tajriba xo‘jaliklari o‘z ishlab chiqarish va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qoladilar, bo‘limlar oldida ilmiy-metodik jihatdan hisob beradilar.
21. Markazda Ilmiy-texnik kengash tashkil etiladi, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri uning raisi, Markaz bosh direktori rais o‘rinbosari hisoblanadi. Kengash tarkibiga lavozimiga ko‘ra bosh direktor o‘rinbosarlari va Markaz bosh ilmiy kotibi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi raisi, Fanlar akademiyasi prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Agrosanoat kompleksi rahbari kotibiyatining mudiri, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi boshlig‘i, shuningdek yetakchi olimlar va mutaxassislar kiradi. Ilmiy-texnik kengash a’zolarining shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi (uning tarkibiga lavozimiga ko‘ra kiruvchi shaxslar bundan mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekistonda agrar ilm-fan rivojlanishining muhim masalalarini ko‘rib chiqadi va uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi. Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining agrosanoat kompleksini rivojlantirish muammolariga oid ilmiy-tematik rejalari Markazning ilmiy-texnik kengashi bilan kelishiladi;
respublika agrosanoat kompleksidagi innovatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni eshitadi hamda fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishni faollashtirishga doir tavsiyalarni ishlab chiqadi.
23. Markazda 11 a’zodan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi. Markazning bosh direktori, uning o‘rinbosarlari va bosh ilmiy kotib lavozimlariga ko‘ra hay’at a’zolari hisoblanadilar. Hay’at a’zolarining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishiladi.
Markazning tegishli bo‘limlari orqali ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
agrar ilm-fanning eng muhim muammolari bo‘yicha ilmiy kengashlar, qo‘mitalar, komissiyalar tarkibini tasdiqlaydi va ular faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Markazga yuklangan vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda ilmiy-tadqiqot, ilmiy-yordamchi muassasalar va korxonalar tashkil etadi, ushbu muassasalar, korxonalar to‘g‘risidagi nizomlarni va ularning ustavlarini tasdiqlaydi, shuningdek tashkil etiladigan ilmiy-tadqiqot muassasalarining ish yo‘nalishini va ixtisoslashuvini belgilaydi;
ilmiy konferensiyalar va kengashlar chaqiradi, munozaralar o‘tkazadi, tadqiqot ekspeditsiyalari tashkil etadi;
Markazning fan va texnikani rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;
Markaz tizimida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha rejalarni muhokama qiladi va ushbu ishlarga rahbarlik qiladi;
Markaz bo‘limlari va ilmiy muassasalarning ilm-fanga ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi;
institutlarning taqdimnomasi va Markaz bo‘limlarining tavsiyasi bo‘yicha ilmiy muassasalar ilmiy kengashlari tarkibini tasdiqlaydi;
dissertatsiyalarni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kengashlar tarkibini Oliy attestatsiya komissiyasi tasdiqlashi uchun taqdim etadi hamda ixtisoslashtirilgan kengashlar raislarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi;
ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlari natijalaridan amaliyotda foydalanilishiga ko‘maklashadi;
Markazning barcha muassasalari va mansabdor shaxslari tomonidan mazkur Nizomga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
bosh direktorning respublika tashkilotlari va hududiy bo‘limlar rahbarlarini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqlarini tasdiqlaydi.
25. Markaz hay’ati uning majlisida o‘z a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi.
28. Markazning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati uning ilmiy-tadqiqot muassasalarida (institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, konstruktorlik byurolari va boshqa muassasalarda) olib boriladi.
29. Institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari o‘z faoliyatini Markaz ijro etuvchi apparati bo‘limlarining uslubiy rahbarligida amalga oshiradilar.
30. Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlari, direktorlarning o‘rinbosarlari Markazning bosh direktori tomonidan yirik olimlar, odatda, fan doktorlari orasidan kontrakt asosida 5 yilgacha muddatga tayinlanadilar.
31. Institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari direktorlari o‘zlari rahbarlik qilayotgan ilmiy muassasalar, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati hamda fan yutuqlari ishlab chiqarishga joriy etilishi uchun shaxsan javob beradilar.
32. Institutning ilmiy kotibi, ilmiy-tadqiqot bo‘linmalari (institut, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bo‘limi, shu’basi, laboratoriyasi) mudirlari direktor tomonidan kontrakt asosida, odatda, tanlovdan o‘tgan fan doktorlari yoki fan nomzodlari orasidan tayinlanadilar.
33. Ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari huzurida belgilangan tartibda sanoat korxonalari, konstruktorlik, texnologiya va loyihalash byurolari, hisoblash markazlari, eksperimental xo‘jaliklar, shuningdek kooperativlar, kichik va qo‘shma korxonalar tashkil etilishi mumkin.
34. Ilmiy-tadqiqot muassasalari (institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, konstruktorlik byurolari) va Markazning barcha ishlab chiqarish tuzilmalari mazkur Nizom va Markaz hay’ati tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy ustavlar asosida faoliyat ko‘rsatadilar.
36. Markaz faoliyatining iqtisodiy asosini ishlab chiqarish fondlari hamda tezkor boshqarish uchun unga davlat tomonidan berilgan boshqa mol-mulk, institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va boshqa ilmiy muassasalarning, shuningdek Markaz tizimiga qo‘shib olingan ishlab chiqarish korxonalarining ishlab chiqarish fondlari va mol-mulki tashkil etadi.
37. Markaz va uning muassasalari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashishlari mumkin.
38. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar Markazni va uning ilmiy muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi.
39. Markazning xo‘jalik hisobidagi muassasalari, birlashmalari va tashkilotlari o‘z xo‘jalik, tadbirkorlik, ilmiy va innovatsiya faoliyatini ushbu faoliyatdan olinadigan mablag‘lar va daromadlar hisobiga amalga oshiradilar.
40. Markazning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari joriy va boshqa ishlarni bajarish uchun asosiy fondlardan va uning ixtiyoridagi aylanma mablag‘lardan foydalanadilar.
41. Markaz o‘z mablag‘lari (budjet mablag‘laridan tashqari) va o‘z muassasalarining xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlarning bir qismi, shuningdek boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisobiga maxsus moliyaviy va innovatsiya jamg‘armalari (budjet tashkilotlarini rivojlantirish, olimlarni ijtimoiy himoya qilish, innovatsiya va boshqa jamg‘armalar) tashkil etishi mumkin. Mablag‘larni shakllantirish va sarflash tartibi Markaz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqilgan maxsus nizomga muvofiq belgilanadi.
42. Markaz o‘ziga ajratilgan budjet mablag‘larini markaziy apparat, o‘ziga qarashli ilmiy muassasalar va tashkilotlar o‘rtasida belgilangan tartibda taqsimlaydi, ularning xarajatlar smetasini, shtat jadvallarini, mehnatga haq to‘lash fondi va miqdorlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi respublika o‘rmon xo‘jaligini davlat tomonidan boshqarish organi funksiyalarini amalga oshiradi.
2. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi o‘rmon xo‘jaligining ahvoli va uni yanada rivojlantirish, tarmoqda fan-texnika taraqqiyoti, o‘rmonlardan oqilona foydalanish, ularni ko‘paytirish, muhofaza va himoya qilish, o‘rmon fondi hududida ovchilik xo‘jaligi va qo‘riqxona ishlarini yuritishni tashkil etish, o‘rmonlarning ekologik va boshqa foydali funksiyalarini kuchaytirish hamda xalq bog‘larini boshqarish uchun javob beradi.
3. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining buyruqlari hamda yo‘riqnomalariga, boshqa qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
4. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi o‘rmon xo‘jaligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari orqali rahbarlik qiladi hamda o‘ziga bevosita bo‘ysunuvchi korxonalarni, tashkilotlarni boshqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Quyidagilar O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:
o‘rmon qonunchiligiga va o‘rmon hamda ovchilik xo‘jaligini yuritish bo‘yicha me’yoriy-texnik hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘rmonlardan foydalanish, ularni ko‘paytirish, muhofaza va himoya qilish, o‘rmon fondi hududida davlat qo‘riqxonalari, tabiiy bog‘lar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;
(5-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
o‘rmon xo‘jaligida o‘rmon fondini har tomonlama kengaytirish va undan oqilona foydalanishga qaratilgan yagona texnika siyosatini olib borish;
o‘rmon fondini, hayvonot va o‘simlik dunyosini davlat tomonidan hisobga olib borish hamda o‘rganish;
respublikada o‘rmonlarni qayta tiklash va ihota daraxtzorlarini ko‘paytirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, tog‘ yonbag‘irlarida, jarliklarda va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlarining bajarilishini tashkil qilish;
o‘rmonlarni yong‘indan, o‘zboshimchalik bilan kesishdan va boshqa o‘rmon qoidalarini buzishdan himoya qilishni ta’minlash, o‘rmonlarni zararkunandalar va kasalliklardan asrash, o‘rmonlarni aviatsiya yordamida va erdan qo‘riqlash tizimini takomillashtirish;
ovchilik xo‘jaliklarini idoraviy boshqarish va nazorat qilish, o‘rmon fondi hududida ovchilik qoidalari, normalari va muddatlariga rioya qilinishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki va tashqi bozor ehtiyojini o‘rganish asosida respublika manzarali bog‘dorchiligini rivojlantirishning yagona strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etadi;
(5-band o‘n ikkinchi xatboshi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-apreldagi 99-sonli qaroriga muvofiq to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2005-y., 15-16-son, 114-modda)
shifobaxsh va ovqatbop o‘simliklar, yordamchi qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik mahsulotlarini tayyorlash va yetishtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar tuzish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar (o‘rmon xo‘jaliklari, shifobaxsh o‘tlar yetishtirishga ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaliklari)ning erkinligini va iqtisodiy mustaqilligini oshirish, ularning moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida ularni xo‘jalik yuritishning bozor shakllariga o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
xorijiy investitsiyalarni jalb etish, o‘rmon xo‘jaligi sohasida qo‘shma korxonalar tashkil qilish, xususiy tadbirkorlikni, kichik biznesni rivojlantirish;
(5-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi o‘rmon fondi hududida o‘ziga berilgan huquqlar doirasida o‘rmon, ovchilik xo‘jaligi va qo‘riqxona, xalq bog‘lari ishlarini davlat qo‘riqxonalari, tabiiy bog‘lar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi olib borish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qiladi, o‘z vakolatlarini bevosita va o‘zining hududiy boshqarmalari, shuningdek o‘ziga qarashli korxonalar hamda tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi orqali o‘rmon xo‘jaligi tarmog‘ida qonun hujjatlarining qo‘llanish amaliyotini umumlashtiradi, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va ko‘rib chiqish uchun ularni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
8. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tasarrufidagi o‘rmon, o‘rmon-ovchilik xo‘jaligi, davlat qo‘riqxonalari, tabiiy bog‘lar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
(8-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
belgilangan tartibda o‘rmon xo‘jaligi ishlarini prognozlashtiradi, O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ishtirokida respublika o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishning bosh reja (sxema)larini ishlab chiqadi;
o‘rmon xo‘jaligini to‘g‘ri yuritishni, o‘rmon resurslaridan oqilona foydalanish, o‘rmonlarni qayta tiklash, parvarish qilish va ularning samaradorligini oshirish, ihota hamda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etishni ta’minlaydi;
o‘rmonning suvlarni asrash, ihotalash, sanitariya-gigiyena, sog‘lomlashtirish va boshqa foydali funksiyalarini kuchaytirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
qishloq xo‘jaligi korxonalari va boshqa yerdan foydalanuvchilar hududida shartnoma shartlari asosida iqota daraxtzorlari barpo etish va tog‘ yonbag‘irlarini pog‘ona-pog‘ona qilib ishlash, jarliklarda, qiyaliklarda, yaroqsiz qazilmalar bo‘lgan joylarda, tashlandiq yerlarda daraxtzorlar barpo etish ishlarini amalga oshiradi;
o‘rmonlarni yong‘indan, daraxtlarni o‘zboshimchalik bilan kesishdan hamda o‘rmonga zarar yetkazadigan boshqa xatti-harakatlardan muhofaza qilishni tashkil etadi, respublika o‘rmon fondi yerlarida o‘rmonlarni qo‘riqlashga rahbarlik qiladi, o‘rmon patologiyasini nazorat qilishni va o‘rmon zararkunandalari hamda kasalliklarini hisobga olish va ularga qarshi kurashishni amalga oshiradi;
suvni asrovchi o‘rmonlarni, qimmatbaho daraxtzor yerlarni, aholi yashash joylari atrofidagi ko‘kalamzor hududlarni hamda iqlimni tartibga solish, sanitariya-gigiyena, sog‘lomlashtirish va boshqa himoya funksiyalarini bajaruvchi boshqa daraxtzorlarni saqlash va ularning holatini yaxshilash chora-tadbirlarini ko‘radi, o‘rmon fondi yerlarida joylashgan davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilishni amalga oshiradi;
cho‘l, tog‘ va tog‘ oldi yaylovlarining holatini yaxshilash, boyitish, mahsuldorligini oshirish, bu yerlarni daraxtzorlarga aylantirish, ko‘chma qumlarni mustahkamlash va ularga daraxtlar ekish tadbirlarini amalga oshiradi;
o‘rmon xomashyosi va boshqa resurslarni o‘rganadi, ulardan samarali foydalanish choralarini ko‘radi, belgilangan tartibda o‘rmon barpo etish tadbirlarini amalga oshiradi va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
o‘rmonlarni ihota toifalariga kiritish, shuningdek o‘rmonlarni bir toifadan boshqasiga o‘tkazish haqidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
o‘rmon xo‘jaligini yuritish masalalari, daraxt kesish qoidalari bo‘yicha asosiy qoidalarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
respublika o‘rmon xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari hamda o‘rmon fondiga ega bo‘lgan boshqa korxonalar va tashkilotlar tomonidan o‘rmon xo‘jaligining to‘g‘ri yuritilishini, o‘rmon resurslaridan foydalanilishini, o‘rmonni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilinishini tekshiradi, o‘rmon fondiga ega bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarga o‘rmon xo‘jaligini yuritishda uslubiy yordam ko‘rsatadi;
O‘zbekiston Respublikasi o‘rmonlarida o‘rmondan foydalanish (qancha yog‘och kesilishi) hajmlarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etadi;
o‘rmon fondi hududida ov qilish qoidalari va muddatlariga rioya etilishini, hayvonot dunyosidan foydalanilishini idoraviy nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat qo‘riqxonalari, tabiiy bog‘lar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tomonidan ularda o‘rnatilgan rejimga rioya etilishini idoraviy nazorat qiladi;
(8-bandning o‘n yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
o‘rmon urug‘chiligi va o‘rmon ko‘chatzorlarini tashkil etadi va rivojlantiradi, daraxtlar va butasimon navlar urug‘lari tayyorlashni, o‘z ehtiyojlari va boshqa iste’molchilarning talablarini qondirish uchun ko‘chatlar o‘stirishni ta’minlaydi;
yog‘och-taxta tayyorlashni, shuningdek yog‘ochdan, yog‘och chiqindilaridan xalq iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi tovarlar ishlab chiqarishni, o‘rmonlarda qo‘shimcha ravishda foydalaniladigan mahsulotlar tayyorlashni tashkil etadi;
o‘rmon fondi hududida shifobaxsh, texnik va ovqatbop o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash borasidagi barcha ishlarni muvofiqlashtiradi, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning tarqalish hududini va mavjud resurslarini o‘rganadi, ularni yig‘ish va tayyorlashning maqbul miqdorini tavsiya etadi;
mollarni o‘tlatish normasi, ularni yaylovlarda joylashtirish va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanishning boshqa turlari, to‘lanadigan haq miqdori haqida belgilangan tartibda takliflar ishlab chiqadi;
eksport-import operatsiyalarini amalga oshiradi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari tomonidan ularning o‘tkazilishiga ko‘maklashadi;
bog‘lar, tokzorlar, qishloq xo‘jaligi ekinlari, yong‘oq mevali o‘simliklarning hosildorligi oshirilishini ta’minlaydi, mevalarni topshirish bo‘yicha shartnomalarning o‘z vaqtida tuzilishi va bajarilishini tashkil etadi;
kadrlar zaxirasini yaratadi, o‘rmon xo‘jaligi sohasida rahbar xodimlar va mutaxassislarni tayyorlaydi hamda ularning malakasini oshiradi;
o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish tadbirlari o‘tkazilishini ta’minlaydi;
o‘ziga qarashli davlat qo‘riqxonalari, xalq bog‘lari to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga tasdiqlash uchun kiritadi;
o‘ziga qarashli korxonalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda mablag‘ ajratadi, moliyaviy ahvolni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
o‘ziga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning buxgalteriya hisobotlarini va balanslarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, yig‘ma balanslar tuzadi va ularni tegishli organlarga taqdim etadi;
o‘ziga qarashli korxonalarda hisob va hisobot yuritilishini hamda mol-mulk saqlanishini tashkil etadi, yetkazilgan moddiy zararni undirish choralarini ko‘radi;
Bosh boshqarmaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati haqidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda, hisobga olish va hisobotning amaldagi shakllari bo‘yicha tegishli organlarga taqdim etadi;
fuqarolarning xatlari (arizalari, shikoyatlari) ko‘rib chiqilishini tashkil etadi va xatlarda ma’lum qilingan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi.
Oldingi tahrirga qarang.
manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini o‘stirishning ilmiy asoslarini hamda istiqbolli texnologiyalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini tashkil qiladi;
manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini sertifikatlash va standartlashtirishning yagona tizimi ishlab chiqilishi va joriy etilishini tashkil qiladi;
mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda manzarali o‘simliklarni rayonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni tashkil qiladi;
turli xo‘jalik yurituvchi subyektlarga manzarali o‘simliklar o‘stirishda ilmiy-metodik va ishlab chiqarish yordami ko‘rsatilishini tashkil qiladi.
(8-band o‘ttiz uchinchi — o‘ttiz oltinchi xatboshilar bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-apreldagi 99-sonli qaroriga muvofiq to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2005-y., 15-16-son, 114-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
respublikaning tegishli vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari bilan kelishgan holda oliy o‘quv yurtlarini, ilmiy-tadqiqot, loyihalash va loyiha-konstruktorlik tashkilotlarini, shuningdek ilmiy xodimlarni va mutaxassislarni o‘rmon xo‘jaligi, o‘rmon-ovchilik davlat qo‘riqxonalari, tabiiy bog‘lar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishi daxlsiz o‘rmon xo‘jaliklari bilan bog‘liq bo‘lgan alohida masalalarni ishlab chiqishga va ekspertizalar o‘tkazishga shartnoma asosida jalb etish
(9-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
mansabdor shaxslarga o‘rmon xo‘jaligini yuritishga doir qonun hujjatlari buzilishini, o‘rmonlarni muhofaza qilish va himoya qilishdagi, o‘rmon resurslaridan foydalanishdagi nuqsonlarni bartaraf etish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar berish;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan o‘rmon xo‘jaligini yuritish, o‘rmonlarni muhofaza va himoya qilish hamda o‘rmon resurslaridan to‘g‘ri foydalanish masalalari bo‘yicha ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rab olish;
mol o‘tlatishdan, o‘rmon qonunchiligi talablari buzilganligi uchun zararni undirishdan tushadigan mablag‘larni o‘z hisob raqamlariga belgilangan tartibda o‘tkazish;
tizim ichida tarmoq o‘rmon xo‘jaliklari bo‘yicha xarajatlarning yillik budjet smetalarini va shtat jadvallarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
o‘z vakolatlari doirasida xalqaro tashkilotlar, muassasalar, organlar, korxonalar, xorijiy mansabdor va xususiy shaxslar bilan aloqalarni amalga oshirish, o‘rmon xo‘jaligi yuritish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish.
10. O‘rmon nazorati xodimlari belgilangan namunadagi kiyim-bosh kiyib yuradilar va tabel quroliga ega bo‘ladilar.
11. O‘rmon nazorati xodimlari taqdirlashni, ma’naviy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
12. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan boshliq Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari boshchilik qiladi.
Boshliqning Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining buyrug‘i bilan tayinlanadigan ikki nafar o‘rinbosari bo‘ladi. Boshliq o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i taqsimlaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tayinlanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktori O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi.
Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktorining o‘rinbosarlari O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi.
O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari, shuningdek Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibiga kiradigan tashkilotlar rahbarlari O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi.
(12-band to‘rtinchi— oltinchi xatboshilar bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-apreldagi 99-sonli qaroriga muvofiq to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2005-y., 15-16-son, 114-modda)
13. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i boshqarmaga yuklangan vazifalar va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, o‘z o‘rinbosarlarining, bo‘limlar boshliqlarining Bosh boshqarma faoliyatining ayrim sohalariga rahbarlik qilishi, shuningdek o‘rmon xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari ishi uchun javobgarligi darajasini belgilaydi.
14. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida va ularni bajarish yuzasidan Bosh boshqarma tizimi korxonalari, tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va yo‘riqnomalar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi, ularning ijrosini tekshiradi.
15. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, banklarda hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-iyuldagi 320-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 14-son, 116-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)