Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

XPK 55-moddasining birinchi qismiga ko‘ra ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs o‘z talab va e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak. Davlat organlari va boshqa organlarning hujjatlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi nizolar ko‘rilganda ushbu hujjatlarning qabul qilinishiga asos bo‘lgan holatlarni isbotlash majburiyati hujjatni qabul qilgan organ zimmasiga yuklatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kredit uyushmalarini qayta tashkil etish va tugatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 65-bandida tugatish ishlari yakunlanganidan so‘ng tugatuvchi tomonidan Markaziy bankka taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlarni ro‘yxati keltirilgan. Ushbu Nizomning 66-bandiga ko‘ra Markaziy banki taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan kredit uyushmalari bo‘yicha Kredit uyushmalarining davlat reyestridan chiqarish yoki kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ish ko‘rilishi jarayonida “Leader Mortgage Investment” kredit uyushmasining tugatuvchisi tomonidan Markaziy bankka Nizomning 65-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar taqdim etilganligi va Markaziy bank ushbu hujjatlarni ko‘rib chiqib, tugatilgan kredit uyushmasini Kredit uyushmalarining davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilganligi aniqlangan.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom 2 va 74-bandlarining mazmuniga ko‘ra ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ yer uchastkalariga, binolar va inshootlarga, ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomalar berish yo‘li bilan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ustxat yozish yo‘li bilan tasdiqlanadi.
Ushbu Qonun 88-moddasining birinchi qismiga muvofiq, sud ijrochisining xatti-harakatlari (xarakatsizligi) ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga shikoyat qilish mumkin.
Aniqlangan holatlar yuzasidan 2014-yil 13-oktabrda soliqqa oid huquqbuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Unda Soliq kodeksi 114-moddasining birinchi qismiga asosan yashirilgan 129 122 600 (128 957 300+165 300) so‘m tushumning 20 foizi, ya’ni 25 824 520 so‘m va Soliq kodeksi 119-moddasining birinchi qismiga asosan naqd pul mablag‘lari NKMga kirim qilinmaganligi uchun eng kam ish haqining 30 baravari, ya’ni 3 229 050 so‘m, jami 29 053 570 so‘m miqdorida moliyaviy jarima hisoblanib, javobgarga jarimani ixtiyoriy to‘lash taklif qilingan.
MChJ DSIning qaroridan norozi bo‘lib xo‘jalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, DSI qarorining Soliq kodeksi 114-moddasining birinchi qismiga asosan yashirilgan 128 957 300 so‘m tushumning 20 foizi, ya’ni 25 791 460 so‘m miqdorida moliyaviy jarima hisoblangan qismini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.
Nizo yuzasidan hal qiluv qarori qabul qilish paytida amalda bo‘lgan Soliq kodeksi 114-moddasining uchinchi qismi (hozirgi vaqtda to‘rtinchi qismi)ga ko‘ra ushbu moddani qo‘llash maqsadida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb quyidagilar e’tirof etiladi:
Shu bois, birinchi instansiya sudining 2015-yil 27-fevraldagi hal qiluv qarori bilan ariza qanoatlantirilib, DSI qarorining Soliq kodeksi 114-moddasining birinchi qismiga asosan yashirilgan 128 957 300 so‘m tushumning 20 foizi, ya’ni 25 791 460 so‘m miqdorida moliyaviy jarima hisoblash qismi asosli ravishda haqiqiy emas deb topilgan.
Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastr boshqarmasi hamda Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi tomonidan MChJga ajratilgan yer maydonining o‘zlashtirilganligi darajasi o‘rganilganda, ajratilgan yer maydonida qurilish ishlari olib borilmaganligi aniqlangan. Shu bois, yuqoridagi boshqarmalar 2011-yil 28-iyulda shahar hokimi nomiga xat bilan murojaat qilib, O‘zbekiston Yer kodeksi 36-moddasi birinchi qismining 10-bandiga asosan yer uchastkasiga bo‘lgan doimiy foydalanish huquqini bekor qilishni va yer uchastkasini davlat yer zaxira fondiga o‘tkazishni so‘ragan. Toshkent shahar hokimining 2011-yil 29-iyuldagi 481-sonli qarori bilan shahar hokimining 2003-yil 11-avgustdagi 476-sonli va 2008-yil 2-maydagi 267-sonli qarorlari bekor qilingan.
Nizo yuzasidan hal qiluv qarori qabul qilish paytida amalda bo‘lgan Yer kodeksi 36-moddasi birinchi qismining 10-bandiga binoan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berib qo‘yilgan yer uchastkasidan bir yil mobaynida va qishloq xo‘jaligi sohasiga taalluqli bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berib qo‘yilgan yer uchastkasidan ikki yil (amaldagi tahrirda uch yil) mobaynida foydalanilmaganida yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqi yoxud undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqi bekor qilinadi.
Yer kodeksi 36-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra, ushbu modda birinchi qismining 1 — 11-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini tugatish yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga muvofiq huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarga asosan tegishlicha tumanlar, shaharlar, viloyatlar hokimlarining qarorlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi.
Yer kodeksining 30-moddasi va FK 173-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra o‘zganing yer uchastkasidan piyoda va transportda o‘ta olishni ta’minlash, elektr uzatgich, aloqa va quvur liniyalarini o‘tkazish va ulardan foydalanish, suv bilan ta’minlash uchun, shuningdek ko‘chmas mulk egasining ehtiyojlarini servitut belgilamay turib ta’minlanishi mumkin bo‘lmagan boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun servitut belgilanishi mumkin.
FK 173-moddasining uchinchi qismiga binoan yer uchastkasida servitut belgilanishi yer uchastkasi egasining ushbu uchastkaga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlaridan mahrum etmaydi.
7. Notarius “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 38-moddasining birinchi qismida nazarda tutilmagan asoslarga ko‘ra bitimlarni notarial tasdiqlashni rad etishi mumkin emas. Aks hodda, sud tomonidan notariusning notarial harakatlarni amalga oshirishni rad etish to‘g‘risidagi hujjati haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
“Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 44-moddasi va “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaning 51-bandiga ko‘ra, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlar mulk joylashgan hududdagi notarial idorada tasdiqlanishi belgilangan.
“Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 38-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, notarius quyidagi hollarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi, agar:
Biroq, da’vogar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lib, yuqoridagi Qonun 38-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan notarial harakatni amalga oshirishni rad etish holatlari mavjud bo‘lmasada, notarius A.Baymakov tomonidan bunday harakatlarni amalga oshirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
notarius “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 38-moddasining birinchi qismida nazarda tutilmagan asoslarga ko‘ra bitimlarni notarial tasdiqlashni rad etishi mumkin emas. Aks holda, sud tomonidan notariusning notarial harakatlarni amalga oshirishni rad etish to‘g‘risidagi hujjati haqiqiy emas deb topilishi mumkinligiga;

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi