O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratorining Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot bilan ta’minlash va rivojlantirish guruhining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda “O‘zinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazining Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot bilan ta’minlash va rivojlantirish guruhini zarur moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilsin.
5. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
1. Ushbu Nizom O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti to‘g‘risidagi axborotni tarqatish, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi o‘rinlarda davlat organlari deb ataladi) faoliyatini keng yoritish, shuningdek davlat organlari faoliyatiga oid ochiq ma’lumotlarni e’lon qilish, fuqarolarning qonun ijodkorligi faoliyatiga va davlat boshqaruviga jalb etilishi holatini hamda elektron davlat xizmatlari taqdim etilishini ta’minlash maqsadida Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini (keyingi o‘rinlarda Portal deb ataladi) va uning doirasida faoliyat yurituvchi boshqa axborot resurslarini (veb-saytlarni) yaratish, rivojlantirish, tizimli qo‘llab-quvvatlash va axborot bilan ta’minlash bo‘yicha umumiy talablarni belgilaydi.
davlat organlarining, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi elektron-axborot hamkorligi infratuzilmasining tizim tashkil etuvchi elementi hisoblanadi.
davlat axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish, davlat organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan ixtisoslashgan axborot tizimini yaratish;
tegishli axborot resurslarini yaratish va joylashtirish yo‘li bilan respublika aholisi hamda xalqaro jamoatchilikning O‘zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati to‘g‘risida, respublikaning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligini ta’minlash;
davlat organlarining yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;
aholini ularning tegishli davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatlari va tartibotlari to‘g‘risida xabardor qilish;
axborotni ayirboshlash va tarqatish tezkorligi hamda davlat organlarining xabardorligi darajasining o‘sishi hisobiga davlat organlari faoliyatining sifati va samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;
normativ-huquqiy hujjatlarning jamoatchilik muhokamasida qatnashishi yo‘li bilan davlat boshqaruvida fuqarolarning ishtirokini ta’minlash;
4. Quyidagilar to‘g‘risidagi axborotning mavjud va ishonchli bo‘lishi Portaldagi axborotning mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablar hisoblanadi:
respublikaning davlat tuzilishi tarkibi, respublikaning davlat, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy boshqaruv institutlari to‘g‘risida;
davlat organlarining faoliyati, shuningdek tuzilmasi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va aloqalari to‘g‘risida;
yuridik va jismoniy shaxslar uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish yoki olish shartlari, shakllari, blankalari, tartibi va tartibotlari to‘g‘risida;
mamlakatdagi muhim voqealar to‘g‘risida, fotoarxiv, davlat organlarining turli tuzilmalaridan olingan tadbirlar haqidagi ma’lumotlarning qisqacha mazmuni;
aholi, tadbirkorlik subyektlari tomonidan muhokama etilishi va takliflar kiritilishi maqsadida joylashtirilgan ishlab chiqilayotgan (ishlab chiqilgan) normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot xizmati, davlat organlarining axborot xizmatlari tomonidan taqdim etiladigan axborot;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
ommaviy axborot vositalaridan, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalaridan olinadigan axborot;
davlat organlarining Portalda majburiy e’lon qilinishi kerak bo‘lgan ochiq ma’lumotlari to‘plamlarining ro‘yxatiga asosan axborot;
Keyingi tahrirga qarang.
6. Portalga joylashtirish uchun taqdim etilayotgan axborot tarkibida O‘zbekiston Respublikasining davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar yoxud qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi cheklangan boshqa ma’lumotlar bo‘lmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining axborot materiallarini Portalda joylashtirishga ruxsatni rahbar yoki mansabdor shaxslar, davlat organining rahbarlari yoki o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan boshqa vakolatli shaxs beradi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
7. Portalga joylashtirish uchun taqdim etilayotgan axborot dolzarb, ishonchli, yaxlit, mavzuli bloklar bo‘yicha aniq tarkibga ega va taqsimlangan bo‘lishi kerak.
8. Portaldagi axborot O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida taqdim etilishi kerak. Shu bilan birga, Portal axborotning rus, ingliz va boshqa tillardagi mazmunan bir xil yoki qisqartirilgan versiyalariga ega bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Portal ishlashiga texnik xizmat ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori tuzilmasida yaratilgan Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot bilan ta’minlash va rivojlantirish guruhi (keyin o‘rinlarda Guruh deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. Portal doirasida ishlaydigan axborot resurslari (veb-saytlar)ni texnik kuzatib borish va axborot bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ul davlat organlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qarori bilan belgilanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot xizmati hamda boshqa davlat organlari tomonidan muntazam ravishda taqdim etiladigan axborot materiallarini Portalda e’lon qilish;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratorining boshqa bo‘linmalari bilan uzviy hamkorlikda Portalning axborot xavfsizligini va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
davlat organlariga ular o‘rtasida, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida elektron-axborot bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalarida ko‘maklashish;
Portal faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish, aholi va tadbirkorlik subyektlarining axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida Portal vositasida ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish va sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish;
davlat organlari ochiq ma’lumotlari to‘plamlarining ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish;
aholi, tadbirkorlik subyektlari tomonidan muhokama qilish va keyinchalik takliflar kiritish maqsadida joylashtirilgan ishlab chiqilayotgan (ishlab chiqilgan) normativ-huquqiy hujjatlar qismida Portal faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish;
Portal, davlat organlarining axborot resurslari, Portalni rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollari to‘g‘risida bosma materiallarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish, bu haqda teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil etish;
Portalda yoritish maqsadida tadbirlarda (tashkilotlarning matbuot anjumanlari, brifinglari, ochiq hay’at majlislari, o‘quv seminarlari va shu kabilarda) ishtirok etish;
Portal faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik, tadbirkorlik subyektlari vakillari va Internet tarmog‘ining boshqa foydalanuvchilari fikr-mulohazalarini o‘rganish bo‘yicha tahliliy ishlar olib borish;
Portal va uning doirasida ishlaydigan boshqa axborot resurslari (veb-saytlar)ga texnik xizmat ko‘rsatish;
davlat organlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan axborot-ma’lumot ishlarini olib borish uchun Guruh faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallar ma’lumotlarining tizimlashgan bankini yaratish.
Oldingi tahrirga qarang.
Portalga interaktiv davlat xizmatlarini joriy etishda davlat organlariga metodologik va texnik yordam berish.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining faoliyati to‘g‘risidagi davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan axborotni qayta ishlash, tahlil qilish va yagona formatda umumlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan axborotni davlat tilida, shuningdek, mavjud bo‘lganda rus, ingliz va boshqa tillardagi mazmunan bir xil yoki qisqartirilgan versiyalarini bir kun muddatdan kechiktirmay Portalda joylashtirish;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Portalda davlat organlarining axborot xizmatlari tomonidan qonun hujjatlarining belgilangan talablariga muvofiq taqdim etiladigan axborot materiallarini joriy holatda joylashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
aholi va tadbirkorlik subyektlariga elektron xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha texnikaviy ishlarni amalga oshirish;
aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan muhokama qilish maqsadida joylashtirilgan ishlab chiqilayotgan (ishlab chiqilgan) normativ-huquqiy hujjatlar qismida Portal faoliyatini takomillashtirish;
Portalda ularning ishlarini yoritish maqsadida tadbirlarda (davlat organlarining matbuot anjumanlari, brifinglari, ochiq hay’at majlislari, o‘quv seminarlari va shu kabilar) muntazam ishtirok etish;
taqdim etilgan va shakllantirilgan axborotni uzatish, qayta ishlash, e’lon qilish va saqlash jarayonida uning yaxlitligini saqlash;
Portalni yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha ushbu Nizomga zid bo‘lmagan tadbirlarni, shu jumladan texnikaviy tadbirlarni amalga oshirish;
Internet tarmog‘i foydalanuvchilari tomonidan Portalning zarurligi va samaradorligi to‘g‘risida jamoatchilik fikr-mulohazalarini o‘rganish asosida ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha takliflarni shakllantirish;
Portal faoliyatini va ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlarini har chorakda kamida bir marta ommaviy axborot vositalarida yoritish.
12. Guruh axborotning Hukumat portalida va uning doirasida amal qiluvchi boshqa axborot resurslarida (veb-saytlarda) o‘z vaqtida joylashtirilishi, shuningdek ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalarning bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Qonun hujjatlariga muvofiq Portalda joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotning ishonchliligi, mazmuni va o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun tegishli manbalari bo‘lmish tashkilotlar javobgar bo‘ladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:
a) 14-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshiga “bank muassasasidagi hisob raqami” so‘zlaridan keyin “zarurat bo‘lganda elektron manzili” so‘zlari qo‘shilsin;
b) 16-banddagi “axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali” so‘zlari “axborot tizimlari orqali” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 31-bandning o‘n beshinchi xatboshiga “ommaviy axborot vositalari” so‘zlaridan keyin “litsenziyalovchi organning rasmiy veb-sayti” so‘zlari qo‘shilsin;
g) 37-banddagi “axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan” so‘zlari “axborot tizimlari orqali elektron shaklda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 1-ilovaning 5-bandiga “faks” so‘zidan keyin “zarurat bo‘lganda elektron manzil” so‘zlari qo‘shilsin;
birinchi xatboshidagi “yozma ravishda” so‘zlari “yozma ravishda yoki axborot tizimlari orqali elektron shaklda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “yozma” so‘zi “yozma ravishda yoki axborot tizimlari orqali elektron shaklda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 955-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-dekabrdagi 592-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 12-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Radiochastotalarni tanlov yo‘li bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 6-bandning birinchi xatboshiga “ommaviy axborot vositalarida” so‘zlaridan keyin “shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy veb-saytida” so‘zlari qo‘shilsin;
“Tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomada litsenziya talabgorining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Tanlovda qatnashish to‘g‘risidagi buyurtmanomada litsenziya talabgori elektron manzilining ko‘rsatilishi uning arizasi yuzasidan qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi bildirishnomani axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga roziligi hisoblanadi”;
g) 12-banddagi “yoxud pochta aloqa vositasi orqali” so‘zlari “pochta aloqa vositasi orqali yoxud axborot tizimlari orqali elektron shaklda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 1-ilova 1-bosqichining “Tadbirlar” ustunining 2-bandidagi hamda 4-bosqichining “Tadbirlar” ustunining 3-bandidagi “ommaviy axborot vositalarida” so‘zlaridan keyin “shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy veb-saytida” so‘zlari qo‘shilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 62-modda):
“15. Davlat axborot resurslari o‘zaro axborot-texnologik moslikni ta’minlashi va idoralararo elektron hamkorlikni ta’minlash maqsadida elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalash imkoniga ega bo‘lishi zarur”;
“Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishga jalb etilgan davlat axborot resurslari hisobga olinishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart”;
“Bunda foydalanuvchini autentifikatsiya qilmasdan va hisobga olmasdan hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan davlat axborot resurslaridan erkin foydalanish imkoni beriladi, hamma foydalanadigan axborot resurslarida mavjud bo‘lgan hamda foydalanuvchining o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bo‘lmagan jismoniy shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar olishi va ulardan foydalanishi bundan mustasno”;
“211. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishga jalb etilgan davlat axborot resurslari hamda elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalari bilan o‘zaro hamkorligi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali amalga oshiriladi”;
“axborot olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarga axborot olish imkoni berilishi, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari mavjud bo‘lgan axborotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tegishli jismoniy shaxslarning ruxsatisiz tarqatilishi”;
“3. Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratishning maqsadi ular faoliyati samaradorligini, tezkorligini va oshkoraligini oshirish, ular tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish spektrini kengaytirish va sifatini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash hisobiga davlatning boshqa organlari, yuridik va jismoniy shaxslar bilan idoralararo elektron hamkorlikni tashkil etishdan iborat”;
“4. Davlat xizmatlari ko‘rsatishda, davlat organlari boshqa funksiyalarini bajarishda zarur bo‘lgan axborotlarni izlash, olish, qayta ishlash, turkumlashtirish va tarqatish jarayonlarini jadallashtirish va yengillashtirish, yangi ehtiyojlarni o‘z vaqtida qondirish hamda paydo bo‘layotgan imkoniyatlarni tezda baholash ishlarini davom ettirish, shuningdek davlat organining barcha tarkibiy bo‘linmalari faoliyati samaradorligini, boshqaruvchanligini oshirish, uni muvofiqlashtirish davlat axborot tizimidan foydalanishning asosiy maqsadi hisoblanadi”;
“idoralararo elektron hamkorlikni ta’minlash uchun “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi bilan integratsiyalash imkoniyatini”;
oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
6-bandning to‘qqizinchi xatboshidagi “axborotlar berilishini” so‘zlari “elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish — elektron hukumatning qonun hujjatlarida belgilanadigan yagona identifikatorlari asosida elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlarining axborot tizimlarida axborotlar saqlanishini va qayta ishlanishini ta’minlash”;
19-bandning birinchi xatboshiga “Davlat organlarining” so‘zlaridan oldin “Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishga jalb etilgan” so‘zlari qo‘shilsin;
“elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur axborotlar mavjud bo‘lgan axborot tizimlari va axborot resurslarining uzluksiz faoliyatini ta’minlash”;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori 2-bandining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga jalb etilgan tegishli davlat axborot resurslarini shakllantirilishi, ulardan foydalanilishi, o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlanishi va yangilanishi hamda elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvini ta’minlasinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga keyinchalik ularni ro‘yxatga kiritish uchun yangidan tashkil etilgan davlat axborot resurslari bo‘yicha muntazam ravishda axborot taqdim etsinlar”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovada:
birinchi xatboshidagi “turg‘un shoxobcha joylashgan joy bo‘yicha” so‘zlaridan keyin “bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma olingan holda” so‘zlari qo‘shilsin;
ikkinchi xatboshidagi “joyning manzili” so‘zlaridan keyin “zarurat bo‘lganda elektron manzili” so‘zlari qo‘shilsin;
uchinchi xatboshiga “telefonlar” so‘zidan keyin “zarurat bo‘lganda elektron manzil” so‘zlari qo‘shilsin;
“51. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar xo‘jalik yurituvchi subyektning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berish haqidagi arizada xo‘jalik yurituvchi subyekt elektron manzilining ko‘rsatilishi uning arizasi yuzasidan qabul qilingan qaror to‘g‘risida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligi hisoblanadi”;
v) 11-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilariga “elektron shaklda” so‘zlaridan oldin “axborot tizimi orqali” so‘zlari qo‘shilsin;
“13. Agar davlat soliq xizmati organlari ushbu Tartibning 10-bandida nazarda tutilgan muddatda xo‘jalik yurituvchi subyektni nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berish rad etilganligidan xabardor qilmagan yoki nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini bermagan taqdirda, xo‘jalik yurituvchi subyekt davlat soliq xizmati organlarini yozma ravishda xabardor qilib nazorat-kassa mashinasini qo‘llagan holda aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qilib tovarlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi.
Nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlarning qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan ro‘yxati va xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan davlat soliq xizmati organlariga yuborilgan yozma yoki axborot tizimi orqali elektron shakldagi bildirishnoma ruxsat beruvchi xususiyatga ega bo‘lgan hujjatga tenglashtiriladi va nazorat-kassa mashinasini qo‘llagan holda aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qilib tovarlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish uchun asos hisoblanadi.
Bunda davlat soliq xizmati organlari xo‘jalik yurituvchi subyektning yozma yoki axborot tizimi orqali elektron shakldagi bildirishnomasi olingandan keyin besh ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berishi shart”;
d) 21-banddagi va 32-bandning birinchi xatboshidagi “elektron shaklda” so‘zlaridan oldin “axborot tizimi orqali” so‘zlari qo‘shilsin;
birinchi bosqichning “Tadbirlar” ustunining 2-bandiga “elektron shaklda” so‘zlaridan oldin “axborot tizimi orqali” so‘zlari qo‘shilsin;
uchinchi bosqich “Tadbirlar” ustunining 2-bandiga “yozma shaklda” so‘zlaridan keyin “yoki axborot tizimi orqali elektron shaklda” so‘zlari qo‘shilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 95-modda) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
jismoniy va yuridik shaxslarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xizmatlari va funksiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishini;
jismoniy va yuridik shaxslarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanishi uchun zarur bo‘lgan arizalar shakllari, blankalar va boshqa hujjatlardan, shu jumladan elektron tarzda to‘ldirish uchun foydalanishini;
ariza beruvchilar tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan teskari aloqani amalga oshirish imkoniyatini;
elektron davlat xizmatlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan arizalar va boshqa hujjatlarni elektron tarzda qabul qilishni;
jismoniy va yuridik shaxslarning Yagona portal faoliyati bilan bog‘liq so‘rovlari va murojaatlarini hisobga olish, shu jumladan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati monitoringi olib borilishini ta’minlaydi”.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 31-dekabrdagi 355-son qarorida:
“d) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining bo‘lajak va o‘tkazilgan ommaviy tadbirlari (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, seminarlar va brifinglar, davra suhbatlari, rasmiy tashriflar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, kundalik faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotlar”;
“v) davlat xizmatlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan shakllar va blankalar, shuningdek boshqa axborot (bank rekvizitlaridagi, manzillardagi va shu kabilardagi), shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining erkin ko‘chirish uchun statistika hisoboti”;
“g” va “i” kichik bandlarga “shikoyatlari” so‘zidan keyin “davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining faoliyati to‘g‘risida ma’lumot olishga so‘rovlari” so‘zlari qo‘shilsin;
“n” kichik bandga “avtomatlashtirilgan formatlari” so‘zlaridan keyin “(shu jumladan SMS yuborish yo‘li bilan” so‘zlari qo‘shilsin;
“r) ularni ko‘rsatish davlat organi vakolatiga kiradigan davlat xizmatlari ko‘rsatilgan holda Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestridan ko‘chirma yoki bunday axborot mavjud bo‘lgan Davlat xizmatlari yagona reyestriga havola”;
“Elektron davlat xizmatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pulli asosda ko‘rsatilishi mumkin”;
d) 12-bandning “b” kichik bandidagi “haq to‘lash imkoniyati” so‘zlari “haq to‘lash va tasdiqlash imkoniyati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2018-y., 09/18/318/1108-son)
10. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-maydagi 120-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 5-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
“davlat xizmati — ariza beruvchilarning so‘rovlari bo‘yicha davlat organlarining funksiyalari amalga oshirilishi bo‘yicha davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar. Davlat xizmatini, agar qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish funksiyalari ularga yuklangan bo‘lsa, boshqa tashkilotlar ham ko‘rsatishi mumkin;
“davlat xizmati ko‘rsatish reglamenti — elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini va unga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat”;
Davlat xizmatining noyob reyestr raqami | Davlat xizmatining nomi | Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini beruvchi vakolatli organning nomi | Davlat xizmati ko‘rsatilayotgan ariza beruvchilar toifalari | Davlat xizmati ko‘rsatish shakli (an’anaviy va elektron) | Davlat xizmati ko‘rsatish narxi | Davlat xizmati ko‘rsatish muddatlari | Davlat xizmati ko‘rsatish reglamenti | Davlat xizmati ko‘rsatish uchun talab qilinadigan hujjatlar | Axborot hamkorligi orqali olinadigan hujjatlar va axborotlar hamda ularni beradigan davlat organlari | Davlat xizmati ko‘rsatish natijasi | Davlat xizmati ko‘rsatish natijasida beriladigan yoki davlat xizmati olish uchun foydalaniladigan shakllar va blankalar | Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestriga havola |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 |
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 23-avgustdagi 181-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-yil, 8-son, 50-modda), shuningdek qarorga 1-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 17-dekabrdagi 259-son qarorining 1 va 2-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-yil, 12-son, 71-modda), shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar.
3. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qarori 1-bandining birinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 12-son, 95-modda), shuningdek qarorga 1-ilova hamda 2-ilova 2-bandining “v” kichik bandi va 3-bandining “v” kichik bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxatining 210-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 8-son, 55-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda soliq qarzdorligi yo‘qligi to‘g‘risida xulosa berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 27-yanvardagi 17-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-yil, 1-son, 9-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” (O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” 2014-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-378-son Qonuni)” 2015-yil 6-martdagi 50-son qaroriga ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-yil, 3-son, 14-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 4-fevraldagi PF-4702-son Farmoni)” 2015-yil 27-iyundagi 171-son qaroriga ilova 30-bandining “v” kichik bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-yil, 6-son, 51-modda).