T/r | Tadbir nomi | Amalga oshirish shakli | Bajarish muddatlari | Mas’ul bajaruvchilar |
I. Bankdan tashqari muomalaning manbalari va yo‘llarini aniqlash | ||||
1. | Ishlab turgan korxonalarda ishlab chiqarish haqiqiy hajmlarining statistika va buxgalteriya hisoboti ma’lumotlariga, xomashyo va materiallar xarid qilish hajmlariga muvofiqligini o‘rganish | Tekshirishlar, reydlarni tashkil etish, hisobotlarni aniqlashtirish | 2002-yilning 15-sentabriga qadar, keyinchalik muntazam ravishda | Davlat soliq qo‘mitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. | Savdo shoxobchalarini ular belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlanganligi va ularning sozligi, inkassa bilan qamrab olinganligi va savdo tushumini to‘liq topshirish yuzasidan qisqa muddatli tekshirish | Tekshirish materiallari, hisobotlarni aniqlashtirish | Muntazam ravishda | Davlat soliq qo‘mitasi, Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
3. | Ishlab chiqarish, qurilish, savdo va xizmatlar sohasida yuridik shaxslar bilan xususiy tadbirkorlar o‘rtasida tuzilayotgan shartnomalar mazmuni va ularning bajarilishini o‘rganib chiqish, bunda narxlarning sun’iy ravishda oshirilishi yoki pasaytirilishi hollariga, shuningdek soliq solishdan qochish maqsadida tovarlar harakati va ular uchun hisob-kitob qilishda qo‘llanilayotgan sxemalarga alohida e’tiborni qaratish | Tahliliy materiallar | 2002-yilning 20-avgustiga qadar, keyinchalik muntazam ravishda | Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti |
4. | Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tushumni va daromad miqdorini yashirish, soliq solishdan qochish maqsadida yuridik shaxslarning yakka tartibdagi tadbirkorlarga aylantirilishi hollarini o‘rganish | Aniq takliflar bilan birgalikda tahliliy ma’lumotnoma | 2002-yilning 15-avgustiga qadar | Davlat soliq qo‘mitasi, Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti |
II. Naqd pul mablag‘larining bankdan tashqari muomalaga chiqib ketishining oldini olish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan to‘lovlar va hisob-kitoblar bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi mexanizmlarini ishlab chiqish | ||||
5. | Tovar aylanmasining real hajmlarini aniqlagan holda muntazam ravishda nazorat tekshirishlari o‘tkazish va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan naqd tushum to‘liq kirim qilinishini monitoringini olib borish | Nazorat tekshirishlari dalolatnomalari | Doimiy ravishda | Davlat soliq qo‘mitasi, tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
6. | Aniqlangan qoida buzishlar bo‘yicha qattiq chora-tadbirlar ko‘rgan holda chakana savdo, umumiy ovqatlanish va pulli xizmatlar sohasida savdo qoidalariga va naqd tushumni to‘liq topshirishga rioya etilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash | Tekshirishlar, shu jumladan naqd tushumni inkassa qilish chog‘idagi tekshirishlar | Doimiy ravishda | Davlat soliq qo‘mitasi, Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
7. | Eski modeldagi nazorat-kassa mashinalarini fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari bilan bosqichma-bosqich almashtirish | Kompleks chora-tadbirlar | 2003-yilning 1-iyuliga qadar | Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
8. | Alohida yirik miqdorlardagi pul mablag‘lari muomalasi, shu jumladan naqd pul berilishi bo‘yicha axborotlarni elektron ayirboshlash tizimini ishlab chiqish va joriy etish | Axborotlarni ayirboshlashning elektron tizimi | 2002-yilning 1-sentabriga qadar | Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank, tijorat banklari |
9. | Transport xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni tartibga solish, ushbu sohada raqobat muhitini rivojlantirish, umumiy foydalanishdagi transportning yo‘nalishli liniyalarida chiptalar sotilishi ustidan nazoratni kuchaytirish | Kompleks chora-tadbirlar | 2002-yilning 1-oktabriga qadar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Avtomobil va daryo transporti agentligi |
10. | Qoida buzuvchilarga nisbatan moliyaviy jazolar qo‘llagan holda ishlab chiqaruvchi korxonalar va ulgurji yetkazib beruvchilar tomonidan xalq iste’mol tovarlari ulgurji sotilishi tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish | Tekshirishlar materiallari | Muntazam ravishda | Davlat soliq qo‘mitasi, Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti |
11. | Ommaviy axborot vositalari orqali bankdan tashqari muomalani cheklash, soliq haqidagi qonunlar buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jazoning muqarrarligi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning muhimligi va mazmunini tushuntirishga doir keng ishlar olib borish | Chiqishlar, maqolalar, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar | Muntazam ravishda | Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi |
12. | Soliq haqidagi qonunlar buzilganligi uchun amaldagi moliyaviy jazolarni qayta ko‘rib chiqish va yangi moliyaviy jazolar joriy etish, bunda quyidagilar uchun javobgarlikni kuchaytirish: | Qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish loyihasi | 2002-yilning 1-oktabriga qadar | Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi |
III. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni rag‘batlantirish va bank tizimiga pul mablag‘larini jalb etish | ||||
13. | Aholining pul mablag‘lari banklarga jalb etilishini rag‘batlantirish, eng avvalo omonatlarning jalb etuvchanligini oshirish, yangi vositalarni joriy etish, aholi omonatlari o‘sganligi uchun banklarning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini qo‘llash yo‘li bilan o‘rtacha muddatli va uzoq muddatli depozitlarga jalb etishni rag‘batlantirish | Tadbirlar | Doimiy ravishda | Markaziy bank, tijorat banklari |
14. | Aholining banklardagi omonatlarini kafolatlash jamg‘armasini shakllantirish asosida aholining banklardagi omonatlarini kafolatlash tizimini joriy etish | Kompleks chora-tadbirlar | 2003-yilning 1-yanvariga qadar | Markaziy bank, tijorat banklari |
15. | Bank omonatlarining mavjud turlari jalb etuvchanligi to‘g‘risida keng ko‘lamli reklamani amalga oshirish | Chiqishlar, maqolalar, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar | Doimiy ravishda | “O‘zteleradio” kompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi, tijorat banklari |
16. | Bank sirini ta’minlash institutini takomillashtirish, tijorat banklari tomonidan mijozlarning operatsiyalari va hisob raqamlari bo‘yicha axborot taqdim etilishiga doir qat’iy chegaralarni belgilash | “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi | 2003-yilning 1-yanvariga qadar | Markaziy bank |
17. | Tijorat banklarining kredit plastik kartochkalarini muomalaga chiqarishni tashkil etish | Tadbirlar | 2002-yilning 1-oktabriga qadar | Markaziy bank, tijorat banklari |
18. | Toshkent shahrida plastik kartochkalardan foydalanish yo‘li bilan ish haqi, stipendiyalar va pensiyalar to‘lash yuzasidan tajriba o‘tkazish | Tadbirlar | 2003-yilning 1-yanvaridan boshlab | Moliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari |
IV. Ulgurji va firma savdosi tizimini rivojlantirish | ||||
19. | Xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi respublika korxonalarining firma chakana do‘konlari shoxobchasini kengaytirish, ularni aholi zich joylashga� tumanlarda, bozorlarda va ommaviy savdo qilinadigan boshqa joylarda joylashtirish | Kompleks chora-tadbirlar | 2003-yilning 1-yanvariga qadar | Vazirlar Mahkamasining komplekslari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
20. | Bozorlarda, turar joy mavzelarida va aholi uchun qulay bo‘lgan maxsus ajratilgan boshqa joylarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasini o‘tkazish yo‘li bilan naqd pul mablag‘larining eng ko‘p qaytishini ta’minlash, savdo tushumi belgilangan tartibda inkassa qilinishini tashkil etgan holda paxta yig‘im-terimi davrida ko‘chma savdoni tashkil etish | Tadbirlar | 2002-yilning III-IV choraklari mobaynida | “O‘zbekbirlashuv”, “O‘zbeksavdo” kompaniyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
21. | Qonun hujjatlariga muvofiq narxlari deklaratsiyalanadigan mahsulotlar ro‘yxatini maqbul ravishda qisqartirish. Monopolist korxonalar tomonidan real talab va taklifni hisobga olgan holda narxlarni deklaratsiyalash mexanizmini takomillashtirish | Normativ hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish loyihasi | 2002-yilning 1-oktabriga qadar | Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
V. Pul muomalasini takomillashtirish va soliq solish mexanizmini samaradorligini oshirish | ||||
22. | Yirik xaridlarni sodir etish va belgilangan darajadan ortiqcha boshqa xarajatlar chog‘ida jismoniy shaxslar tomonidan daromadlarni deklaratsiyalash va soliq to‘lash tizimini ishlab chiqish | Hukumat qarori loyihasi | 2002-yilning 1-dekabriga qadar | Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi |
23. | Naqd tarzda sodir etiladigan to‘lovlarning eng yuqori darajasi miqdorini joriy etgan holda tijorat banklari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan birinchi talab bo‘yicha o‘z hisob raqamlaridan naqd pul olinishiga cheklashlarni bekor qilish | Hukumat qarori loyihasi | 2003-yilning 1-yanvariga qadar | Markaziy bank |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.08.2002 yildagi 280-son
Кучга кириш санаси
05.08.2002
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021
|
Hujjat 05.08.2002 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Pul muomalasini yanada takomillashtirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish, bankdan tashqari muomalani qisqartirish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Pul mablag‘larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari dasturi ilovaga muvofiq ma’qullansin.
2. Belgilansinki, 2002-yil 5-avgustdan boshlab xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pul tushumini inkassa qilishda inkassa guruhi tarkibiga davlat soliq xizmatining inkassa qilinadigan obyektlarda tekshirish o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslari majburiy tartibda kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari va O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining mansabdor shaxslariga Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishgan holda ulgurji va chakana savdoda, umumiy ovqatlanish va pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasida savdo va naqd tushumni topshirish qoidalariga rioya qilinishini rejadan tashqari tezkor tekshirishlarni amalga oshirish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari belgilangan savdo va naqd tushumni topshirish qoidalari buzilishining soliq organlari tomonidan aniqlangan hollari bo‘yicha chakana savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalarning amal qilishini to‘xtatishgacha bo‘lgan qattiq choralar ko‘rsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. 2002-yil 1-sentabrdan boshlab mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tijorat banklaridagi o‘z hisob raqamlaridan naqd mablag‘larni topshirilgan naqd tushum doirasida belgilangan tartibda birinchi talab bo‘yicha olish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. 2002-yil 1-oktabrdan boshlab mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlarda mehnatga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘larning davlat tomonidan tartibga solinishi bekor qilinsin.
Belgilansinki, 2002-yilning to‘rtinchi choragidan boshlab mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslar yollanib ishlovchilarga mehnatga haq to‘lash sifatida hisoblangan va amalda to‘langan summalar hamda boshqa daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek ushbu daromadlardan soliq summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga har chorakda taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki bir oy muddatda alohida yirik miqdordagi pul mablag‘lari muomalasi, shu jumladan naqd pul berilishi bo‘yicha axborotlarni elektron ayirboshlash tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin.
6. Turg‘un savdo va xizmatlar ko‘rsatish shoxobchalari orqali aholi bilan naqd pul hisob-kitoblarini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan korxonalar va tashkilotlar uchun amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan savdo qoidalari buzilganligi uchun javobgarlikning quyidagi choralari belgilansin:
naqd pul tushumi yashirilishi holati aniqlangan taqdirda soliq organining qaroriga ko‘ra yashirilgan naqd pul tushumi miqdorida belgilangan tartibda jarima undiriladi;
nazorat-kassa mashinalari qo‘llanilmasdan, ko‘chirma yoki bunday hujjatlar berish majburiy bo‘lgan taqdirda kvitansiyalarning ko‘chirmasisiz, talonlar, chiptalar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa cheklar berilmasdan savdo qilinganda va xizmatlar ko‘rsatilganda undirilgan summa davlat budjetiga yo‘naltirilgan holda eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida jarima undiriladi, jarima jazolari qo‘llanilgandan keyin bir yil mobaynida takroriy huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda –eng kam oylik ish haqining 40 baravari miqdorida jarima undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-martdagi 125-son qarori bilan belgilangan yuridik shaxslar (tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar va ularni ulgurji yetkazib beruvchilar) tomonidan tovarlarni ulgurji sotish tartibi buzilganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan ushbu faoliyatdan olingan butun daromad (foyda) undirib olinadi va aybdor mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilgan holda shu miqdorda jarima solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan belgilangan savdo qoidalariga so‘zsiz rioya etilishi ta’minlanishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar, bunda tovarlarni naqd pulga ulgurji sotishga yo‘l qo‘ymaslikka, nazorat-kassa mashinalari mavjudligiga, naqd pul mablag‘lari o‘z vaqtida inkassa qilinishiga alohida e’tibor berilsin. Aybdor shaxslarga nisbatan jinoiy jazoga tortishgacha qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralari qo‘llanilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari Moliya vazirligi bilan birgalikda 2003-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent shahrida tajriba tarzida plastik kartochkalardan foydalanish yo‘li bilan ish haqi to‘lashga bosqichma-bosqich o‘tishni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda 2002-yil 1-oktabrgacha kredit plastik kartochkalarni muomalaga chiqarish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
Tijorat banklari chakana savdo va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda tovarlar va xizmatlarga haq to‘lash sifatida plastik debet kartochkalari qabul qilinishini ta’minlovchi terminallar tarmog‘ini kengaytirsin.
11. Vazirlar Mahkamasi komplekslari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning firma do‘konlari ochishi chora-tadbirlarini ko‘rsin, ular aholi zich joylashgan tumanlarda, bozorlarda va ommaviy savdo qilinadigan boshqa joylarda joylashtirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda bankdan tashqari muomalani cheklash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning muhimligi va mazmunini, soliq haqidagi qonunlar buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jazoning muqarrarligini ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritsinlar.
13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
mazkur qaror qoidalaridan kelib chiqqan holda tegishli idoraviy normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsinlar.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.