30.04.1999 yildagi PF-2287-son
8. Mazkur Farmonning 1-moddasida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmay qonunda ozodlikdan mahrum qilishga nisbatan yengilroq jazolar nazarda tutilgan jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan tergov ishlari va sudda ko‘rilmagan ishlar harakatdan tugatilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 150 — 163, 216, 216-1, 216-2, 244-1 moddalarida, 246 moddasi 2-qismida, 247- moddasi 2, 3 qismlarida, 248-moddasi 2, 3 qismlarida, 270-moddasi 3-qismida, 271-moddasi 3-qismida, 272, 273-moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga, o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun sudlanganlarga, o‘ta xavfli retsidivist deb topilganlarga, shuningdek uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko‘zlab, yoxud jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan shaxslarga Farmonning 1 — 3, 6, 8-moddalari qo‘llanilmasin. (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari bilan sudlanganlar, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 272, 273-moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir qilgan chet el fuqarolari, shuningdek birinchi marta sudlangan ayollar bundan mustasno).
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 150 — 163, 216, 216-1, 216-2, 242, 244-1 moddalarida, 247-moddasi 2, 3 qismlarida, 248-moddasi 2, 3 qismlarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan mazkur Farmonning 9-moddasi qo‘llanilmasin.
 LexUZ sharhi