31.12.2014 yildagi -son
Mazkur toifadagi ishlar xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), Xo‘jalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) hamda “Lizing to‘g‘risida”gi Qonun (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlari asosida hal etilmoqda.
Birinchi instansiya sudi da’voni to‘liq qanoatlantirish haqida noto‘g‘ri xulosaga kelgan. Chunki, Qonunning 11-moddasiga ko‘ra, lizing oluvchi lizing shartnomasini jiddiy tarzda buzgan taqdirda barcha lizing to‘lovlarini muddatidan ilgari to‘lashni yoxud yetkazilgan zararni undirib va (yoki) lizing obyektini qaytib olgan tarzda shartnomani bekor qilishni talab etishga haqli ekanligi belgilangan.
Ushbu moddaning mazmunidan kelib chiqib, lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasi jiddiy tarzda buzilgan taqdirda, lizing beruvchi bir vaqtning o‘zida ham barcha lizing to‘lovlarini muddatidan ilgari to‘lashni, ham yetkazilgan zararni qoplashni, ham shartnomani bekor qilib, lizing obyektini qaytarishni talab etish huquqiga ega emas. Lizing beruvchi yoki barcha lizing to‘lovlarini muddatidan ilgari to‘lashni talab qilishi yoki yetkazilgan zararni undirib, lizing obyektini qaytib olgan tarzda shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli.
Qonun 19-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga ko‘ra, lizing obyekti bilan bog‘liq barcha xavflar, shu jumladan, uning tasodifan yo‘qolishi (nobud bo‘lishi) yoki tasodifan buzilishi, shuningdek o‘g‘irlanishi, barvaqt eskirishi, shikastlanishi xavflari lizing shartnomasida nazarda tutilgan tartibda lizing oluvchiga o‘tadi. Xavflar lizing oluvchiga o‘tgan daqiqadan e’tiboran lizing oluvchi lizing obyekti har qanday tarzda yo‘qotilishi yoki shikastlanishi uchun lizing shartnomasi amal qiladigan muddat davomida javobgar bo‘ladi.
Qonun 24-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga ko‘ra, lizing beruvchi mol-mulkni yetkazib bermaganlik, to‘liq yetkazib bermaganlik, yetkazib berish muddatini o‘tkazib yuborganlik va tegishli darajada sifatli bo‘lmagan mol-mulkni yetkazib berganlik uchun, agar bu uning aybli harakatlari (harakatsizligi) tufayli bo‘lsa, lizing oluvchining oldida javobgar bo‘ladi.
5. FKning 382-moddasiga muvofiq lizing shartnomasi bir taraflama o‘zgartirilishi mumkin emas. Shu sababli, shartnomada belgilangan to‘lovlar qiymati bir tarafning xohishi bilan o‘zgartirilmaydi.
FK 382-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga asosan, agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
2) ushbu Kodeks, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o‘zga hollarda.
FKning ushbu normalaridan ko‘rinib turibdiki, shartnomani bir taraflama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qonun 22-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, lizing to‘lovlari lizing beruvchiga lizing obyekti qiymatining lizing oluvchi tomonidan qoplanishidan, shuningdek lizing beruvchining foizli daromadidan iborat bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009-yil 24-aprelda 1946-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi 6-son “Ijara hisobi” Buxgalteriya hisobi milliy standartining 14-bandiga asosan, ijara (lizing) to‘lovi bu-tuzilgan ijara (lizing) shartnomasi asosida ijarachi (lizingga oluvchi) tomonidan ijaraga (lizingga) beruvchiga to‘lab beriladigan summasi.
Ushbu 6-son Buxgalteriya hisobi milliy standartining 31-bandiga ko‘ra, ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara obyektini sotib olish, yetkazib berish yoki belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar moliyaviy ijara obyektining qiymatiga qo‘shiladi.
Apellatsiya instansiyasi sudi qarorni qabul qilishda lizing shartnomasining 4.1-bandiga hamda FK 354-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlariga asoslangan. Shartnomaning 4.1-bandida lizing obyektini yetkazib berish va transportirovka qilish bilan bog‘liq xarajatlar ham lizing to‘lovlari ichiga kirishi to‘g‘risida kelishuv belgilangan.
FK 354-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlariga ko‘ra, fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, shartnoma tuzish burchi ushbu Kodeksda, boshqa qonunda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shartnomani ham tuzishlari mumkin.
8. Lizing munosabatlarining lizing to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan qismlari FKning oldi-sotdi va ijara haqidagi umumiy qoidalari bilan tartibga solinadi. FK 422-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra sotib oluvchi haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan va o‘ziga topshirilgan tovar uchun navbatdagi to‘lovni shartnomada belgilangan muddatda amalga oshirmasa, sotuvchi shartnomani bajarishdan bosh tortishga va sotilgan tovarni qaytarishni talab qilishga haqli, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotib oluvchidan olingan to‘lovlar summasi tovar bahosining uchdan ikki qismidan ortiq bo‘lgan hollar bundan mustasno.
FK 422-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra, sotib oluvchi haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan va o‘ziga topshirilgan tovar uchun navbatdagi to‘lovni shartnomada belgilangan muddatda amalga oshirmasa, sotuvchi shartnomani bajarishdan bosh tortishga va sotilgan tovarni qaytarishni talab qilishga haqli, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotib oluvchidan olingan to‘lovlar summasi tovar bahosining uchdan ikki qismidan ortiq bo‘lgan hollar bundan mustasno ekanligi belgilangan.
Apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qilib, da’voni qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilishda FK 592-moddasi va “Lizing to‘g‘risida”gi Qonun 12-moddasining birinchi qismiga tayangan. Chunki FK 592-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga asosan, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu shartnoma obyekti bo‘lgan mol-mulk sotuvchi tomonidan bevosita lizing oluvchiga u turgan joyda topshiriladi.
“Lizing to‘g‘risida”gi Qonun 12-moddasining birinchi qismiga binoan lizing oluvchi lizing obyekti yetkazib berilmagan, to‘liq yetkazib berilmagan, yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan yoki sifati talab darajasida bo‘lmagan lizing obyekti yetkazib berilgan taqdirda, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing shartnomasining bekor qilinishini talab etish, lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, o‘zi ilgari avans sifatida to‘lagan to‘lovlarni lizing obyektidan foydalanishdan olingan foydaning qiymatini chegirib tashlagan holda, qaytarib berishni talab qilish huquqiga ega.
Qonun 11-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshiga ko‘ra, lizing beruvchi lizing oluvchi lizing shartnomasini jiddiy tarzda buzgan taqdirda barcha lizing to‘lovlarini muddatidan ilgari to‘lashni yoxud yetkazilgan zararni undirib va (yoki) lizing obyektini qaytib olgan tarzda shartnomani bekor qilishni talab etish huquqiga ega.
Birinchi instansiya sudi javobgar da’vogarga to‘lab berilishi lozim bo‘lgan barcha lizing to‘lovlarini to‘lab berganligini inobatga olib, Qonun 11-moddasining birinchi qismini qo‘llashni maqsadga muvofiq emas deb hisoblab, asosli ravishda da’voni qanoatlantirishni rad etgan. Chunki da’vogarning talabi lizing to‘lovlari to‘lab berilmaganligidan kelib chiqqan. Javobgar esa, to‘lab berilishi lozim bo‘lgan lizing to‘lovlarini da’vogarga to‘lab berib, nizoli holatni bartaraf etgan.
Vaholanki, Qonun 7-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra, davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi talab etiladigan lizing obyektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lizing beruvchining yoki lizing oluvchining nomiga rasmiylashtiriladi.
FK 84-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga asosan ko‘chmas mulkka egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
FK 111-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, yer uchastkalari va boshqa ko‘chmas mol-mulk bilan bog‘liq bitimlar (boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzoq muddatli ijara, merosni qabul qilib olish va boshqalar) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
FK 539-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga asosan mulk ijarasi shartnomasi bir yildan ortiq muddatga mo‘ljallangan bo‘lsa, taraflardan birontasi yuridik shaxs bo‘lgan hollarda esa, muddatidan qat’i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart. Ko‘chmas mulk ijarasi shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
FK 112-moddasining birinchi qismiga binoan bitimning notarial shakliga yoki uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talabiga rioya qilmaslik bitimning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday bitim o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi.
FK 293-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga ko‘ra, qarzdor kafillik bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob beradilar, basharti qonunda yoki kafillik shartnomasida kafilning subsidiar javobgar bo‘lishi nazarda tutilgan bo‘lmasa.
XPK 88-moddasining 5-bandiga asosan da’vogar nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan, bu esa shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, xo‘jalik sudi da’voni ko‘rmasdan qoldiradi.
Birinchi instansiya sudi Qonun 11-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisiga zid ravishda lizing shartnomasini muddatidan oldin bekor qilib, lizing obyektini da’vogarga qaytarish bilan bir paytda asosiy qarz va penyani ham qisman undirib xatolikka yo‘l qo‘ygan. Ammo, kafilga nisbatan ish yuritishni tugatib to‘g‘ri xulosaga kelgan.
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 6-bandiga ko‘ra, Qonunning 10-moddasiga asosan xo‘jalik sudi qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani ish yuritish uchun qabul qilib olgan paytdan e’tiboran kreditorlar qarzdorga o‘z talablarini qondirish maqsadida yakka tartibda murojaat etishga haqli emas. Agar bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilgandan keyin qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza berilgunga qadar paydo bo‘lgan qarzni undirish haqida kreditordan xo‘jalik sudiga da’vo arizasi tushgan bo‘lsa, XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq da’vo arizasini qabul qilish rad etiladi. Agar ko‘rsatilgan holatlar da’vo ariza (ariza) ish yurituvga qabul qilingandan keyin aniqlansa, u holda XPKning 86-moddasi 1-bandiga asosan ish bo‘yicha ish yuritish tugatiladi.
15. Sud XPK 38-moddasining birinchi qismiga asosan dastlabki da’vogarni ishga daxldor da’vogar bilan almashtirsa, dastlabki da’vogar ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasidan chiqib ketadi va unga nisbatan ish yuritishni tugatish zarurati qolmaydi.
Birinchi instansiya sudining ajrimi bilan XPKning 38-moddasiga asosan “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” AK Buxoro viloyat filiali “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” AKga almashtirilgan.
16. XPKning 92-moddasiga asosan mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha da’voning bahosi shu mol-mulkning qiymatiga qarab aniqlanadi.
Xususan, da’vogarning talabi ikkitadan iborat bo‘lib, birinchisi- nomulkiy tusga ega, ikkinchisi esa mulkiy tusga egadir. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga binoan nomulkiy talab uchun eng kam ish haqining 10 barobari miqdorida, mulkiy talablar uchun - da’vo bahosining 1 foizi miqdorida davlat boji to‘lanadi. Mazkur xolatda shartnomalarni bekor qilish talabi uchun har bir shartnoma bo‘yicha eng kam ish hakining 10 barobari miqdorida, ya’ni 1 922 100 so‘m (96 105 x 10 x 2) va qiymati 354 492 886 so‘mlik 8 dona lizing obyekti bo‘lgan traktorlarni qaytarish haqidagi talab uchun 3 544 929 so‘m (354 492 886 x 1%), jami 5 467 029 so‘m miqdorda davlat boji undirilishi lozim edi. Biroq birinchi instansiya sudi davlat bojini faqat da’voning nomulkiy talabidan kelib chiqib undirgan.
Bundan tashqari, XPK 172-moddasining birinchi qismiga ko‘ra xo‘jalik sudining ajrimlari ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
XPKda kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkinligi nazarda tutilmagan.
FKning 385-moddasiga ko‘ra, shartnoma bekor qilinganida taraflarning majburiyatlari bekor bo‘ladi. Shartnoma o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan taqdirda, agar kelishuvdan yoki shartnomani o‘zgartirish xususiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, taraflar shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilishga kelishgan paytdan boshlab, shartnoma sud tartibida o‘zgartirilgan yoki bekor qilinganida esa - sudning shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlab majburiyatlar o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi.
FKning 382-moddasiga muvofiq lizing shartnomasi bir taraflama o‘zgartirilishi mumkin emas. Shu sababli, shartnomada belgilangan to‘lovlar qiymati bir tarafning xohishi bilan o‘zgartirilmasligiga;
lizing munosabatlarining lizing to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan qismlari FKning oldi-sotdi va ijara haqidagi umumiy qoidalari bilan tartibga solinadi. FK 422-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra sotib oluvchi haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan va o‘ziga topshirilgan tovar uchun navbatdagi to‘lovni shartnomada belgilangan muddatda amalga oshirmasa, sotuvchi shartnomani bajarishdan bosh tortishga va sotilgan tovarni qaytarishni talab qilishga haqli, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotib oluvchidan olingan to‘lovlar summasi tovar bahosining uchdan ikki qismidan ortiq bo‘lgan hollar bundan mustasnoligiga;
sud XPK 38-moddasining birinchi qismiga asosan dastlabki da’vogarni ishga daxldor da’vogar bilan almashtirsa, dastlabki da’vogar ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasidan chiqib ketishiga va unga nisbatan ish yuritishni tugatish zarurati qolmasligiga;
XPKning 92-moddasiga asosan mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha da’voning bahosi shu mol-mulkning qiymatiga qarab aniqlanishiga;