31.12.2014 yildagi -son
Biroq, kassatsiya instansiyasi sudi FKda da’vo muddatini qo‘llash haqida ariza yozma ravishda taqdim etilishi qat’iy belgilanmaganligiga e’tibor bermagan.
Vaholanki, Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 34-bandida xo‘jalik sudlari XPK 129-moddasining birinchi qismida belgilangan, taraflarning arizalari va iltimosnomalari sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlari eshitib bo‘lingach, hal qilinishi to‘g‘risidagi qoidaga rioya etishlari, XPK 129-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq arizalar va iltimosnomalarni ko‘rish natijalari bo‘yicha xo‘jalik sudi ajrim chiqarishi lozimligi, ajrimning shakli iltimosnomaning mazmuni va uni ko‘rib chiqish natijalariga bog‘liqligi, ajrimlarga qo‘yiladigan umumiy talab — ma’lumotlar sud majlisi bayonnomasiga kiritilishining majburiyligi tushuntirilgan.
Vaholanki, Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 34-bandining ikkinchi qismiga ko‘ra XPK 129-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq arizalar va iltimosnomalarni ko‘rish natijalari bo‘yicha xo‘jalik sudi ajrim chiqaradi. Ajrimning shakli iltimosnomaning mazmuni va uni ko‘rib chiqish natijalariga bog‘liq. Berilgan iltimosnomalar bo‘yicha chiqariladigan ajrimlarga qo‘yiladigan umumiy talab — ma’lumotlar sud majlisi bayonnomasiga kiritilishining majburiyligidir.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 66-moddasiga muvofiq, mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar korxonaning aybi bilan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik uchun tayinlangan pensiyalarni to‘lash, shuningdek xodim ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga to‘lgunga qadar ushbu Qonun 12-moddasining “b” — “j” bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash uchun ish haqi to‘lashga mo‘ljallangan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga xarajatlarni qoplovchi pul o‘tkazadilar.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash Qoidalari”ga ko‘ra ish beruvchi uning hududida va uning tashqarisida, shuningdek ish beruvchi bergan transportda ishga kelish yoki ishdan ketish vaqtida xodimning sog‘lig‘iga mehnat jarohati bilan yetkazilgan zarar uchun ish beruvchi moddiy javobgar bo‘lishi belgilangan.
Mazkur ishdagi nizoga nisbatan FKning 163-moddasi tatbiq qilinmaydi, balki bunday nizolar bo‘yicha FKning 150-moddasida nazarda tutilgan umumiy da’vo muddati qo‘llaniladi.
6. FK 152-moddasining birinchi qismiga ko‘ra da’vo muddatlari va ularni hisoblash tartibi taraflarning kelishuvi bilan o‘zgartirilishi mumkin emas.
Ish ko‘rilishi jarayonida bank sug‘urtalovchi — “Madad” sug‘urta kompaniyasiga nisbatan bildirilgan talabdan voz kechgan. Kafil — “Sergeli Avtotexservis” OAJ esa unga nisbatan talab FKning 298-moddasiga binoan kafillik bilan ta’minlangan majburiyatni bajarish muddati kelgan kundan boshlab bir yil davomida taqdim qilinishi lozim bo‘lganligini, ammo bank ushbu muddat davomida da’vo bilan sudga murojaat qilmaganligini vaj qilib, da’vo muddati o‘tganligi sababli da’voni rad etishni so‘ragan.
FKning 149,150-moddalariga ko‘ra, da’vo muddati — shaxs o‘zining buzilgan huquqini da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan himoya qilishi mumkin bo‘lgan muddatdir. Umumiy da’vo muddati - uch yil.
Vaholanki, FK 152-moddasining birinchi qismiga ko‘ra da’vo muddatlari va ularni hisoblash tartibi taraflarning kelishuvi bilan o‘zgartirilishi mumkin emas.
7. FK 153-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra da’vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qo‘llanadi.
Birinchi instnatsiya sudining hal qiluv qarori bilan da’vo rad etilgan va bunga asos qilib da’vogar FKning 150-moddasida belgilangan umumiy uch yillik da’vo muddatini o‘tkazib yuborilganligi ko‘rsatilgan.
Vaholanki, FK 153-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra da’vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qo‘llanadi.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori o‘zgartirilib, javobgardan da’vogar foydasiga 10 307 348 so‘m undirilgan. Bunday xulosaga kelishda FKning 149 va 150-moddalariga ko‘ra umumiy da’vo muddati uch yil ekanligi, birinchi instansiyasi sudi tomonidan javobgarning da’vo muddatini qo‘llash haqidagi iltimosnomasi asossiz rad qilinganligi, da’vo arizasida 2010-yilning yanvar oyidan 2011-yilning dekabr oyiga qadar hisoblangan summa da’vo muddati o‘tganligi sababli undirilmasligi lozimligi asos qilib ko‘rsatilgan.
FKning 153-moddasiga ko‘ra, buzilgan huquqni himoya qilish talabi da’vo muddatining o‘tganligidan qat’i nazar sudda ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi. Da’vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qo‘llanadi. Qo‘llanish to‘g‘risida nizodagi taraf bayon qilgan da’vo muddatining o‘tishi sudning da’voni rad etish haqida qaror chiqarishi uchun asos bo‘ladi.
Biroq ish hujjatlaridan ko‘rinishicha, javobgar sudga da’vo muddatini qo‘llash haqidagi ariza bilan murojaat qilmagan. Javobgar tomonidan taqdim qilingan fikr-mulohazadagi “da’vo summasi 2010-yilning yanvar oyidan 2014-yilning oktyabr oyiga qadar hisoblangan, ammo O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi 2003-yil 19-dekabrdagi 18-sonli qarorining 6-bandida mehnat jarohati tufayli kasb layoqati yo‘qotilgandan yoki boquvchining vafotidan so‘ng uch yildan keyin keltirilgan da’vo talablari, ariza berilgan kunidan oldingi, ko‘pi bilan uch yil bo‘yicha qondirilishi belgilangan” degan vajlarini da’vo muddatini qo‘llash haqidagi ariza deb baholab bo‘lmaydi,chunki FK 153-moddasining ikkinchi qismiga asosan javobgar sud qaror chiqargunicha suddan da’vo muddatini qo‘llashni so‘rashi lozim.
FKning 153-moddasiga ko‘ra, buzilgan huquqni himoya qilish talabi da’vo muddatining o‘tganligidan qat’i nazar, sudda ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi. Da’vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qo‘llanadi. Qo‘llanish to‘g‘risida nizodagi taraf bayon qilgan da’vo muddatining o‘tishi sudning da’voni rad etish haqida qaror chiqarishi uchun asos bo‘ladi.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni 66-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar korxonaning aybi bilan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik uchun tayinlangan pensiyalarni to‘lash, shuningdek xodim ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga to‘lgunga qadar ushbu Qonun 12-moddasining “b” — “j” bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash uchun ish haqi to‘lashga mo‘ljallangan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga xarajatlarni qoplovchi pul o‘tkazadilar.
FKning 150-moddasiga asosan umumiy da’vo muddati – uch yil.
10. FK 154-moddasining birinchi qismiga asosan da’vo muddati shaxs o‘zining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan o‘ta boshlanadi. Bunda, shaxs deganda fuqarolik munosabatlarining taraflari tushuniladi.
Sudning hal qiluv qarorida FK 154-moddasining birinchi qismiga asosan da’vo muddati shaxs o‘zining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan o‘ta boshlashi, korxona bosh buxgalterini almashib turishi o‘tkazib yuborilgan da’vo muddatini uzrli deb hisoblashga sabab bo‘lmasligi asos qilib ko‘rsatilgan.
FK 154-moddasining birinchi qismiga binoan da’vo muddati shaxs o‘zining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan o‘ta boshlaydi.
Sud boshqaruvchisi da’vo muddati qo‘llanishiga e’tiroz bildirib, FKning 154-moddasiga binoan da’vo muddati shaxs o‘zining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan o‘ta boshlashi, “Toshkent to‘qimachi kombinati” AJ bankrot deb topilgandan keyin u tayinlanganligini, shundan keyingina u bunday bitim tuzilganligidan xabardor bo‘lganligini ma’lum qilib, da’vo muddatini o‘tkazib yuborish sabablarini uzrli deb topib, uni tiklashni va da’voni qanoatlantirishni so‘ragan.
Sud bunday xulosaga kelishiga FK 154-moddasining birinchi qismiga asosan da’vo muddati shaxs o‘zining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan o‘ta boshlashini, shaxs deganda fuqarolik munosabatlarining taraflari tushunilishini, mazkur holatda bunday taraf sud boshqaruvchisi emas, balki “Toshkent to‘qimachi kombinati” AJ hisoblanilishini, bitim tuzilgan paytdan sudga da’vo bilan murojaat qilgunga qadar 6 yil o‘tganligini asos qilib keltirgan.
Sud da’vo muddatini qo‘llashga FKning 150 va 151-moddalariga ko‘ra umumiy da’vo muddati uch yil, ayrim turdagi talablar uchun qonunlarda umumiy da’vo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus da’vo muddatlari belgilanishi mumkinligini, O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘l ustavining 115-moddasiga binoan temir yo‘lga nisbatan da’vogar faqat e’tirozni qanoatlantirishni to‘liq yoki qisman rad etish to‘g‘risidagi javob olingandan so‘ng ikki oy davomida vakolatli sudga berishi mumkinligini, FK 158-moddasining birinchi qismida, agar da’vo sud tomonidan ko‘rilmasdan qoldirilgan bo‘lsa, da’vo qo‘zg‘atilgunga qadar o‘ta boshlagan da’vo muddati umumiy tartibda davom etishi belgilanganligini asos qilib keltirgan.
Vaholanki, FKning 157-moddasiga ko‘ra da’vo muddatining o‘tishi belgilangan tartibda da’vo qo‘zg‘atilishi bilan, shuningdek majbur shaxs qarzni tan olganligini ko‘rsatuvchi harakatlarni qilishi bilan uziladi. Uzilishdan keyin da’vo muddatining o‘tishi yangidan boshlanadi, uzilishgacha o‘tgan vaqt esa - yangi muddatga qo‘shilmaydi.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni 66-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar korxonaning aybi bilan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik uchun tayinlangan pensiyalarni to‘lash, shuningdek xodim ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga to‘lgunga qadar ushbu Qonun 12-moddasining “b” — “j”-bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash uchun ish haqi to‘lashga mo‘ljallangan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga xarajatlarni qoplovchi pul o‘tkazadilar.
FKning 159-moddasiga ko‘ra basharti, sud da’vo muddatining o‘tkazib yuborilganligi sababini uzrli deb topsa, buzilgan huquq himoya qilinishi kerak. Da’vo muddatini o‘tkazib yuborish sabablari da’vo muddatining oxirgi olti oyida, bu muddat olti oyga teng yoki olti oydan kam bo‘lsa, da’vo muddatida yuz bergan bo‘lsa, ular uzrli deb hisoblanishi mumkin.
FKning 159-moddasiga muvofiq, basharti, sud da’vo muddatining o‘tkazib yuborilganligi sababini uzrli deb topsa, buzilgan huquq himoya qilinishi kerak. Da’vo muddatini o‘tkazib yuborish sabablari da’vo muddatining oxirgi olti oyida, bu muddat olti oyga teng yoki olti oydan kam bo‘lsa, da’vo muddatida yuz bergan bo‘lsa, ular uzrli deb hisoblanishi mumkin.
Da’vogar hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib, sudga apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan. Unda FKning 159-moddasida sud da’vo muddatining o‘tkazib yuborilganligi sababini uzrli deb topsa, buzilgan huquq himoya qilinishi kerakligi belgilanganligini, ammo sud da’vo muddatini o‘tkazib yuborish sabablarini o‘rganmaganligini vaj qilib keltirgan. Shuningdek, da’vo arizasi bilan o‘z vaqtida murojaat qilmaganligiga MChJning hisobvarag‘ida pul mablag‘lari bo‘lmaganligini va javobgarning manzilini bilmaganligini, MChJ 2010-yilning mart, avgust, oktyabr oylarida va 2013-yilning fevral oyida javobgarga talabnoma bilan murojaat qilganligini, ammo ushbu talabnomalar oqibatsiz qoldirilganligini ma’lum qilib, da’vo muddatini tiklab, ishni ko‘rib chiqishni so‘ragan.
17. O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘l ustavining 156-bandiga ko‘ra yuk jo‘natuvchi va yukni oluvchilarga nisbatan ushbu ustavdan kelib chiqqan da’vo arizalari xo‘jalik sudiga 6 oy ichida taqdim etilishi mumkin. 6 oylik muddat yuk tashish rejasini bajarmaganlik uchun jarima undirish belgilanganda – jarimani to‘lash uchun belgilangan 5 kunlik muddat o‘tgandan so‘ng hisoblanadi.
Sud bunday xulosaga kelishda O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘l ustavining 156-bandiga tayangan. Unga ko‘ra temir yo‘lning ushbu ustavidan kelib chiqqan yuk jo‘natuvchi va yukni oluvchilarga nisbatan da’vo arizalari belgilangan sudlovga tegishlilik asosida xo‘jalik sudiga 6 oy ichida taqdim etilishi mumkin. Ushbu 6 oylik muddat yuk tashish rejasini bajarmaganlik uchun jarima undirish belgilanganda – jarimani to‘lash uchun belgilangan 5 kunlik muddat o‘tgandan so‘ng hisoblanadi.
FK 151-moddasining birinchi qismiga asosan ayrim turdagi talablar uchun qonunlarda umumiy da’vo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus da’vo muddatlari belgilanishi mumkin.
Birinchi instansiya sudi yuqorida qayd etilgan Ustavning 156-bandidan kelib chiqib, da’vo muddatini o‘ta boshlashini 2013-yil iyul oyidan hisoblagan. Shu sababli, da’vo muddati iyun oyida yuk tashish rejasi bajarilmaganligi natijasida hisoblangan jarima summasiga nisbatan qo‘llanilgan.
“Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga muvofiq, jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlari, jamiyatni ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga ko‘ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror to‘g‘risida bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan e’tiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab bo‘lgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida ishtirok etgan bo‘lsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran ikki oy ichida berilishi mumkin.
19. FKning 2-moddasiga ko‘ra, bir tarafning ikkinchi tarafga ma’muriy bo‘ysunishiga asoslangan mulkiy munosabatlarga, shu jumladan soliq, moliyaviy va boshqa ma’muriy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari qo‘llanilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Sud MChJning FKda belgilangan uch yillik da’vo muddati o‘tganligi sababli, da’vo muddatini qo‘llash haqida bergan arizasini qanoatlantirishni rad etgan. Chunki FK 2-moddasining oltinchi qismida bir tarafning ikkinchi tarafga ma’muriy bo‘ysunishiga asoslangan mulkiy munosabatlarga, shu jumladan soliq, moliyaviy va boshqa ma’muriy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari qo‘llanilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno ekanligi belgilangan.