25.11.2015 yildagi 343-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalari qurishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarori bilan ma’qullangan 2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig‘imini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturini ijro etish yuzasidan, respublikaning chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalari qurishni rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008 — 2014-yillar mobaynida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Global ekologik jamg‘arma (GEF) doirasida O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan, fermer xo‘jaliklarida biogaz qurilmalari qurish bo‘yicha amalga oshirilgan tajriba loyihalari asosida biogaz qurilmalarini amalda keng joriy etish va biogaz energiyadan foydalanish imkoniyatlari sinovdan o‘tkazilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zstandart” agentligi tomonidan “O’zDSt 2798:2013 Biogaz qurilmalari. Umumiy texnik shartlar” O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti amalga kiritilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biogaz qurilmalaridan foydalanuvchi tashkilotlar, shuningdek biogaz qurilmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashadigan tashkilotlar, tegishli ravishda, energiyaning tiklanadigan manbalaridan energiya ishlab chiqarish qurilmalari qo‘llanilgan holda energiya ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashadigan tashkilotlar hisoblanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biogaz qurilmalaridan (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq) foydalanuvchi tashkilotlarga, shuningdek biogaz qurilmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashadigan tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig‘imini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarorining 5-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son qarorining 10-bandi tatbiq etilishi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-avgustdagi 605-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 32-son, 817-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash. II bosqich” loyihasining “Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini pasaytirish” qismini amalga oshirish uchun energiyani tejaydigan texnologiyalarni va energiyaning muqobil manbalarini joriy etishga Global ekologik jamg‘arma (GEF) trast fondining 12,699 mln AQSh dollari miqdoridagi grantlari ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda biogaz qurilmalari qurish loyihalari tashabbuskorlarining buyurtmanomalari bo‘yicha ruxsat berish tartib-qoidalaridan o‘tish uchun belgilangan tartibda va muddatlarda “yagona darcha” prinsipi bo‘yicha vakolatli tashkilotlar tomonidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnomalar berilishini;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat berish tartib-qoidalaridan o‘tish muddatlariga rioya qilinishi, biogaz qurilmalari qurish, ularni ishga tushirish va ulardan foydalanishda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish ustidan amaliy nazoratni ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash. II bosqich” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 14-fevraldagi PQ-2129-son qaroriga muvofiq loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy valyutadagi subkreditlar ajratish tijorat bankining marjasi 3 foizdan ortiq bo‘lmagan va milliy valyutada — 4,5 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda undirilgan holda amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash. II bosqich” loyihasini amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda:
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hamkorbank” ATB, “Turonbank” ATB, “Qishloq qurilish bank” ATB, “Xalq banki” AT, “Ipak yo‘li” AITB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning buyurtmanomalari bo‘yicha biogaz qurilmalarini qurish uchun grantlar berilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biogaz qurilmalarini qurish, maxsus asbob-uskunalarni montaj qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar, shuningdek biogaz qurilmalarining namunaviy loyihasi ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etilishini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 30-sonli qaroriga asosan 2020-yil 18-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalari qurishning hududiy manzilli dasturlarini uch oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biogaz qurilmalari ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritilishini tashkilotlar va potensial tadbirkorlarga yetkazish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli loyihalarning hujjatlarini keyinchalik Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun ishlab chiqish va belgilangan tartibda taqdim etishda biogaz qurilmalari uchun asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish boshlanishiga qarab biogaz qurilmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashadigan tashkilotlarga ko‘maklashsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi taqdim etilgan hujjatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqsinlar hamda Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritsinlar.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2016/2017 o‘quv yilidan boshlab qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarining tegishli o‘quv fanlari dasturlariga “Qishloq xo‘jaligi texnikasi” ta’lim sohasi yo‘nalishlari va “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” va “Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” yo‘nalishlari doirasida “Biogaz qurilmalari. Qurish va ulardan foydalanish” mavzulari (bo‘limlar)ni kiritishni nazarda tutsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2016-yil 1-yanvardan boshlab statistika hisobotining amaldagi shakllari doirasida ishga tushirilgan biogaz qurilmalari soni hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmlari hisobi yuritilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr energiyasi iste’molchilari ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yetkazib berish uchun yagona elektr energiyasi tizimi bilan parallel tarzda barqaror ishlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalar vositasida ulanishga doir texnik shartlar olingandan va bajarilgandan keyin yagona elektr energiyasi tizimining elektr tarmoqlariga ulanishlari mumkin, shuningdek elektr energiyasi sifatiga qo‘yiladigan talablarni bajarishga, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining belgilangan dispetcherlik rejimiga rioya qilishga, tizim operatorining va yuqori turuvchi tezkor-dispetcherlik xizmatlarining ko‘rsatmalariga va farmoyishlariga bo‘ysunishga majburdirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan, iste’molchilar tomonidan yagona elektr energiyasi tizimining elektr tarmoqlariga yetkazib beriladigan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar oxirgi iste’molchilar uchun belgilangan tariflar bo‘yicha, elektr ta’minoti korxonalarining elektr energiyasini uzatish bo‘yicha xarajatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona elektr energiyasi tizimiga elektr energiyasi yetkazib berishning yillik hajmlari tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr energiyasi iste’molchilari bilan “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasidagi shartnoma bilan tasdiqlanadi va rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 25-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
343-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 47-son, 599-modda; 2017-y., 32-son, 817-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)