Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasiga davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumat tashkilotlari, chet el fuqarolari, shuningdek xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan beg‘araz yordamdan qat’iyan maqsadli foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 46-son, 350-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
muruvvat loyihalarining amalga oshirilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida muruvvat yordami yuklarini taqsimlash va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish bilan bog‘liq masalalarning muvofiqlashtirilishi uchun mas’uliyat — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari kompleksi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
texnik ko‘maklashish mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish bilan bog‘liq masalalarning muvofiqlashtirilishi uchun mas’uliyat Moliya vazirligiga yuklansin.
(2-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasiga muruvvat yordami va beg‘araz texnik ko‘maklashish doirasida tushgan tovarlardan tijorat maqsadlarida foydalanish qat’iy taqiqlansin.
Ko‘rsatib o‘tilgan tovarlar sotilgan, ijaraga berilgan yoki ulardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy javobgarlikka tortiladilar.
4. Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga muruvvat yordami bo‘yicha doimiy ishlovchi ishchi guruhning yangilangan tarkibini tasdiqlash uchun kiritsin, unga qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasining mutaxassislarini kiritsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar tasdiqlangan Muruvvat yordami yuklarini qabul qilish, hisobga olish, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlash va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi to‘g‘risidagi Nizomni hisobga olgan holda muruvvat yordami bo‘yicha tegishli ravishda hududiy va tarmoq komissiyalari tashkil etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi muruvvat yordami yuklarini kuzatib boruvchi va beg‘araz yordam loyihalarini amalga oshirishda qatnashuvchi shaxslarga kelish vizalari konsullik yig‘imlari undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
muruvvat yordami yuklari O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab transportda tashilishi chog‘ida ularning saqlanishini ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
beg‘araz yordam dasturlari doirasida ishlovchi xorijiy fuqarolarga davlat bojlari undirmasdan ko‘p martalik vizalar bersin va ularning muddatini uzaytirsin, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazsin va ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini uzaytirsin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 46-son, 350-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 46-son, 350-modda)
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida muruvvat yordami dasturlarini muvofiqlashtirish to‘g‘risida” 1995-yil 25-apreldagi 146-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarning 1-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarning 10-bandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 5-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalarini, konsullik muassasalarini, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini hamda ular xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilish tartibi”ga 1-ilova 1-bandining “v” kichik bandi.