T/r | Chora-tadbirlar | Bajarish muddatlari, mas’ul bajaruvchilar |
1. | Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash bo‘yicha reglamentini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Jamoatchilik kengashiga kiritish. | 2015-yil 1 dekabr “Elektron hukumat” markazi, Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsyasi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalarini va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi |
2. | Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi monitoringini olib borish va uni baholash metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Jamoatchilik kengashiga kiritish. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ochiqligi monitoringini olib borish va uni baholashni tashkil etish va muntazamlilik asosida amalga oshirish, natijalari to‘g‘risida jamoatchilikni, Vazirlar Mahkamasini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasini xabardor qilish. | 2015-yil 1-dekabr “Elektron hukumat” markazi, Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsyasi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalarini va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi |
3. | Normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha qonun hujjatlariga “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikas� Qonunidan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | 2015-yil 20-dekabr O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zA, Milliy teleradiokompaniya, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari |
4. | Quyidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash: Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom; Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etilgan hujjatlar bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma; Axborotdan foydalanuvchilarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq kollegial majlislarida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom; Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olish uchun so‘rovlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ishlash tartibi to‘g‘ri�idagi yo‘riqnoma. | 2015-yil 25-noyabr “O‘zarxiv”agentligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2015-yil 25-noyabr “O‘zarxiv”agentligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2015-yil 25-noyabr Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti 2015-yil 25-noyabr O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
5. | “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunni amalga oshirish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq idoraviy hujjatlarni tasdiqlash, jumladan: Qonunning 5-moddasi birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatini; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborot taqdim etilishi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning ro‘yxatini tasdiqlash. | 2015-yil 25-noyabr davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari Doimo davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari |
6. | Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, eng avvalo, ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumotlar ro‘yxatini tasdiqlash va muntazam ravishda yangilash, ularni rasmiy veb-saytlarda majburiy joylashtirish. | Doimo davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari |
7. | Axborot xizmatlarining faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va ularni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish. | 2015-yil 25-noyabr davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi |
8. | Idoraviy arxivlar faoliyatini takomillashtirish, arxivariuslarning malakasini oshirish va arxiv fondlari saqlanishi shart-sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish. | 2015-yil 25-noyabr davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, “O‘zarxiv”agentligi |
9. | Budjet tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, axborot xizmatlari (matbuot xizmatlari) tomonidan axborot-tushuntirish, targ‘ibot ishlari olib borilishi, ommaviy axborot vositalari bilan mustahkam o‘zaro hamkorlikni ta’minlash, jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish bilan bog‘liq tadbirlarning budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishini moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish va tushuntirish. | 2015-yil 1-dekabr Moliya vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalarini va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsyasi, “Elektron hukumat” markazi |
10. | Qonun normalarining maqsadlari, mazmuni va amaliy ahamiyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish uchun respublika va mintaqaviy teleradiokanallarda teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar tashkil etish, bosma nashrlarda maqolalar e’lon qilish. | Doimo O‘zA, Milliy teleradiokompaniya, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalarini va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Adliya vazirligi |
11. | Davra suhbatlari, seminarlar, treninglar va uchrashuvlar o‘tkazish yo‘li bilan qonun normalari va talablarini amalga oshirish bo‘yicha aholi orasida, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik faoliyati subyektlari orasida keng tushuntirish ishlari olib borish. | Doimo O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Adliya vazirligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalarini va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi |
12. | Axborot olishni ta’minlash va ommaviy axborot vositalari faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamini nashr etish (“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqalar). | 2015-yil 25-noyabr Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Axborot texnologiyalari va kommun�katsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi |
13. | Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari rahbarlari uchun seminarlar-treninglar tashkil etish. | Alohida jadval bo‘yicha O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalarini va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, “Elektron hukumat” markazi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari |
Abdullayev I.Z. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi, Jamoatchilik kengashi raisi |
— | Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish axborot-tahlil departamenti mudiri, Jamoatchilik kengashi raisining o‘rinbosari | |
Fayzullayev A.N. | — | O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari |
Usmanov A.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari |
lavozimiga ko‘ra | — | O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining bosh direktori |
Abdullayev A.X. | — | “O‘zarxiv” agentligining bosh direktori |
Xodjayev A.A. | — | Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi direktori |
Xikmatullayev N.N. | — | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari |
Suyarov S.L. | — | O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) bosh direktorining o‘rinbosari |
Xabibullayev Sh.X. | — | O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori |
Abdukarimov G.O. | — | Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori |
Xalimbekov I.T. | — | O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi |
Abdullayev A.A. | — | O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori |
Abduxalikov F.F. | — | O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining raisi |
Karimov A.M. | — | O‘�bekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasining raisi |
lavozimiga ko‘ra | — |