28.12.1993 yildagi 993-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 1994 YILGI BUDJETINING ASOSIY KO‘RSATKIChLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich joriy etish, xalq xo‘jaligi tarmoqlarining moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish, pulning qadrsizlanish jarayonlarini bartaraf etish, pul muomalasini mustahkamlash talablari asosida ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi 1994-yilga budjetining asosiy ko‘rsatkichlari ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi 1994-yilgi budjetining asosiy ko‘rsatkichlari daromadlar bo‘yicha 5181,8 milliard so‘m va xarajatlar bo‘yicha 5619,3 milliard so‘m, budjet taqchilligi esa 437,5 milliard so‘m yoki yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 5 foiz miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hududni rivojlantirishning iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini hal qilishda mahalliy hokimiyat organlarining huquqlarini yanada kengaytirish va ularning javobgarligini aniq belgilab qo‘yish maqsadida respublika budjetining umumiy hajmida mahalliy budjetlar ulushi 1994-yilda 35 foizdan 50 foizga ko‘paytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki kun muddat ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlariga umumdavlat soliqlari va daromadlaridan ajratmalar normativlarini (foiz hisobida) tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aholini, ayniqsa uning kam ta’minlangan va muhtoj tabaqalarini ijtimoiy muhofaza etish mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining muhim vazifasi deb hisoblansin. Moliya vazirligi va respublikaning moliya organlari 1994-yilgi budjet xarajatlarida umumiy ta’lim maktablarining I—V sinf o‘quvchilariga bepul nonushta berish, ikki yoshgacha bo‘lgan go‘daklarni bolalar oziq-ovqatlari bilan bepul ta’minlash, bolalarga mo‘ljallangan tovarlar bo‘yicha 50 foizli chegirmalarni, yolg‘iz pensionerlarga kundalik eng zarur mollarni me’yorlangan asosda bepul berish bo‘yicha chiqimlarni, ularni o‘rtacha 3 barobar oshirgan holda, saqlab qolsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ijtimoiy soha organlari — sog‘liqni saqlash, maorif, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot va aholining turmush kechirishini ta’minlash bilan bog‘liq boshqa tarmoqlar mablag‘ bilan ustuvor tarzda ta’minlansin, bunda birinchi navbatdagi xarajatlar: ish haqi, stipendiya, pensiya va nafaqalar mablag‘ bilan o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlanishiga alohida e’tibor berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki budjet taqchilligi miqdorining davlat investitsiya xarajatlaridan oshib ketmasligini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga budjet taqchilligini qoplash uchun imtiyozli kredit resurslari bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan belgilab qo‘yilgan budjet taqchilligining cheklangan miqdorini saqlagan holda daromadlar bo‘yicha ham, xarajatlar bo‘yicha ham budjetning asosiy ko‘rsatkichlariga aniqlik kiritish, budjet taqchilligining darajasi cheklangan miqdordan oshib ketgan taqdirda esa — vaqtinchalik to‘lovlar va yig‘imlar joriy etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Respublika xalq xo‘jaligi 1994-yilda normal faoliyat ko‘rsatishini hamda budjetda nazarda tutilgan birinchi navbatdagi xarajatlarni mablag‘ bilan uzluksiz ta’minlash uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilingunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vaqtincha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
resurs to‘lovlarini bekor qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 25 foiz miqdorida saqlab qolinib, uning 6 foizi korxona va tashkilotlar ixtiyorida qoldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq xo‘jaligi tarmoqlari, shu jumladan qishloq xo‘jaligi faoliyatidan olinadigan daromad solig‘i stavkalarini, korxonalar mol-mulkiga solinadigan soliqni, kolxozchilar mehnat haqi fondiga solinadigan soliqni undirish tartibini, shuningdek korxonalarga beriladigan soliq imtiyozlarini qaytadan ko‘rib chiqsin. Bunda ishchanlik va investitsion faollikni, tadbirkorlikni rivojlantirishni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish moddiy hajmini va xalq iste’moli tovarlarini ko‘paytirishni rag‘batlantiruvchi imtiyozlarni saqlab qolishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi soliq solinadigan daromadlarni yashirish hollarining oldini olishni, aholining barcha tabaqalari tadbirkorlik va boshqa faoliyat bo‘yicha oladigan daromadlarini deklaratsiya qilishga o‘tishini nazarda tutgan holda, to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlarning budjetga to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan soliq organlari amalga oshiriladigan nazoratni kuchaytirish mexanizmini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi soliqqa doir qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilinishi ustidan, o‘g‘irlik, suiiste’mol qilish, kamomad hollari bo‘yicha yuborilgan materiallarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda aybdor shaxslar qonunda belgilangan javobgarlikka tortilishi, ular davlatga yetkazgan zararning o‘rni imkon boricha to‘liq qoplanishi yuzasidan nazoratni kuchaytirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Pul muomalasini mustahkamlash va so‘m-kupon qiymati barqarorligini saqlab turish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yildan boshlab mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar va tashkilotlar uchun ish haqi fondini iqtisodiy jihatdan tartibga solib turishni joriy etish zarur deb topilsin. Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining har bir foiz o‘sishiga ish haqi fondi o‘sishining normativ nisbatini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank, tijorat banklari xalq xo‘jaligi tarmoqlarining korxonalari va tashkilotlariga ish haqi to‘lash uchun pul berish chog‘ida ish haqi fondi o‘sishi va mahsulot hajmi o‘sishi o‘rtasidagi normativ nisbatga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Respublika budjetining 1994-yil 1-yanvargacha bo‘lgan holatdagi amaldagi taqchillik summasi, shuningdek budjet kafolati asosida markazlashtirilgan kapital ajratmalar uchun berilgan kreditlar bo‘yicha 1994-yil 1-yanvargacha bo‘lgan holatdagi bank oldidagi qarzlar summasi davlat ichki qarzlari summasiga o‘tkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larining 1994-yil 1-yanvargacha bo‘lgan holatdagi erkin qoldig‘i istisno tariqasida respublika budjetiga o‘tkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, hokimiyatning mahalliy organlari budjetni ijro etish jarayonida uning mutanosibligini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha daromadlarni izlab topish, davlat mablag‘larini sarflashda qat’iy tejamkorlikka rioya etish, shuningdek budjet taqchilligini noinflatsion yo‘sinda qoplashning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri hisoblangan qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga doir ishlarni davom ettirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yilgi respublika budjeti asosiy ko‘rsatkichlarini daromadlar bo‘yicha 1700,0 milliard so‘m, xarajatlar bo‘yicha 1900,0 milliard so‘m, budjet taqchilligini esa 200,0 milliard so‘m yoki yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 5 foiz miqdorida aniqlashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 28-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
993-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 9-modda)