LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Fuqarolar yig‘inlari, mahallalar raislari va kotiblarining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini, mas’uliyatlarini yanada oshirish va ularni ijtimoiy himoya qilish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Fuqarolar yig‘inlari, mahallalar raislari va kotiblarining maoshlari ish haqi to‘lashning yagona tarif setkasi bo‘yicha 1998-yilning 1-mayidan boshlab ilovaga muvofiq ikki razryadga oshirilsin. Maoshlarni to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar tuman va shaharlar budjetlari hisobidan qoplansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Katta hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida alohida obro‘ e’tiborga ega bo‘lgan kishilarni ijtimoiy faoliyatga keng jalb etish maqsadida 1998-yilning 1-mayidan boshlab fuqarolar yig‘inlari va mahallalarning nafaqadagi raislariga nafaqalar to‘la miqdorda to‘lansin. Nafaqalarni to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar pensiya jamg‘armasi hisobidan qoplansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur masalalarning amalga oshirilishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya, Mehnat va Ijtimoiy ta’minot vazirliklari zimmasiga yuklatilsin.
4. Fuqarolar yig‘inlari va mahallalar O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari:
1998-yilning oxirigacha fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini chuqur tahlil qilib, ularga amaliy yordam berish tadbirlarini joriy etsinlar;
mahallalar va fuqarolar yig‘inlari samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratib berib, ulaning asosiy faoliyatini aholini ijtimoiy-siyosiy hayotga keng jalb etishni ta’minlashga, maishiy-xo‘jalik, madaniy-ma’rifiy masalalarni hal qilishga yo‘naltirsinlar;
joylardagi jamoat tashkilotlarining ish faoliyatlarini mahallalar bilan uzviy bog‘langan holda olib borishni tashkil qilsinlar.