LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Fuqarolar yig‘inlari, mahallalar raislari va kotiblarining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini, mas’uliyatlarini yanada oshirish va ularni ijtimoiy himoya qilish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyuldagi PF-5112-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)
3. Mazkur masalalarning amalga oshirilishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya, Mehnat va Ijtimoiy ta’minot vazirliklari zimmasiga yuklatilsin.
4. Fuqarolar yig‘inlari va mahallalar O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari:
1998-yilning oxirigacha fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini chuqur tahlil qilib, ularga amaliy yordam berish tadbirlarini joriy etsinlar;
mahallalar va fuqarolar yig‘inlari samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratib berib, ulaning asosiy faoliyatini aholini ijtimoiy-siyosiy hayotga keng jalb etishni ta’minlashga, maishiy-xo‘jalik, madaniy-ma’rifiy masalalarni hal qilishga yo‘naltirsinlar;
joylardagi jamoat tashkilotlarining ish faoliyatlarini mahallalar bilan uzviy bog‘langan holda olib borishni tashkil qilsinlar.