Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 09.04.1998 yildagi PF-1987-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 09.04.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XUSUSIY TADBIRKORLIK, KIChIK VA o‘RTA BIZNESNI RIVOJLANTIRIShNI YaNADA RAG‘BATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalarni bevosita olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki, quyidagilar kichik va o‘rta biznes subyektlari hisoblanadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk shaklidan qat’i nazar, ishlab chiqarish sohasida yiliga o‘rta hisobda 10 nafargacha, savdo xizmat ko‘rsatish hamda boshqa ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda 5 nafargacha ish bilan band xodimga ega bo‘lgan mikrofirmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk shaklidan qat’i nazar, ishlab chiqarish sohasida yiliga o‘rta hisobda 40 nafargacha, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab-chiqarish sohasida 20 nafargacha, ilm-fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, chakana savdo hamda boshqa ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda 10 nafargacha ish bilan band xodimga ega bo‘lgan kichik korxonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk shaklidan qat’i nazar, kichik korxonalar uchun yiliga belgilanganidan ortiq, lekin ishlab chiqarish sohasida 100 nafardan, qurilishda 50 nafardan, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida, ulgurji savdoda 30 nafardan, chakana savdo, xizmat ko‘rsatish hamda boshqa ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda 20 nafardan oshmaydigan ish bilan band xodimga ega bo‘lgan o‘rta korxonalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki, kichik va o‘rta korxonalar odatda xomashyo va materiallarni dastlabki qayta ishlash, kichik hajmli, lekin ko‘p mehnat talab qiladigan butlovchi mahsulotlar, jihoz va asbob-uskunalar, xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlari ishlab chiqarish sohalarida, shuningdek, servis xizmati va aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarida barpo etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kichik va o‘rta biznes korxonalari o‘zlari tashkil etayotgan ishlab chiqarish uchun xorijiy texnologiyani olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘rg‘onlar, qishloq va ovullarda yangidan barpo etilayotgan, ishlab chiqarish-texnika sohasiga mo‘ljallangan mahsulotlar, qurilish materiallari ishlab chiqaradigan, shuningdek, qurilish faoliyati bilan shug‘ullanadigan, ta’mirlash, ta’mirlash-qurilish, maishiy va kommunal xizmat ko‘rsatadigan xususiy korxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 31-moddasining 18-bandi tadbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, mazkur bandda ko‘rsatilgan imtiyozlar faqat Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasiga a’zo bo‘lgan kichik va o‘rta biznes korxonalarigagina tegishlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining o‘z vazifasi va faoliyat yo‘nalishlarini kengaytirish haqidagi takliflari quyidagi hollarda qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik va o‘rta biznes korxonalarini rivojlantirish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb etish bo‘yicha faoliyatni yo‘lga qo‘yish, sarmoya jalb etish jarayonining barcha bosqichlarida sarmoya loyihalarining, shu jumladan, jalb etilayotgan xorijiy kreditlar loyihalarining samaradorligi monitoringini o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning katta-kichikligi, mulk shakli va soha bo‘yicha kimga bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha tovar ishlab chiqaruvchilarga dastlabki hisob-kitob va hisobot, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, sarmoya jalb etish, mahsulotni eksport qilish, kadrlarga professional ta’lim berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi qarorlarining amalda bajarilishi borasidagi ishlarni yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Biznes-fond”, “Madad” sug‘urta agentligi, “Tadbirkorbank” kichik va o‘rta biznes korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirayotgan tadbirlarni muvofiqlashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi, O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, tijorat banklarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Biznes-fond”, “Madad” sug‘urta agentligi, “Tadbirkorbank”ning O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga a’zo bo‘lib kirishi haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk shaklidan qat’i nazar, kichik va o‘rta biznes korxonalariga, tarmoq va hududiy xo‘jalik birlashmalari va ular tarkibiga kiradigan korxonalarga kredit berishni amalga oshirayotgan tijorat banklari O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyatida shartnoma asosida, uning bilvosita a’zosi sifatida ishtirok etishi haqidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy xo‘jalik birlashmalari, mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari, shuningdek, bozor infratuzilmasi tashkilotlarining Palataning markaziy va mintaqaviy kengashlari faoliyatida ularning a’zosi sifatida ishtirok etishi haqidagi takliflari ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida mazkur Farmonning 4 va 5-bandlaridan kelib chiqadigan barcha zarur nizom o‘zgarishlarini amalga oshirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining tashkiliy faoliyatini yaxshilash maqsadida fermer va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlovchi Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari uyushmasining uni Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasiga aylantirish, ayni vaqtda Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash fondini Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash fondi deb atash haqidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi dehqon va fermer xo‘jaliklarini shartnoma asosida o‘zining a’zolari sifatida birlashtiradi, yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan mustaqil nodavlat tashkiloti hisoblanadi hamda o‘z faoliyatini iqtisodiy mustaqillik va o‘z-o‘zini boshqarish tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zamin” bankining Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi faoliyatida uning a’zosi sifatida ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yevropa ta’mirlash va taraqqiyot bankining dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash uchun 20 mingdan 125 ming AQSh dollarigacha miqdordagi o‘rta muddatli mikro va kichik kreditlarga asoslangan kredit yo‘nalishi ajratish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi vakolatli banklarining kichik va o‘rta biznes korxonalari uchun, dehqon va fermer xo‘jaliklarini ham qo‘shgan holda, sarmoya loyihalariga ajratilgan xorijiy kreditlarni qayta taqsimlashdan tushadigan vositachilik yig‘imlarining umumiy miqdori subkredit summasidan olinadigan yillik foydaning 0,15 foizidan oshmasligi lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy kredit yo‘nalishlari bo‘yicha olingan kreditlarni to‘lash muddati ular subzayomga qayta taqsimlanayotganida 3 oydan ortiq muddatga qisqartirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qo‘yilsinki, budjetdan tashqari fondlarning kichik va o‘rta biznes korxonalariga kredit berish bo‘yicha barcha operatsiyalari tijorat banklari, jumladan, “Tadbirkorbank” va “Zamin” banki orqali, budjetdan tashqari fondlar va tijorat banklari o‘rtasida tuziladigan bosh bitimlar asosida kredit yo‘llari ochish orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi o‘zining ixtisoslashgan tashqi savdo firmalari orqali kichik va o‘rta biznes korxonalari ishlab chiqargan mahsulotlarni sotishni tashkil etsin. Ularga xorijiy bozorlarning marketing tadqiqotini o‘tkazishda ko‘maklashsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining hududiy bo‘limlari, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, mahalliy soliq va statistika xizmatlari bilan birgalikda 1998-yil 1-iyuliga qadar barpo etilgan va ishlab turgan kichik va o‘rta biznesga mansub barcha korxonalarning sonini aniqlash maqsadida, ularning ro‘yxatini inventarizatsiyadan o‘tkazsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy kichik va o‘rta korxonalarning Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining tegishli hududiy bo‘limlariga yoki Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasiga belgilangan tartibda a’zo bo‘lib kirishiga ko‘maklashish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rsinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasini, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasini barpo etilayotgan va tugatilayotgan kichik va o‘rta biznes korxonalari haqidagi axborot bilan har oyda ta’minlab tursinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi, O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddat ichida amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni mazkur Farmon qoidalariga muvofiqlashtirish haqida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 9-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1987-son