19.06.2015 yildagi 283-son
Hujjat 19.06.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik sudlari tomonidan ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) protsessual muddatlar to‘g‘risidagi normalarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga muvofiq Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
XPKda yoki boshqa qonunlarda protsessual muddatlar belgilanmagan hollarda ular sud tomonidan belgilanishi va uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. XPK 96-moddasining uchinchi qismiga muvofiq yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning o‘tishi kalendar sananing ertasidan yoki uning boshlanishi belgilab qo‘yilgan voqea sodir bo‘lgan kundan boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Sudlar inobatga olishlari kerakki, protsessual muddatlarning tugashi bilan ishda ishtirok etuvchi shaxslar protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini yo‘qotadi. Protsessual muddatlar o‘tkazilib berilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlar, agar o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma bo‘lmasa, sud tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va ularni bergan shaxslarga qaytariladi. Ushbu qoida XPK va boshqa qonun hujjatlari talablari yoki sud topshirig‘iga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar bajarishi lozim bo‘lgan protsessual harakatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday holatda protsessual muddatlarning o‘tkazib yuborilganligi ushbu shaxslarni ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Protsessual muddatning tugash kuni XPKning 97-moddasiga muvofiq aniqlanadi. Protsessual muddatning tugash kuni deganda, ushbu muddatning oxirgi kuni, agar oxirgi kuni ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. XPK 99-moddasining birinchi qismiga ko‘ra sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasi bo‘yicha ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatning o‘tkazib yuborilishi sabablarini uzrli deb topsa, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. XPK 99-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra sud tomonidan belgilangan protsessual muddatlarni uning o‘zi uzaytirishi mumkin. Bunda nazarda tutish kerakki, sudlar XPK yoki boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatlarni uzaytirish huquqiga ega emaslar. Qonun hujjatlarida protsessual muddatlarni uzaytirish nazarda tutilgan hollar (masalan, XPK 125-moddasining ikkinchi qismi) ushbu qoidadan istisno bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza (XPK 108-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari), da’vo arizasi (ariza) (XPK 125-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari, 15517-moddasining birinchi qismi), apellatsiya shikoyati (protesti) (XPK 167-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari), kassatsiya shikoyati (protesti) (XPK 185-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari), nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza (XPK 1921-moddasining beshinchi qismi), qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza (XPKning 207-moddasi), sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza (XPK 217-moddasining to‘rtinchi qismi) XPKda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudlar inobatga olishlari kerakki, ish XPKning 125 va 15517-moddalarida belgilangan muddatlarda ko‘rilishi hamda ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjati qabul qilingan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda tayyorlanishi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
14. XPK 125-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq alohida hollarda ishni ko‘rish muddati xo‘jalik sudining raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
XPKda ishni ko‘rish muddatini uzaytirish uchun asoslar bo‘lganda, uni bir necha marotaba uzaytirishni taqiqlovchi normalar mavjud emas. Biroq bunda ishni ko‘rishning umumiy muddati ikki oydan oshishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
15. XPKning 22-moddasi, 38-moddasining beshinchi qismi, 41 va 42-moddalari, 115-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, 120-moddasining birinchi qismi, 128-moddasining ikkinchi qismi, 131-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ishni ko‘rish yangidan boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. XPK 115-moddasi ikkinchi qismining mazmuniga ko‘ra ayni bir shaxslar ishtirok etuvchi bir turdagi bir necha ish bitta ish yuritishga birlashtirilgan taqdirda, birlashtirilgan ishni ko‘rish muddati dastlabki da’voni ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Bir yoki bir necha birlashtirilgan talab XPK 115-moddasining uchinchi qismiga asosan alohida ish yuritishga ajratilgan taqdirda, ajratilgan talabni ko‘rish muddati ham dastlabki da’voni ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. XPK 77-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan da’voni ta’minlash choralari bunday choralarni ko‘rish to‘g‘risidagi ariza xo‘jalik sudiga tushganidan keyingi kundan kechiktirmasdan nizoni hal etayotgan sudya tomonidan ko‘riladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. XPK 131-moddasining birinchi qismiga muvofiq asoslar mavjud bo‘lganda ishni ko‘rish keyinga qoldirilishi mumkin. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, sud majlisi ishni ko‘rishga to‘sqinlik qilayotgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan oqilona muddatga qoldirilishi lozim, biroq ishni ko‘rish muddati qoldirishlarni hisobga olgan holda XPKning 125-moddasida nazarda tutilgan bir oylik muddatdan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
20. XPK 134-moddasining beshinchi qismiga ko‘ra xo‘jalik sudlov ishlarini yuritishning ishtirokchilari bayonnoma imzolanganidan keyin uch kunlik muddatda sud majlisining yoki protsessual harakatning bayonnomasi bilan tanishish hamda uning to‘la-to‘kisligi va to‘g‘ri tuzilganligi xususida o‘z fikr-mulohazalarini berish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudlar hisobga olishlari kerakki, asoslantirilgan hal qiluv qarorini tuzish uchun XPK 145-moddasining birinchi qismida belgilangan muddat hal qiluv qarorini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish uchun XPKning 148-moddasida nazarda tutilgan besh kunlik muddat hisobiga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. XPK 149-moddasi ikkinchi qismining mazmuniga ko‘ra qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish masalasi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar, ya’ni u qabul qilingan kundan boshlab bir oylik muddat tugaguniga qadar, huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha o‘n kunlik muddat tugaguniga qadar qo‘yilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
23.1. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish masalasi sudya tomonidan XPK 122-moddasining birinchi qismiga mos holda o‘n kunlik muddatda hal etiladi. Bunda inobatga olish kerakki, o‘n kunlik muddatni hisoblash shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi arizani taqdim etish mumkin bo‘lgan, XPK 1921-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan uch yillik protsessual muddat qat’iy bo‘lib, u tiklanmaydi. Belgilangan muddat o‘tkazib yuborilgan holda berilgan arizalar ilgari taqdim etilganidan qat’iy nazar ko‘rib chiqilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. XPK 1921-moddasining beshinchi qismiga muvofiq nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza bir oylik muddatda, ish talab qilib olinadigan va tekshiriladigan hollarda esa ikki oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
28. XPK 213-moddasining birinchi qismiga muvofiq ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan yoxud ijroni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etishda belgilangan protsessual muddat tugagan kundan yoxud ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan boshlab olti oydan kechiktirmasdan taqdim etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
29. XPK 216-moddasining birinchi qismiga ko‘ra undiruvchining ijro varaqasi dublikatini berish to‘g‘risidagi arizasi ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat tugaguniga qadar berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Ishlarni ko‘rishda sudlar XPK va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan protsessual muddatlarga qat’iy va so‘zsiz rioya qilishlari va nizolarni qisqa muddatlarda ko‘rib chiqishni ta’minlashlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.