O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktorining 2007-yil 12-fevraldagi 11-sonli “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari va kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchilar o‘rtasida mulkning bo‘linish chegaralari hamda muhandislik kommunikatsiyalarini saqlash uchun javobgarlik to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1659, 2007-yil 27-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 9-10-son, 90-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.