Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Hujjat 03.02.2014 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi PF-3079-son Farmonida nazarda tutilgan imtiyozlar mazkur Farmon qabul qilingan sanada yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘taganligi to‘g‘risida belgilangan tartibda berilgan tasdiqnomaga ega bo‘lgan shaxslarga, ular pensiya yoshiga yetganda tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 30-son, 387-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lash chegarasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 28-fevraldagi 71-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 12-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga” so‘zlaridan keyin “yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi nogiron xodimlarga” so‘zlari qo‘shilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi