O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2002-yil 30-maydagi PF-3079-son Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi PF-3079-son Farmonida nazarda tutilgan imtiyozlar mazkur Farmon qabul qilingan sanada yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘taganligi to‘g‘risida belgilangan tartibda berilgan tasdiqnomaga ega bo‘lgan shaxslarga, ular pensiya yoshiga yetganda tatbiq etiladi.
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagani to‘g‘risidagi tasdiqnomaga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni:
Oldingi tahrirga qarang.
sanatoriy-kurortga har yilgi bepul yo‘llanmalar bilan ta’minlash, tibbiy ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda ishlayotganlar uchun ish joyi bo‘yicha O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ijtimoiy sug‘urta budjeti mablag‘lari hisobiga, ishlamayotganlar uchun esa bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari orqali davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
bepul protez-ortopediya buyumlari (tishni protezlashdan tashqari) va eshitish apparatlari bilan ta’minlash belgilangan tartibda berilgan tibbiy xulosalarga binoan amalga oshiriladi.
3. Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi nogiron shaxslarga sog‘lomlashtirish uchun har yili bir yo‘la beriladigan moddiy yordam:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
ishlamayotgan nogironlarga — yashash joyidagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan;
(3-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi radiatsiyadan zarar ko‘rgan sobiq harbiy xizmatchilardagi rivojlangan kasalliklar sabablarini va ularning professional xarakterini aniqlash metodini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Shu asosda yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarning pensiya yoshi surishtirib aniqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarning imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnomasi shaklini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda ushbu guvohnomalarning tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari orqali berilishini amalga oshirsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga 2-ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining “Davolash-profilaktika muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qarori bilan tasdiqlangan Ambulatoriyada davolashda dori-darmonlar bepul beriladigan kasalliklar va shaxslar ro‘yxatiga (4-ilova) quyidagi mazmundagi 13-band qo‘shilsin:
“13. Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lash chegarasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 28-fevraldagi 71-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 12-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga” so‘zlaridan keyin “yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi nogiron xodimlarga” so‘zlari qo‘shilsin.