Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida” 1997-yil 6-oktabrdagi PF-1869-son Farmonini bajarish, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki, Koreya Respublikasi Hukumatining Iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha hamkorlik jamg‘armasi, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan kreditlardan to‘liq, maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash uchun 1-ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus komissiya tuzilsin.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish uchun berilayotgan kredit resurslaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin. Ajratilgan kreditlarning o‘zlashtirilishi to‘g‘risida Hukumatga muntazam ravishda, har yarim yilda kamida bir marta axborot berib tursin;
8. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki, Koreya Respublikasi Hukumati va Yaponiya Hukumati tomonidan berilayotgan kreditlar mablag‘lari hisobiga yetkazib berilayotgan asbob-uskunalar, o‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalar va o‘qitishning texnik vositalari bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin, bojxona yig‘imlari bundan mustasno.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi