13.05.2015 yildagi 120-son
Hujjat 18.05.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-son qaroriga muvofiq, “Elektron hukumat” tizimi doirasida idoralararo axborot hamkorligini takomillashtirish, aholiga va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Yagona reyestrni shakllantirish va yuritish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq davlat organlari bilan birgalikda Yagona reyestr operatori tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Xatti-harakatlar

Subyektlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestri axborot tizimini yaratish va ishga tushirish.

Yagona reyestr operatori

2015-yil 1-iyulgacha

2-bosqich

Aholiga va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini xatlovdan o‘tkazish va reglamentlash.

Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari

2015-yil 1-sentabrgacha

3-bosqich

Yagona reyestrga davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, ularni ko‘rsatish reglamentlarini, shakllar va blankalar namunalarini, shuningdek davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi organlarga beriladigan qo‘shimcha ma’lumotlar va axborotni elektron ko‘rinishda kiritish.

Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari

2015-yil 1-oktabrgacha

4-bosqich

Davlat xizmatining uni ko‘rsatish reglamentiga muvofiqligi yuzasidan davlat xizmati ko‘rsatish to‘g‘risida kiritilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqish, Yagona reyestrda ro‘yxatga olish (o‘zgartirishlar kiritish).

Yagona reyestr operatori

bir hafta muddatda

5-bosqich

Davlat xizmatining Yagona reyestrda ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnomani yuborish.

Yagona reyestr operatori

ro‘yxatga olingan kundan keyin 1 ish kuni mobaynida

Talablar buzilgan taqdirda davlat xizmatining Yagona reyestrda ro‘yxatga olinishini rad etish va bartaraf etish uchun aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risidagi bildirishnomani yuborish.

Yagona reyestr operatori

5 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va davlat xizmati to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni Yagona reyestrga takroran kiritish.

Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari

3 ish kuni mobaynida

7-bosqich

Yagona reyestrda ro‘yxatga olingan davlat xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi reglamentga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron ko‘rinishda Yagona reyestrga kiritish.

Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari

o‘zgartirish kiritilgan paytdan boshlab 1 ish kuni mobaynida

Yagona reyestrda ro‘yxatga olingan davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni ushbu sxemaning 4 va 5-bosqichlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish.

Yagona reyestr operatori

belgilangan muddatlarda

Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida” va “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga muvofiq idoralararo elektron hamkorlik tizimini qo‘llagan holda davlat xizmatlari ko‘rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibini belgilaydi.
6. Ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi idoralararo elektron so‘rovlar va ularga javoblarni uzatish, ularning ishlashini ta’minlash idoralararo elektron hamkorlik tizimining asosiy funksiyasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.