O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq hamda daromadlar va xarajatlarni buxgalteriyada hisobga olishning yagona uslubiyotini ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
me’yorlanadigan xarajatlar normativlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ko‘rsatib o‘tilgan Nizomning soliq solishning soddalashtirilgan shaklini qo‘llovchi kichik korxonalar hamda yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan qo‘llanilishi bo‘yicha yo‘riqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarning qayta ko‘rib chiqilishini hamda mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash hamda buxgalteriya hisoboti schyotlari tizimini takomillashtirish haqida” 1994-yil 26-martdagi 164-son qarorining 1, 2 va 3-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-yil, 3-son, 19-modda);
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-martdagi 164-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1995-yil 18-dekabrdagi 461-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-yil, 12-son, 48-modda).
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Mazkur Nizom xo‘jalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslarning, shuningdek yuridik shaxs bo‘lmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashning yagona metodologik asoslarini belgilaydi.
Nizom buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida xarajatlarni hisoblab chiqishda paydo bo‘ladigan tafovutlar hisobga olingan holda ishlab chiqilgan. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatbardoshliligini aniqlash maqsadida ular faoliyatining xarajatlarini hisoblab chiqish va moliyaviy natijalarini aniqlash buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi hisoblanadi. Soliq solinadigan daromad (foyda) xo‘jalik yurituvchi subyektlar xarajatlarining ayrim moddalarini soliq haqidagi qonunlarga muvofiq soliq solinadigan bazaga kiritish yo‘li bilan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Nizomda xarajatlarni guruhlash va moliyaviy natijalarni shakllantirishning asosiy qoidalari mavjuddir.
1-ilovada hisobot davridagi sof foydani hisoblab chiqishda korxona daromadlaridan chiqarib tashlanadigan, biroq soliq haqidagi qonunlarga muvofiq daromad (foyda)dan olinadigan soliqni hisoblab chiqishda xo‘jalik yurituvchi subyektning soliq solinadigan bazasiga kiritiladigan xarajatlar moddalari keltirilgan.
2-ilovada ular paydo bo‘lgan paytda soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanmaydigan, biroq keyingi yoki ancha keyingi davrlarda (vaqtdagi tafovut) chiqarib tashlanadigan xarajatlar ro‘yxati beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom asosida ayrim tarmoqlar xarajatlari tarkibi va ularni hisobga olish xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Nizomda keltirilgan xarajatlar tasnifi eng avvalo buxgalteriya hisobida xarajatlarni to‘g‘ri va to‘liq aks ettirishga, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini tuzish uchun uning faoliyati moliyaviy natijalarini (foyda yoki zararni) aniqlashga yo‘naltirilgandir.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi:
— mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:
— asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut, va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
— xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
— soliq to‘langungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:
— yilning sof foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, o‘zida daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to‘langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomga muvofiq mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar va davr xarajatlari ro‘yxati:
xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining rentabelligini va bozor raqobatbardoshliligini aniqlash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish davomida xo‘jalik yurituvchi subyektda paydo bo‘ladigan barcha xarajatlar to‘g‘risida buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘liq va aniq axborot shakllantirilishi;
v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar;
ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar:
xo‘jalik yurituvchi subyektning umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlari:
favqulodda zararlar, u daromad (foyda)dan olinadigan soliq to‘langunga qadar foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:
1.1.1. Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko‘rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xomashyo va materiallar.
1.1.2. Normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o‘rash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o‘tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xarid qilinadigan materiallar, shuningdek asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, instrumentlar, moslamalar, inventar, priborlar laboratoriya asbob-uskunalari va asosiy fondlarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalarining eskirishi, maxsus kiyim-bosh va boshqa arzonbaho ashyolarning eskirishi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.1.3 Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektda montaj qilinadigan yoki qo‘shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar.
1.1.4. Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki tarkibiy bo‘linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo‘lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ishlar va xizmatlar.
Ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lgan ishlar va xizmatlarga mahsulot tayyorlash bo‘yicha ayrim operatsiyalarni bajarish, xomashyo va materiallarga ishlov berish, iste’mol qilinayotgan ashyo va materiallar sifatini aniqlash uchun sinovlar o‘tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ichida tashqi yuridik shaxslarning transport xizmatlari (xomashyo, materiallar, instrumentlar, detallar, tanavorlar, yuklarning boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan sexga keltirish va tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan xizmatlarga tegishli bo‘ladi.
1.1.5. Tabiiy xomashyo (er rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan erni rekultivatsiya qilish ishlariga haq to‘lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq to‘lash, sanoat korxonalari tomonidan suv xo‘jaligi tizimidan belgilangan limitlar doirasida va undan ortiqcha olinadigan suv uchun haq to‘lash. Sanoatning xomashyo tarmoqlari uchun — yog‘och-taxta materiallardan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof muhitni tiklash xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
1.1.6. Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg‘ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha transport ishlari.
1.1.7. Xo‘jalik yurituvchi subyektning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo‘jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya. (Xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga va energiyaning boshqa turlariga, shuningdek xarid qilinadigan energiyani iste’mol joyigacha transformatsiya qilish va uzatish xarajatlari xarajatlarning tegishli elementlariga kiritiladi).
1.1.8. Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yo‘qolish normalari doirasida va ulardan ortiqcha yo‘qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.1.9. Xo‘jalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bog‘liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to‘lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar).
1.1.10. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi.
1.1.11. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan qaytariladigan chiqitlar qiymati va idish va o‘rash-joylash materiallari qiymati ularning amalda sotilishi, foydalanilishi yoki omborga kirim qilinishi narxi bo‘yicha chiqarib tashlanadi.
1.1.12. “Moddiy xarajatlar” elementi bo‘yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan barter bitishuvlarida, qo‘shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan to‘lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig‘imlardan, transportda tashishga haq to‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq to‘lashdan kelib chiqib shakllanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi:
1.2.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan bajarilgan ishni hisobga olish bo‘yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.2.3. Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsiya tusidagi to‘lovlar, shu jumladan:
1.2.3.1. Texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qo‘shimcha haq;
1.2.3.2. Ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo‘shib olib borganlik va xizmat ko‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;
1.2.3.3. Hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati bo‘yicha og‘ir, zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar;
1.2.3.4. Aloqa, temir yo‘l, daryo, avtomobil transporti va katta yo‘llar xodimlarining va doimiy ishi yo‘lda o‘tadigan yoki qatnov tusiga ega bo‘lgan boshqa xodimlarning ish haqiga, xo‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan jo‘nagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha to‘lanadigan yo‘lda o‘tgan har bir sutka uchun to‘lanadigan ustamalar;
1.2.3.5. Qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita band bo‘lgan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajarishgan xodimlar uchun ishning ko‘chma va qatnov xususiyati uchun ustama;
Keyingi tahrirga qarang.
1.2.3.6. Doimiy ravishda yer osti ishlarida band bo‘lgan xodimlarga ularning shaxtada (konda) ish joyiga jo‘nab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha o‘tadigan normativ vaqt uchun qo‘shimcha haq;
1.2.3.7. Mehnatga haq to‘lashning rayonlar bo‘yicha tartibga solinishiga, shu jumladan rayon koeffitsiyentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho‘l, suvsiz va yuqori tog‘ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan to‘lovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
1.2.3.8. Xo‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan (yig‘ilish punktidan) ish joyiga va orqaga qaytadigan yo‘lda o‘tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek xodimlarning meteorologiya sharoitlariga ko‘ra va transport tashkilotlarining aybi bilan yo‘lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi, oklad miqdorida to‘lanadigan summalar (vaxta usulida ishni bajarishda).
1.2.4. Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish (ortiqcha ishlangan ish vaqti uchun dam olish) kunlari uchun haq to‘lash.
Keyingi tahrirga qarang.
1.2.5.1. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (har yilgi) va qo‘shimcha ta’tillar, navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar, o‘smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek tibbiy ko‘riklardan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash.
Keyingi tahrirga qarang.
1.2.5.2. Majburiy ta’tilda bo‘lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda, haq to‘lash;
1.2.5.3. Donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to‘lash;
1.2.5.4. Davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig‘inlar, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha yig‘inlar va boshqalar) mehnat haqi to‘lash.
1.2.6. Xo‘jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to‘lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi.
1.2.7. Belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondiga kiritiladigan to‘lovlarning boshqa turlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1.3.1. Qonun hujjatlari bilan belgilangan normalar bo‘yicha mehnatga haq to‘lash fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.3.2. Nodavlat pensiya jamg‘armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaga va ixtiyoriy sug‘urtaning boshqa turlariga ajratmalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1.4.1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi (hisoblangan eskirish), lizing bo‘yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham shu jumlaga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.4.2. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar eskirishi har oyda xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan foydali foydalanish muddatidan (biroq xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas) kelib chiqib hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli bo‘ladi. Foydali foydalanish muddatini aniqlash imkoni bo‘lmagan nomoddiy aktivlar bo‘yicha eskirish normasi besh yil hisobiga belgilanadi, biroq xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlarni hisobga olishning navbatdagi kompleks moddalari 1.1, 1.2, 1.3, 1.4-bandlarda keltirilgan xarajatlar elementlari bo‘yicha ajratiladi.
1.5.1.1. Ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, yonilg‘i, energiya, instrument, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari.
1.5.1.2. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari (texnik ko‘rik va qarov, o‘rtacha, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari). Asosiy ishlab chiqarish vositalarini barcha turda (joriy, o‘rtacha, mukammal) tuzatishlarni xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z kuchi bilan o‘tkazish ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlari (moddiy xarajatlar, mehnat haqi to‘lash xarajatlari va boshqalar) bo‘yicha mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi
Zarurat bo‘lganda, ayrim tarmoqlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan mukammal tuzatish ishlarini o‘tkazish uchun mablag‘lar zaxirasini tashkil qilishlari mumkin. Ushbu zaxiraga ajratmalar “Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar” elementi tarkibida aks ettiriladi va ko‘zda tutilayotgan xarajatlar qiymati hamda asosiy vositalar har bir obyektini mukammal tuzatishlarning davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Zaxiraga ajratmalar normasi har bir hisobot yili oxirida qayta ko‘rib chiqiladi va zarurat bo‘lganda yangi moliya yili uchun ajratmalar miqdori ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Agar mukammal tuzatishga zaxira mablag‘lari summasi ushbu obyektni tuzatishga qilingan haqiqiy xarajatlar summasidan oshib ketsa, oshib ketgan summa bo‘yicha tuzatish kiritilishi kerak; agar haqiqiy xarajatlar zaxiradagidan oshib ketsa, u holda oshib ketgan summa “Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar” elementi tarkibida aks ettiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.5.1.3. Yong‘indan saqlash va qo‘riqlashni hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning texnikaviy foydalanish qoidalari bilan nazarda tutilgan boshqa maxsus talablarni ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari.
Idoradan tashqari qo‘riqlash xarajatlari bunday qo‘riqlash mavjud bo‘lishini talab qiluvchi mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar mavjud bo‘lgan taqdirda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritilishi mumkin.
1.5.1.4. Ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarni joriy ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar.
1.5.1.5. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlaridagi fondlarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq joriy xarajatlar, shu jumladan ifloslantiruvchi moddalarni yo‘l qo‘yiladigan normalar doirasida va undan ortiqcha atrof-muhitga chiqarganlik uchun to‘lovlar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.5.1.6. Ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatning normal sharoitlarini va texnika xavfsizligini ta’minlash xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
1.5.1.7. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lgan sog‘liqni muhofaza qilish tadbirlari.
1.5.1.8. Tekin ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, xo‘jalik yurituvchi subyekt xodimlariga beriladigan tekin uy-joy haqini to‘lash xarajatlari (yoki uy-joy, kommunal xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summasi).
1.5.1.9. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan formali kiyim-bosh, maxsus ovqatlar) (yoki ular pasaytirilgan narxlar bo‘yicha sotilishi munosabati bilan imtiyozlar summasi);
Keyingi tahrirga qarang.
1.5.1.10. Ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan boshqaruvning texnik vositalarini, aloqa uzellarini, signalizatsiya vositalarini, boshqaruvning boshqa texnik vositalarini, hisoblash markazlarini saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari.
1.5.1.11. Qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazganlik uchun tibbiy muassasalarga haq to‘lash.
Keyingi tahrirga qarang.
1.5.2. Ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan xizmat safarlariga yuborish bo‘yicha normalar doirasida va ulardan ortiqcha xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.5.3. Ishlab chiqarish ishchilarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy sug‘urta qilish xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
1.5.6. Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli xizmat ko‘rsatish xarajatlari.
1.5.8. Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo‘qolishi munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz to‘lanadigan nafaqalar.
1.5.9. Umumiy foydalaniladigan yo‘lovchilar transporti xizmat ko‘rsatmaydigan yo‘nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog‘liq xarajatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
1.5.10. Obyektlarni davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga qurishda qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish bilan bog‘liq xarajatlar.
(1.5.-kichik bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-iyundagi 261-sonli qarori asosida 1.5.10-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2003-y., 11-son, 88-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va umumxo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Quyida 2-band bo‘yicha sanab o‘tilgan barcha xarajatlar xarajatlarning kompleks moddalari hisoblanadi va ularni hisobga olish mazkur Nizomning 1.5-bandi muqaddimasida ko‘rsatilganidek xarajatlar elementlari bo‘yicha tashkil etiladi.
2.1.1. Tovarlarni temir yo‘l, havo, avtomobil, dengiz, daryo transportida va ot-ulovda tashish xarajatlari. Ushbu moddaga tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun to‘langan jarimalar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2.1.2.1. Nizomning 1.2-bandida sanab o‘tilgan, mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog‘liq mehnatga haq to‘lash xarajatlari, ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari.
2.1.2.2. Nizomning 1.3-bandiga muvofiq, 2.1.2.1. bandga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga xarajatlar.
2.1.2.3. Savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari.
2.1.2.5. Sanitariya kiyim-boshi, oshxona dasturxon va sochiqlari, arzonbaho, tez eskiradigan buyumlar, oshxona idish-tovog‘i va anjomlari eskirishi.
Keyingi tahrirga qarang.
2.1.2.9. Tashish, saqlash va sotish chog‘ida tovarlarning norma doirasida va undan ortiqcha yo‘qotilishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2.1.2.13. Ventilyatorlar, mashinalar va ularning harakatlanuvchi qismlarini o‘rnatish va saqlash, tuynuklar, o‘yiqlar va boshqalarning atrofini o‘rash bo‘yicha joriy (nomukammal tusdagi) xarajatlar.
2.1.2.15. Maxsus kiyim-bosh va maxsus poyabzal va yakka tartibdagi himoyaning boshqa vositalari yuvilganligi, tuzatilganligi va dezinfeksiya qilinganligi uchun kir yuvuvchilar, tuzatuvchilar va boshqa yuridik shaxslarga haq to‘lash.
Keyingi tahrirga qarang.
2.1.2.17. Umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi uchun tibbiyot muassasalariga haq to‘lash.
2.1.2.19. Umumiy ovqatlanish korxonalarida qog‘oz salfetkalar, qog‘oz dasturxonlar, qog‘oz stakanlar va taryelkalar, bir marta foydalaniladigan anjomlar qiymati.
2.1.3. Sotish bozorlarini o‘rganish bo‘yicha belgilangan normativlar doirasida va undan ortiqcha xarajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar).
Keyingi tahrirga qarang.
2.2.1. 1.2-bandda sanab o‘tilgan boshqaruv xodimlariga tegishli bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari.
2.2.2. 1.3-bandda sanab o‘tilgan boshqaruv xodimlariga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar.
2.2.3. Xizmat yengil avtotransportiga va xizmat mikroavtobusini saqlash, yollash va ijaraga olish xarajatlari.
2.2.4. Xo‘jalik yurituvchi subyekt va uning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish va ularni boshqarish xarajatlari.
2.2.5. Boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, signalizatsiya vositalari, hisoblash markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli bo‘lmagan boshqaruvning boshqa texnik vositalarini saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari.
2.2.6. Ijara, xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun aloqa uzellariga haq to‘lash (ATS, uyali, yo‘ldosh, peyjing aloqa).
Keyingi tahrirga qarang.
2.2.7. Shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari uchun belgilangan normativlar doirasida va ulardan ortiqcha haq to‘lash.
Keyingi tahrirga qarang.
2.2.9. Ma’muriy ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy vositalarni saqlash va ularni tuzatish, shuningdek eskirish (amortizatsiya) xarajatlari.
2.2.10. Yuqori tashkilotlar va yuridik shaxslar birlashmalari: vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqalar xarajatlariga ajratmalar.
2.2.11. Xodimlarni va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan mol-mulkni majburiy sug‘urta qilish.
2.2.12. Boshqaruv xodimlarini xizmat safarlariga yuborish bo‘yicha belgilangan normalar doirasida va undan ortiqcha xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
2.2.14. Umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqalarga binolarni tekin berish va kommunal xizmatlar qiymatiga haq to‘lash xarajatlari.
2.2.15. Bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lmagan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga ega bo‘lgan jamg‘armalarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq joriy xarajatlar, shu jumladan yo‘l qo‘yiladigan normalar doirasida va ulardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhitga chiqarilganligi (tashlanganligi) uchun to‘lovlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.1. Kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari, yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlash uchun normalar doirasida va ulardan ortiqcha kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.2. Loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish xarajatlarini qoplash, shuningdek obyekt qoshidagi omborgacha transportda tashish chog‘idagi shikastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib chiqqan taftish xarajatlari (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga o‘xshash boshqa xarajatlar yetkazib berish va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish yoki zarar ko‘rish uchun javobgar bo‘lgan yetkazib beruvchi yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobiga undirilishi mumkin bo‘lmagan darajada amalga oshiriladi.
2.3.4. Auditorlik xizmatlariga haq to‘lash, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi subyektning qatnashchilaridan (mulkdorlardan) birining tashabbusi bo‘yicha o‘tkaziladigan auditorlik xizmatlariga haq to‘lash.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.5. O‘zining xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo‘jaliklarni saqlashdan ko‘rilgan zararlar.
2.3.6. Salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvi bilan bog‘liq bo‘lmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari.
2.3.7. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlar (xizmatlar)ni (shahar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xo‘jaligiga yordam berish va boshqa xil ishlarni) bajarish xarajatlari.
2.3.8.2. Bir yo‘la to‘lanadigan mukofotlar va taqdirlashlar, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zining qaroriga ko‘ra ko‘p yillik xizmati uchun haq to‘lash (naturadagi to‘lovlar ham shu jumlaga kiradi), shuningdek, ular bo‘yicha ijtimoiy jamg‘armalarga o‘tkazilgan summalar.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.8.3. Qonun hujjatlariga yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zining qaroriga muvofiq majburiy progul vaqti yoki past haq to‘lanadigan ishni bajarganlik uchun haq to‘lash.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.8.4. Vaqtincha mehnat layoqatini yo‘qotgan taqdirda qonun hujjatlari bilan belgilangan, haqiqiy ish haqi miqdorigacha qo‘shimcha haq.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.8.5. Asosiy ish joyi bo‘yicha ishchilarga, xo‘jalik yurituvchi subyekt ishchi va mutaxassislariga ular ishdan ajragan holda malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimida o‘qigan vaqtda ish haqi to‘lash.
2.3.8.6. Ikki va undan ko‘p bolalari yoki o‘n olti yoshgacha nogiron bolasi bo‘lgan ayollarga qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha mehnat ta’tili haqini to‘lash.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.8.7. Xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa narsalarni bepul berish yoki xodimlar uchun ishlar, xizmatlarni bajarish.
2.3.8.8. Xodimlarning (ovqatlanishi, yo‘l kirasi, davolanish va dam olishga, ekskursiya va sayohatlarga yo‘llanmalari, sport seksiyalarida, to‘garaklarda, klublardagi mashg‘ulotlari, madaniy-ko‘ngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga qatnashishi, xodimlarning shaxsiy obunasi va iste’moli hamda boshqa shunga o‘xshash to‘lovlari) xarajatlarini qoplash.
2.3.9.1. Qonunchilikka muvofiq bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqani to‘lash bo‘yicha xarajatlar.
2.3.9.2. Pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqalar.
2.3.9.3. Amaldagi qonunchilikka muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlardan ularning qayta tashkil etilishi, xodimlar va shtatlar sonining qisqarishi munosabati bilan bo‘shab qoladigan xodimlarga to‘lovlar.
2.3.10. Sog‘liqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, sog‘lomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport obyektlari, xalq ta’limi muassasalari, shuningdek uy-joy fondi obyektlari ta’minotiga (shu jumladan barcha turdagi ta’mirlash ishlarini o‘tkazishga amortizatsiya ajratmalari va xarajatlarni ham qo‘shgan holda) joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan normativlar doirasidagi va ulardan ko‘proq xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.11. Vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlarini saqlash xarajatlari (boshqa manbalar hisobiga qoplanadigan xarajatlardan tashqari).
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.13. Ekologiya, sog‘lomlashtirish va boshqa xayriya jamg‘armalariga, madaniyat, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar.
2.3.14. Budjetga majburiy to‘lovlar, soliqlar, yig‘imlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq to‘lanadigan va xo‘jalik yurituvchi subyekt xarajatlariga qo‘shiladigan maxsus budjetdan tashqari jamg‘armalarga ajratmalar.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.15.2. Moddiy boyliklarning tabiiy yo‘qolishi normalari doirasidagi va normalardan ko‘proq, bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lmagan yo‘qotishlar hamda kamomadlar.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.15.3. Ishlab chiqarish zaxiralarini va tayyor mahsulotni eng past baholash usuli yoki sotishning sof qiymati bo‘yicha qayta baholash yoki bahosini pasaytirish natijasidagi zararlar.
2.3.15.7. Qonunchilikka muvofiq da’vo bildirish muddati o‘tgan va undirish noreal bo‘lgan boshqa qarzlar bo‘yicha debitorlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan zararlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanishi shubhali qarzlarni hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan zararlar.
2.3.15.9. Tabiiy ofatlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulotlar va boshqa moddiy boyliklarning nobud bo‘lishi va buzilishi, ishlab chiqarishning to‘xtashi va boshqalar tufayli yo‘qotishlar) tufayli ko‘rilgan qoplanmaydigan yo‘qotishlar va zararlar, shu jumladan tabiiy ofatlar oqibatlarining oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlar.
2.3.15.10. Aybdorlari aniqlanmagan o‘g‘irliklardan yoki aybdor tomon hisobidan zarur summani undirish mumkin bo‘lmagan hollarda ko‘rilgan zararlar.
2.3.15.11. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan uch va undan ko‘p yil mobaynida ishlatilgan asosiy vositalarni sotishdan ko‘rilgan zararlar, xo‘jalik yurituvchi subyektning, boshqa mol-mulkini (aktivlarini) sotishdan ko‘rilgan zararlar, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari va boshqa mol-mulklari (aktivlari)ning hisobdan chiqarilishi, tekin berilishi va boshqacha yo‘q bo‘lishidan ko‘rilgan zararlar.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.15.12. Xo‘jalik shartnomalari shartlarining, shu jumladan mahsulotni yetkazib beruvchilar va debitorlar aybi bilan buzilganligi uchun belgilangan yoki e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to‘lanmagan to‘lovlar va boshqa xil sanksiyalar, shuningdek yetkazilgan zararlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu bo‘limda sarmoya bilan ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lmagan va sarmoya bilan ta’minlanadigan asosiy vositalar qiymatiga qo‘shilmaydigan xarajatlar sanab o‘tilgan.
2.4.1. Xo‘jalik yurituvchi yangi subyektlar, ishlab chiqarishlar, sexlar, agregatlarni o‘zlashtirishga xarajatlar:
2.4.1.1. Mashina va mexanizmlarning ayrim turlarini yakka tartibda sinab ko‘rish hamda barcha turdagi asbob-uskunalar va texnik qurilmalarni ularning o‘rnatilish sifatini tekshirib ko‘rish maqsadida (ishlatilmayotgan holatda) kompleks sinab ko‘rish.
2.4.1.2. Asbob-uskunalarni ishlab chiqargan zavodlar yoki ularning topshirig‘iga binoan ixtisoslashtirilgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan shefmontaj.
2.4.1.3. Qurilayotgan korxona direksiyasining, direksiya bo‘lmagan taqdirda — texnik nazorat guruhining xarajatlari (ma’muriy xarajatlar), shuningdek xo‘jalik yurituvchi yangi subyektlar va obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish bilan bog‘liq xarajatlar.
2.4.1.4. Yangi ishga tushiriladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlash uchun kadrlar tayyorlashga xarajatlar.
2.4.2. Yangi texnologiyalarni yaratish va qo‘llanayotgan texnologiyalarni takomillashtirish bo‘yicha, shuningdek ilmiy-tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik ishlarini o‘tkazish, xomashyo va materiallarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan bog‘liq bo‘lgan mahsulotlar sifatini oshirish bo‘yicha xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
2.4.4. Seriyali va keng ko‘lamda chiqariladigan mahsulotlar yangi turlarini ishlab chiqarishni hamda texnologik jarayonlarni tayyorlash va o‘zlashtirish xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
2.4.6. Ixtirochilik va ishlab chiqarish tusidagi ratsionalizatorlikka, tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflar bo‘yicha modellar va namunalarni tayyorlash va sinab ko‘rish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‘yicha ko‘rgazmalar va ko‘riklar, tanlovlar, sertifikatlashni hamda boshqa tadbirlarni tashkil etish, mualliflik mukofotlarini to‘lash hamda boshqa xarajatlar.
2.4.7. Qazilmalarni qazib olish sohalaridagi tayyorgarlik ishlari xarajatlari, agar ular kapital xarajatlarga taalluqli bo‘lmasa (ya’ni asosiy fondlar sifatida sarmoya bilan ta’minlanmasa).
2.4.8. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, ishlab chiqarish liniyalarini rivojlantirish (takomillashtirish) xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
3.1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari doirasida va ulardan yuqori doirada qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha, shu jumladan to‘lov muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha to‘lovlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3.4. Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shu’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar.
Favqulodda zararlar — bu xo‘jalik yurituvchi subyektlarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida vujudga keladigan va ro‘y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar moddalaridir. Bunga favqulodda moddalar va davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak bo‘lgan o‘tgan davr moddalari kirmaydi.
U yoki bu moddaning favqulodda zararlar moddasi sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
Tegishli moddalarni favqulodda xarajatlarga kiritish yoki kiritmaslik to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda ishlar amalga oshiriladigan sharoitlarni ham hisobga olish lozim. Masalan, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo‘lsa, u holda — iqlim sharoitlariga bog‘liq holdagi ishlamay turib qolishlar favqulodda deb baholanishi mumkin emas, chunki ushbu modda “bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak” mezoniga javob bermaydi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ularning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishi natijasida olinadigan daromadlari hisobotga quyidagi asosiy bo‘limlar bo‘yicha kiritiladi:
1.1. Sotishdan olingan sof tushum mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan, undan qo‘shilgan qiymat, aksiz solig‘i va eksport boj poshlinasi, chegirilgan tushum sifatida aniqlanadi. Unga tovarlarning qaytarilishi, xaridorlar uchun berilgan chegirmalar va boshqalar kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.2. Eksport faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, daromad (foyda)ni amaldagi qonunchilikka muvofiq hisoblab chiqaradilar.
1.3. Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushum buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi.
2.1. Undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to‘lanmagan qarzlar va xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha daromadlar.
2.3. Ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi boshqa daromadlar.
2.4. Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar.
Keyingi tahrirga qarang.
2.5. Da’vo bildirish muddati o‘tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3.2. O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulush qo‘shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bo‘yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3.4. Valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi operatsiyalar bo‘yicha ijobiy kurs tafovutlari.
3.5. Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shu’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar.
Favqulodda foyda moddalari — bu ko‘zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo‘lgan, hodisa yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiqadigan tusdagi operatsiyalar natijasida paydo bo‘ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning favqulodda moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo‘limida aks ettirilishi kerak bo‘lgan o‘tgan davrlardagi foyda kirmaydi.
Ushbu Nizomga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari hisobot davri mobaynida ishlab chiqarish schyotlarida va tayyor mahsulot schyotida shakllanishi kerak. Biroq bir turdagi mahsulotni seriyali (keng ko‘lamda) ishlab chiqarishda favqulodda holatlar tufayli kelib chiqqan favqulodda yoki bir galgi xarajatlar tayyor mahsulot tannarxiga kiritilmasligi, balki sotish xarajatlari sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri hisobdan chiqarilishi kerak.
Tovar-moddiy boyliklar zaxiralarini, tugallanmagan ishlab chiqarishni, shuningdek kelgusi davrlar xarajatlarini baholash “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Kelgusi davrlar xarajatlari xarajatlarning alohida toifasini tashkil qiladi.Ular joriy davrda amalga oshiriladi, biroq keyingi hisobot davrlaridagi ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shiladi. Biroq mazkur Nizomga muvofiq ushbu xarajatlardan 2-ilovada keltirilgan ro‘yxatdagi xarajatlar chiqarib tashlanadi (ular Hisobot davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanadigan xarajatlari sifatida aks ettiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan baza quyidagicha hisoblab chiqariladi:
Daromad (foyda) solig‘i to‘langungacha bo‘lgan daromad (foyda) yoki zarar (Nizomning A — G bo‘limlariga muvofiq);
plyus 1-ilovada keltirilgan buxgalteriyadagi foyda bilan soliq solinadigan foyda o‘rtasidagi doimiy tafovutlar;
plyus yoki minus 2-ilovada keltirilgan sarflangan xarajatlarni soliq olinadigan bazadan chegirib tashlash vaqtidagi tafovutlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni
ishlab chiqarish va sotish
xarajatlarining tarkibi hamda
moliyaviy natijalarni shakllantirish
tartibi to‘g‘risida Nizomga
1-ILOVA
ishlab chiqarish va sotish
xarajatlarining tarkibi hamda
moliyaviy natijalarni shakllantirish
tartibi to‘g‘risida Nizomga
1-ILOVA
I. SOLIQ SOLINADIGAN BAZAGA* KIRITILADIGAN XARAJATLAR MODDALARI (ChEGIRILMAYDIGAN XARAJATLAR YOKI DOIMIY TAFOVUTLAR)
1.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan suv xo‘jaligi tizimlaridan belgilangan limitlardan ortiqcha olinadigan suv uchun to‘lov.
Keyingi tahrirga qarang.
1.2. Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy ishdan chiqish normalaridan ortiqcha nobudgarchiliklar, buzilishlar va kamomadlar.
1.3. Ayrim tarmoqlar xodimlariga bepul ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar, beriladigan ovqatlar, mahsulotlar qiymati, xodimlarga bepul beriladigan uy-joy haqini to‘lash xarajatlari (bepul berilmagan uy-joy, ko‘rsatilmagan kommunal xizmatlar va shu kabilar uchun pul kompensatsiyasi summasi).
1.4. Xo‘jalik yurituvchi subyekt xodimlariga “Ishlab chiqarish tannarxi” bo‘limining 1.2.7-bandida ko‘rsatilgan qo‘shimcha to‘lovlarning boshqa turlari.
1.5. Moddiy yordam (shu jumladan kooperativ uy-joy qurilishiga boshlang‘ich badal uchun, kooperativ va yakka tartibda uy-joy qurilishiga berilgan kreditni qisman to‘lash uchun xodimlarga bepul moddiy yordam).
Keyingi tahrirga qarang.
1.6. Jamoa shartnomasi bo‘yicha xodimlarga qo‘shimcha ravishda (qonunchilikda nazarda tutilgandan ortiqcha) berilgan ta’tillar, ular bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari.
1.7. Xodimlarga beriladigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning umumiy ovqatlanish uchun yordamchi xo‘jaliklar tayyorlaydigan mahsulotlar narxlari bo‘yicha tafovutlar.
1.8. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari qaroriga ko‘ra amalga oshiriladigan, ishlab chiqarish xodimlarining qonunchilikda nazarda tutilgan normalardan ortiqcha xizmat safarlari bilan bog‘liq to‘lovlar.
1.9. Nodavlat pensiya jamg‘armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaga va ixtiyoriy sug‘urtaning boshqa turlariga ajratmalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1.10. Jadallashtirilgan usulda amortizatsiyaga ajratilgan summa bilan soliq haqidagi qonunlarga muvofiq belgilangan normalar bo‘yicha amortizatsiyaga ajratilgan summa o‘rtasidagi tafovut.
1.11. Atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy normalardan ortiqcha tashlaganlik (oqizganlik) uchun to‘lovlar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.12. Tegishli vakolatli organlar qarorlarisiz to‘lanadigan, ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar tufayli mehnat qilish layoqatini yo‘qotishlar bilan bog‘liq nafaqalar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.14. Xizmat yengil transporti va xizmat mikroavtobusini saqlashga sarflanadigan xarajatlar, ularni yollash va ijaraga olish xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1.16. Shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlar uchun belgilangan normativlardan ortiqcha to‘lov.
Keyingi tahrirga qarang.
1.17. Yuqori organlar hamda yuridik shaxslar birlashmalari: vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqalar xarajatlariga ajratmalar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.20. Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun bepul binolar berish xarajatlari, ularga kommunal xizmatlar ko‘rsatish qiymatini to‘lash va boshqalar.
1.21. Ishlab chiqarish jarayoniga bevosita taalluqli bo‘lmagan, atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni ortiqcha tashlaganligi (oqizganligi) uchun yo‘l qo‘yiladigan normalardan ortiqcha to‘lovlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1.22. Xo‘jalik yurituvchi subyekt sohasiga to‘g‘ri kelmaydigan kasblar bo‘yicha va normalardan ortiqcha kadrlar tayyorlash xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
1.23. Loyihalardagi va qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni, shuningdek obyekt yonidagi omborga tashib keltirilgungacha sodir bo‘lgan buzilishlar va deformatsiyalarni bartaraf etish bo‘yicha xarajatlar, zanglashdan himoya qilishdagi kamchiliklar oqibatida tekshirib ko‘rish (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) bo‘yicha xarajatlar va shu kabi boshqa xarajatlar yetkazib berish va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga, ushbu xarajatlarni kamchiliklar, buzilishlar yoki nobudgarchiliklar uchun javobgar yetkazib beruvchi yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobiga undirish mumkin bo‘lmagan miqdorda, qoplanadi.
1.24. Xo‘jalik yurituvchi subyekt qatnashchilaridan (mulkdorlaridan) birining tashabbusi bo‘yicha amalga oshirilgan auditorlik xizmatlari uchun to‘lov.
1.25. O‘z xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo‘jaliklariga sarflangan xarajatlardan ko‘rilgan zararlar.
1.26. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmagan salomatlikni muhofaza qilish va dam olishni tashkil qilish tadbirlari xarajatlari.
1.27. Mahsulot ishlab chiqarish (shaharlar va shaharchalarni obodonlashtirish, qishloq xo‘jaligiga yordam ko‘rsatish va boshqa ish turlari) bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlar (xizmatlar)ni bajarishga xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan sarflangan xarajatlar.
1.28. Xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z qaroriga ko‘ra biryo‘la to‘lanadigan mukofotlar va taqdirlashlar, uzoq yil ishlaganlik uchun to‘lovlar, shu jumladan natura to‘lovlari, shuningdek ular bo‘yicha ijtimoiy jamg‘armalarga o‘tkazilgan summalar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.29. Xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa qimmatbaho buyumlarni bepul berish yoki xodimlar uchun ishlar, xizmatlarni bajarish.
1.30. Xodimlar xarajatlarini to‘lash (ovqatlanishga, yo‘l haqiga, davolanish va dam olishga, ekskursiyalarga, sayohatlarga yo‘llanmalarga, sport seksiyalarida, to‘garaklarda, klublarda mashg‘ulotlarga, madaniy-ko‘ngilochar tomoshalarga, jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga, obunaga va xodimlarning shaxsiy iste’mol tovarlariga va boshqa shu kabilarga to‘lovlar).
1.31. Pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqalar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.33. Sog‘liqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, sog‘lomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport obyektlari, xalq ta’limi muassasalari, shuningdek uy-joy fondi obyektlari ta’minotiga (shu jumladan barcha turdagi ta’mirlashlarni o‘tkazish uchun amortizatsiya ajratmalari va xarajatlarni ham qo‘shgan holda) joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan normativlardan ortiqcha xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.34. Ekologiya, sog‘lomlashtirish va boshqa xayriya jamg‘armalariga (agar ular yuridik shaxslar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa), madaniyat, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar.
1.35. Ishlab chiqarish jarayoniga bevosita tegishli bo‘lmagan moddiy boyliklarning tabiiy kamayish normalaridan ortiqcha nobudgarchiligi va kamomadi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.38. Aybdorlari aniqlanmagan o‘g‘irliklardan yoki aybdor tomon hisobidan zarur summani undirish mumkin bo‘lmagan hollarda ko‘rilgan zararlar.
1.39. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan uch yilgacha ishlatilgan asosiy vositalarni hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa mol-mulki (aktivlari)ni sotishdan ko‘rilgan zarar, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy vositalarini va boshqa mol-mulkini (aktivlarini) hisobdan chiqarish, tekin berish va ularning boshqacha tarzda kamayishidan ko‘rilgan zararlar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.40. Xo‘jalik shartnomalari shartlarining, shu jumladan mahsulot yetkazib beruvchilar va debitorlar aybi bilan buzilganligi uchun belgilangan yoki e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, neustoykalar va boshqa xil sanksiyalar, shuningdek yetkazilgan zararlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1.44. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalaridan ortiqcha qisqa muddatli bank kreditlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha, shuningdek to‘lov muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha to‘lovlar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.47. Qimmatli qog‘ozlar qiymatini muddatidan oldin to‘lash munosabati bilan vujudga kelgan diskont, agar u budjetdan qarzlarni to‘lash bilan bog‘liq bo‘lmasa.
Keyingi tahrirga qarang.
1.48. Qayta baholashni o‘tkazish chog‘ida paydo bo‘ladigan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash maqsadida, inflatsiya jarayonlarini hisobga olish uchun tovar-moddiy zaxiralar qiymatining ortishi qayta baholash zaxira schyotiga kredit qilinadi va xo‘jalik yurituvchi subyekt foydasi tarkibida ko‘rsatilmaydi. Biroq soliq solinadigan bazani baholash maqsadida qiymatning bunday oshirilishi teskari tartibda ushbu ilovaga muvofiq balans foydaga qo‘shiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2.1.1. Amalda bajarilgan ishlar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlariga, shu jumladan mehnat unumdorligini hisobga olish bo‘yicha boshlang‘ich hujjatlarda nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlarga muvofiq ishbay baholar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish tusidagi hisoblab yozilgan ish haqi.
2.1.3. Ish tartibi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsiya tusidagi to‘lovlar, shu jumladan:
2.1.3.1. Texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan, tungi vaqtda, belgilangan vaqtdan tashqari, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustama va qo‘shimcha haqlar.
2.1.3.2. Ko‘p smenali tartibda ishlaganlik, kasblarni qo‘shib bajarganlik va xizmat ko‘rsatish tegrasini kengaytirganlik uchun ustamalar.
2.1.3.3. Hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati bo‘yicha og‘ir, zararli, o‘ta zararli mehnat sharoitlarida va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar.
2.1.3.4. Aloqa, temir yo‘l, daryo, avtomobil transporti va tosh yo‘llar xodimlari hamda doimiy ishi yo‘lda o‘tadigan yoki qatnov tusida bo‘lgan boshqa xodimlar ish haqiga, yo‘lda o‘tadigan har bir sutka uchun, xo‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan jo‘nab ketgan vaqtidan u erga qaytib kelgan vaqtigacha to‘lanadigan ustamalar.
2.1.3.5. Qurilishda, rekonstruksiya qilishda va to‘liq ta’mirlashda bevosita band bo‘lgan xodimlar uchun, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ishlar vaxta usulida bajarilganda, ishlarning ko‘chma va qatnov tusidaligi uchun ustamalar.
2.1.3.6. Yer osti ishlari bilan doimiy band bo‘lgan xodimlarga, ularning shaxtada (konda) ish joyiga jo‘nab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha o‘tadigan normativ vaqt uchun qo‘shimcha haq.
2.1.3.7. Mehnatga haq to‘lashning rayonlar bo‘yicha tartibga solinishiga, shu jumladan rayon koeffitsiyentlari hamda amaldagi qonunchilikka muvofiq cho‘l, suvsiz va yuqori tog‘ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan to‘lovlar.
2.1.3.8. Xo‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joy (to‘planish punkti)dan ish joyiga va orqaga qaytadigan yo‘lda o‘tadigan kunlar uchun vaxta usulida ishlash jadvalida nazarda tutilgan yo‘lda bo‘lingan kunlar uchun, shuningdek xodimlarning meteorologiya sharoitlari bo‘yicha va transport tashkilotlarining aybi bilan yo‘lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi, oklad miqdorida to‘lanadigan summalar (ishlar vaxta usulida bajarilganda).
2.1.4. Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlab hisobga olingan taqdirda va qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining normal davom etish muddatidan ortiqcha ishlaganlik munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari (ish vaqtidan tashqari ishlaganlik uchun beriladigan dam olish kunlari) uchun haq to‘lash.
2.1.5.1. Amaldagi qonunchilikka muvofiq navbatdagi (har yilgi) va qo‘shimcha ta’tillar, foydalanilmagan navbatdagi (har yilgi) ta’tillar va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiya, o‘smirlarning imtiyozli soatlari, onalarning chaqaloqni ovqatlantirish uchun ishdagi tanaffuslari, shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash.
2.1.5.2. Asosiy ish haqi qisman saqlanib qolgan holda majburiy ta’tilda bo‘lgan xodimlarga to‘lovlar.
2.1.6. Davlat vazifalarini (harbiy yig‘inlar, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha yig‘inlar va hokazo) bajarganlik uchun mehnat haqi to‘lash.
2.1.7. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan xodimlar mehnatiga haq to‘lash jamg‘armasiga belgilangan tartibga muvofiq kiritiladigan boshqa xil to‘lovlar.
2.2.1. Mazkur Nizomning 1.2-bandida sanab o‘tilgan boshqaruv xodimlariga tegishli xodimlar mehnatiga haq to‘lash xarajatlari.
2.2.2. Qonunchilikka muvofiq yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zining qaroriga ko‘ra majburiy ishga chiqilmagan vaqt yoki past haq to‘lanadigan ish bajarilganligi uchun haq to‘lash.
2.2.3. Mehnat layoqati vaqtincha yo‘qotilgan taqdirda qonunchilikda belgilangan amaldagi ish haqigacha bo‘lgan ustama.
2.2.4. Asosiy ish joyi bo‘yicha ishchilarga, xo‘jalik yurituvchi subyekt ishchilari va mutaxassislariga ular ishdan ajralgan holda malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimida o‘qigan vaqt uchun haq to‘lash.
* Izoh. Ushbu ilovaning birinchi qismida (1.1, 1.2, 1.11, 1.12, 1.21, 1.35, 1.36, 1.37,1.38, 1.40, 1.41, 1.42, 1.47-bandlardan tashqari) nazarda tutilgan xarajatlar smetasi xo‘jalik yurituvchi subyektning vakolatli boshqaruv organi (qatnashchilar, muassislarning umumiy yig‘ilishi, aksiyadorlik jamiyatlarida esa kuzatuvchi kengash) tomonidan tasdiqlanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav jamg‘armasidagi davlat ulushi 25 foiz va undan ortiq bo‘lgan taqdirda xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Xarajatlarning ushbu moddalari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlarida davr xarajatlari sifatida hisobga olinadi. Biroq ular soliq olish maqsadlari uchun ularni soliq solinadigan bazaga kiritish uchun foydaga qaytadan hisobga olinadi, so‘ngra esa ushbu xarajatlarning butun foydali muddati davomida yoki 10 yil mobaynida, ushbu muddatlardan qaysi birining (vaqtlar bo‘yicha tafovutlarning) qisqa bo‘lishiga qarab, keyinchalik chiqarib tashlanadi.
Tovar-moddiy zaxiralarni davr xarajatlari sifatida hisobga olinadigan ikkita eng past tannarx: tannarx bo‘yicha yoki sof bozor narxi bo‘yicha baholash bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus ajratmalar soliq solinadigan bazani hisoblashda foyda tarkibiga qaytadan kiritiladi, biroq tovar-moddiy zaxiralar haqiqatan sotilgandan keyin chegirib tashlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu davrning soliq solinadigan bazasidan chiqarilmaydigan, biroq keyingi davrlarning soliq solinadigan bazasidan chiqariladigan xarajatlarga quyidagilar kiradi:
1. Xo‘jalik yurituvchi yangi subyektlar, ishlab chiqarishlar, sexlar va agregatlarni o‘zlashtirish xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mashina va mexanizmlarning ayrim turlarini yakka tartibda sinab ko‘rish hamda barcha turdagi asbob-uskunalar va texnik qurilmalarni, ularning o‘rnatilish sifatini tekshirib ko‘rish maqsadida (ishlatilayotgan holatda), kompleks sinab ko‘rish xarajatlari.
3. Asbob-uskunalarni yetkazib bergan zavodlar yoki ularning topshirig‘iga binoan ixtisoslashtirilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshiriladigan shefmontaj xarajatlari.
4. Qurilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt direksiyasining, direksiya bo‘lmagan taqdirda — texnik nazorat guruhining xarajatlari (ma’muriy xarajatlar), shuningdek xo‘jalik yurituvchi yangi subyektlar va obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish bilan bog‘liq xarajatlar.
5. Yangi ishga tushirilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlash uchun kadrlar tayyorlash xarajatlari.
6. Yangi texnologiyalarni yaratish va qo‘llanayotgan texnologiyalarni takomillashtirish bo‘yicha, shuningdek ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini o‘tkazish, xomashyo va materiallarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan bog‘liq bo‘lgan mahsulotlar sifatini oshirish bo‘yicha xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Seriyali va keng ko‘lamda chiqariladigan mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish hamda texnologik jarayonlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘zlashtirish xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Ixtirochilik va ishlab chiqarish tusidagi ratsionalizatorlik, tajriba-sinov ishlari o‘tkazish, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflari bo‘yicha modellar va namunalar tayyorlash va sinab ko‘rish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‘yicha ko‘rgazmalar va ko‘riklar, tanlovlar o‘tkazish, sertifikatlash hamda boshqa tadbirlarni tashkil etish xarajatlari, mualliflik mukofotlari to‘lash hamda boshqa xarajatlar.
11. Qazilmalarni qazib olish sohalaridagi tayyorgarlik ishlari bo‘yicha xarajatlar, agar ular kapital xarajatlarga taalluqli bo‘lmasa (ya’ni asosiy fondlar sifatida sarmoya bilan ta’minlanmasa).
12. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, ishlab chiqarish liniyalarini rivojlantirish (takomillashtirish) xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.