Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.12.2019 25.05.2002 yildagi 181-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.12.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChET ELGA BORISh UChUN RUXSAT BERISh YoZUVINING YoPIShTIRILADIGAN STIKERINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli “O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining pasport tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmoniga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning chet elga borishi tartibini takomillashtirish, shuningdek chet elga borishga ruxsat beruvchi yozuvlarni soxtalashtirish faktlarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Chet elga vaqtinchalik borish uchun ruxsat berish yozuvining yopishtiriladigan stikeri namunasi hamda chet elga doimiy yashash uchun borishda ruxsat berish yozuvining yopishtiriladigan stikeri namunasi 1-2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin va 2002-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, chet elga borish uchun pasportdagi ilgari rasmiylashtirilgan belgilar ushbu belgilarda nazarda tutilgan muddat mobaynida haqiqiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi uch oy muddatda Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomasiga binoan, chet elga borish uchun ruxsat berish yozuvining yopishtiriladigan stikyerlari blankalarini zarur miqdorda tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2002-yilda chet elga borish uchun ruxsat beradigan yozuvlarning yopishtiriladigan stikyerlari blankalarini tayyorlash va zarur texnika vositalari sotib olish xarajatlarini tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2003-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzishda Ichki ishlar vazirligiga ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar uchun zarur budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar o‘zlarining idoraviy normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Z.A.Almatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 25-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 25-maydagi 181-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari Tartibi II bo‘limining 2-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “uning pasportiga ikki yil muddatga chet elga borish uchun amal qiladigan tegishli belgi qo‘yadilar” so‘zlari “uning pasportiga chet elga vaqtinchalik borish uchun ikki yil davomida amal qiladigan ruxsat berish yozuvi stikerini yopishtiradilar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Doimiy yashash uchun chet elga ketayotgan shaxslarga ichki ishlar organlari ularning pasportidagi vizalar uchun nazarda tutilgan betga doimiy yashash uchun chet elga borishga ruxsat berish yozuvi stikerini amal qilish muddatini ko‘rsatmasdan yopishtiradilar. Doimiy yashash uchun chet elga ketayotgan shaxslar uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati 30 sutkagacha uzaytirilishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari Tartibining 16-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“16. Ichki ishlar organlari xorijiy fuqaroning anketa-arizasini 15 sutka mobaynida ko‘rib chiqadilar va uning milliy pasportiga chet elga vaqtinchalik ketish uchun ikki yil mobaynida amal qiladigan ruxsat berish yozuvi stikerini yopishtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning anketa-arizasini 15 sutka mobaynida ko‘rib chiqadilar, shundan keyin unga yashash uchun ruxsatnoma o‘rniga Xorijiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashash uchun guvohnomasi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi beriladi. Ichki ishlar organlari rasmiylashtirilgan guvohnomaga chet elga vaqtinchalik borish uchun ikki yil mobaynida amal qiladigan ruxsat berish yozuvi stikerini yopishtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vaqtinchalik borish uchun ruxsat berish yozuvi stikeri yopishtirilgandan keyin ikki yillik muddat mobaynida, ichki ishlar organlarini xabardor qilgan holda, chet elga bir necha marta borishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va chet elga doimiy yashash uchun ketishni mo‘ljallayotgan xorijiy fuqarolarning yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning anketa-arizasini 15 sutka mobaynida ko‘rib chiqadilar. Hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati istisno hollarda 30 sutkagacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs chet elga doimiy yashash uchun ketayotganda ichki ishlar organlari ularning hujjatlariga doimiy yashash uchun chet elga borishga ruxsat berish yozuvi stikerini amal qilish muddatini ko‘rsatmasdan yopishtiradilar”.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 10-son, 80-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda)