Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “FOSFORLI OʻGʻITLAR IShLAB ChIQARISh UChUN JEROY-SARDARA KONI XOM AShYoSIDAN FOSFORIT KUKUNI IShLAB ChIQARISh HAJMLARINI KOʻPAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 1998 YIL 3 IYuLDAGI 278-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-iyuldagi 278-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qizilqumnodirmetalloltin” konserni tomonidan tanlov natijalariga koʻra:
Germaniyaning “Krupp-Polizius” firmasi bilan 8,68 mln. AQSh dollarilik pishirish qurilmasi asbob-uskunalari yetkazib berishga;
Amerikaning “Katerpillar Oversiz A.O.” kompaniyasi bilan Qizilqum fosforit kombinati uchun 28 mln. AQSh dollarilik kon asbob-uskunalari yetkazib berishga, shu jumladan 8,68 mln. AQSh dollarilik ogʻir yuk koʻtaruvchi texnikalarni tuzatish (dvigatel, uzatmalar qutisi, gidravlika asbob-uskunalari) liniyasi va ehtiyot qismlar yetkazib berishga;
Rossiyaning “Gornozavodchik-plyus” firmasi bilan 2,6 mln. AQSh dollarilik fosfor rudasini quruq boyitish asbob-uskunalari yetkazib berishga kontraktlar imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”;
3-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki, kon asbob-uskunalari, ogʻir yuk koʻtaruvchi texnikalarni tuzatish liniyasi va ularga ehtiyot qismlarni import boʻyicha yetkazib berish:”
3-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Quyidagilar:
Germaniyaning “Krup-Polizius” firmasi tomonidan 8,68 mln. AQSh dollari miqdoridagi pishirish qurilmasi asbob-uskunalari yetkazib berilishini mablagʻ bilan taʼminlash Navoiy kon-metallurgiya kombinatining mahsulotini eksport qilishdan olingan oʻz valyuta mablagʻlari hisobiga;
Rossiyaning “Gornozavodchik-plyus” yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati tomonidan fosfor rudasini quruq boyitish sxemasi boʻyicha 2,6 mln. AQSh dollari miqdoridagi asbob-uskunalar yetkazib berilishini mablagʻ bilan taʼminlash 1999-yilga import prognozi hajmida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin”.
18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin”.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 5-fevral,
51-son