O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING YuK AVTOTRANSPORT VOSITALARI VA AVTOBUSLARNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA HUDUDI ORQALI KIRIB KELIShI, ChIQIB KETIShI HAMDA TRANZITI MASALALARI BO‘YIChA AYRIM QARORLARIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Qozog‘iston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi yuk avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali kirib kelishi, chiqib ketishi hamda tranziti uchun yagona yig‘im belgilash to‘g‘risida” 1999-yil 15-sentabrdagi 429-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “bitta yuk avtotransport vositasining” so‘zlaridan so‘ng “va avtobusning” so‘zlari qo‘shilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Chegaradosh davlatlarning yuk avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali o‘tishi uchun yagona yig‘imlar belgilash to‘g‘risida” 1999-yil 31-dekabrdagi 552-son qarori 3-bandining birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “bitta yuk avtotransport vositasining” so‘zlaridan so‘ng “va avtobusning” so‘zlari qo‘shilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-sentabrdagi 431-f-son farmoyishining preambulasidagi, 1, 2, 3, 4-bandlarning birinchi xatboshilaridagi va 5, 6-bandlaridagi “yuk avtotransport vositalari” so‘zlaridan so‘ng “va avtobuslar” so‘zlari qo‘shilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 18-fevral,
58-son
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-yil, 2-son, 8-modda)