O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
I. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 2, 78-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda) 31-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Nogironlar mehnati qo‘llaniladigan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar imtiyozli asoslarda soliq to‘lash, moliyalashtirilish hamda moddiy-texnika bilan ta’minlanish huquqidan foydalanadi.
Nogironlar mehnati qo‘llaniladigan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarga imtiyozli asoslarda soliq solish, ularni moliyalashtirish hamda moddiy-texnika bilan ta’minlash tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
II. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 110-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda):
“fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisini tayinlaydi”;
Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari ikki yarim yil muddatga saylanadi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) tegishli tuman, shahar hokimi bilan kelishilgan holda, maslahatchilar esa fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) taqdimiga binoan saylanadi.
Fuqarolar yig‘inining raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(III bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi O‘RQ-163-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi O‘RQ-544-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(V bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi O‘RQ-544-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
VI. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda):
Shaxs Maxsus qismning turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etgan bo‘lib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, sud ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, so‘ngra tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlaydi.
Agar jinoyatlar majmuini faqat ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar tashkil etsa, unda tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo sodir etilgan jinoyatlardan eng og‘iri uchun nazarda tutilgan eng ko‘p jazo muddatidan yoki me’yoridan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Agar jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, ushbu Kodeksning Umumiy qismida shu jazo turi uchun belgilangan doirada tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi.
Jinoyatlar majmui bo‘yicha har xil turdagi jazolarni qo‘shish yo‘li bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning og‘irroq turi uzil-kesil tayinlanadi.
Jinoyatlar majmui bo‘yicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan qo‘shimcha jazolarni ham qo‘shishi mumkin. Bunda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazoning uzil-kesil tayinlangan muddati ushbu Kodeksning 45-moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p muddatdan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Agar ish bo‘yicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning ana shu ish bo‘yicha chiqarilgan hukmga qadar sodir etilgan yana boshqa jinoyatda aybli ekanligi aniqlansa ham jazo o‘sha tartibda tayinlanadi. Bunday holda jinoyatlar majmui bo‘yicha sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga birinchi hukm yuzasidan jazoning o‘talgan qismi qo‘shiladi”;
“Ushbu Kodeks 105-moddasining birinchi qismida (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 106-moddasida (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 107-moddasida (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish), 108-moddasida (ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish), 109-moddasida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-moddasining birinchi qismida (qiynash), 111-moddasida (ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazish), 113-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tanosil kasalligini tarqatish), 115-moddasida (ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash), 116-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-moddasining birinchi qismida (xavf ostida qoldirish), 121-moddasining birinchi qismida (ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish), 122-moddasida (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash), 123-moddasida (ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash), 125-moddasining birinchi qismida (farzandlikka olish sirini oshkor qilish), 136-moddasida (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish), 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tuhmat), 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (haqorat qilish), 149-moddasida (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish), 167-moddasining birinchi qismida (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168-moddasining birinchi qismida (firibgarlik), 169-moddasining birinchi qismida (o‘g‘rilik), 170-moddasining birinchi qismida hamda ikkinchi qismining “b” va “v” bandlarida (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish), 172-moddasida (mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish), 173-moddasining birinchi qismida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 192-moddasida (raqobatchini obro‘sizlantirish), 260-moddasining birinchi qismida (temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining birinchi qismida (transport vositalari harakati yok� ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-moddasining birinchi qismida (transportning xavfsiz ishlashini ta’minlashga doir qoidalarni buzish), 298-moddasining birinchi qismida (mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi”;
birinchi qismining dispozitsiyasidagi “shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yoki ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismining sanksiyasi “uch yildan” degan so‘zlardan oldin “eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoxud jo‘natish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish —
O‘sha harakatlar takroran yoki bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar uyushgan guruh tomonidan yoki ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni ishlab chiqarish, olish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoxud jo‘natish qoidalarni buzish, agar bu ehtiyotsizlik orqasida ularning o‘g‘irlanishiga yoki boshqa tarzda jiddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
VII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda):
1) 76-moddasining to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi—sakkizinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Jinoyat ishini birinchi instansiya sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasida yoxud nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki apellatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Surishtiruvchining, tergovchining, shuningdek sud majlisi kotibining o‘z protsessual majburiyatini bajarishi, basharti ushbu ish qo‘shimcha tergov yuritish yoki sudda yangidan ko‘rish uchun yuborilgan bo‘lsa, ular tomonidan tegishlicha surishtiruv, dastlabki tergov yuritishga, shuningdek sud majlisi bayonnomasini tuzishga monelik qilmaydi”;
“Surishtiruv jinoyat ishini tergovchiga o‘tkazish yoki uni ushbu Kodeksning 584-moddasida nazarda tutilgan tartibda sudga yuborish bilan tamomlanadi.
Surishtiruvchi quyidagi hollarda surishtiruv yuritish muddati o‘tishini kutmasdan ishni darhol tergovchiga o‘tkazishi lozim, basharti:
2) muayyan shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslar aniqlangan bo‘lsa;
“4) hukm ustidan ushbu Kodeksning tegishincha 4973, 4974, 499 va 500-moddalarida nazarda tutilgan apellatsiya va kassatsiya shikoyati berish, protest bildirish tartibi, muddatlari”;
4) 498-moddasi birinchi qismining ikkinchi jumlasidagi “Ushbu Kodeksning 511-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
VIII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda):
2) 245-moddasining birinchi qismidagi “1861-moddasida (aksiz markalari bilan markalanmagan tovarlarni realizatsiya qilish hollaridan tashqari)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
3) 264-moddasining birinchi qismidagi “1861-moddasida (aksiz markalari bilan markalanmagan tovarlar realizatsiya qilingan hollarda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
IX. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda):
1) 212-moddasining to‘rtinchi qismidagi “qonun hujjatlariga muvofiq” degan so‘zlar “basharti mazkur uchastka shu shaxsga qurilgan imorat uchun belgilangan tartibda beriladigan bo‘lsa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(X bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
XI. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda) 9-moddasining ikkinchi qismidagi “transport vositalari egalaridan olinadigan soliq” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(XIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi O‘RQ-544-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
XIV. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 219-modda) 8-moddasining birinchi qismi:
“Internet jahon axborot tarmog‘i milliy segmentining manzil makonidan hamda domen nomidan foydalanish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi”;
o‘n uchinchi—o‘n yettinchi xatboshilari tegishincha o‘n to‘rtinchi—o‘n sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.