Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.01.1999 yildagi 38-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

GERMANIYANING “KFV” TARAQQIYOT BANKINING KREDIT LINIYASIDAN FOYDALANISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik va oʻrta biznes subyektlarini qoʻllab-quvvatlash davlat dasturini rivojlantirish, tijorat banklari va sarmoyalar milliy bozori tizimini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Germaniya federal hukumati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi uchun uch yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 10,5 yil muddatga ajratiladigan kredit liniyasini 15 million yevro (30 mln. Germaniya markasi) miqdoriga koʻpaytirish haqida qaror qabul qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik va oʻrta biznesning investitsiya loyihalarini mablagʻ bilan maqsadli taʼminlash uchun koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar “KfV” banki tomonidan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga berilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:

kredit liniyasi umumiy miqdorining 7,5 million yevro miqdoridan ortiq boʻlmagan qismi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan bevosita kichik va oʻrta biznes loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit liniyasi umumiy miqdorining kamida 7,5 million yevro miqdoridan kam boʻlmagan qismi Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari keyinchalik kichik va oʻrta biznes loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlashlari uchun Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan ushbu banklarga qayta moliyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri “KfV” banki tomonidan berilayotgan kredit boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatini berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi Tashqi iqtisodiy faoliyat banki bilan “KfV” banki oʻrtasida tuziladigan Qarz bitimini imzolashga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi kafolati boʻyicha “KfV” banki uchun maqbul shaklda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Moliya vazirligi, Markaziy bank Oʻzbekiston banklari uyushmasi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda mazkur kredit liniyasi mablagʻlarini kichik va oʻrta biznes subyektlariga qayta moliyalash uchun tijorat banklari roʻyxatini bir oy muddatda aniqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 28-yanvar,

38-son