Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2017 14.01.1999 yildagi 19-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DORI-DARMON VOSITALARI VA TIBBIYoT BUYuMLARI SOTIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-sonli “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2017-yilning 1-yanvaridan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tkazilgan tekshirishlar natijasida dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilish va sotishda ko‘plab qonunni buzish, davolash muassasalarida keyinchalik qayta sotish maqsadida kamomadga yo‘l qo‘yish va o‘g‘irlash, dorixona muassasalarida dori-darmonlarga narxlarni asossiz ravishda oshirish hollari, shuningdek iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining ko‘plab turlari aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salbiy ko‘rinishlarga barham berish, respublika aholisini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash va dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini sotishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1999-yil 1-fevraldan boshlab sog‘liqni saqlash davolash muassasalarida va chakana dorixona tarmog‘ida dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyalariga ega bo‘lgan korxonalar tomonidan import bo‘yicha olib kelinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlaridan tashqari) narx belgilashning yagona tartibi joriy qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari, yetkazib berishda qatnashuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar, ulgurji savdo uchun 20 foizdan ortiq bo‘lmagan, chakana savdo uchun 25 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlardagi cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilgan holda shartnomaviy narxlar bo‘yicha ulgurji va chakana savdo tarmog‘i orqali sotilishi belgilansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 354-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 19-son, 150-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq aholiga bepul tibbiy yordam ko‘rsatayotgan turg‘un davolash muassasalari uchun dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilish to‘g‘risidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga bepul tibbiy yordam ko‘rsatayotgan turg‘un davolash muassasalariga dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni budjetdan qoplash tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotishda ulgurji va chakana tashkilotlar tomonidan savdo ustamalarining qo‘llanilishi tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turg‘un davolash muassasalarida budjet mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini berish, hisobga olish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Bunda kasalxonalarda davolanayotgan shaxslar maxsus daftarlarga ular uchun amalda sarflangan dori-darmon preparatlari uchun imzo chekishi tartibi joriy etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilish yuzasidan tenderlar o‘tkazish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Nazorat inspeksiyasi tashkil etilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Unga dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilinishi, sotilishi va davolash muassasalarini ular bilan ta’minlash, shuningdek, ularni sotishda cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilishi ustidan nazorat qilish vazifalari yuklangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dori-darmon vositalarini xarid qilish, shuningdek, davlat ehtiyojlari uchun dori-darmon vositalarini import qilish ochiq tender savdolarida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkoz uchun vaksinalar, zardoblar, preparatlar hamda narkotik moddalarni xarid qilish yopiq tender savdolarida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini respublika ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilish, qoidaga ko‘ra, davolash muassasalari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘rishartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Respublika valyuta birjasida va birjadan tashqari valyuta bozorida sotib olinadigan markazlashtirilgan valyuta resurslari hisobiga import bo‘yicha tayyor dori-darmon vositalari, shuningdek, faqat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan asosiy dori-darmonlar ro‘yxatiga kiruvchi dori-darmonlarni ishlab chiqarish uchun xomashyo va materiallar xarid qilish tartibini belgilasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 30-son, 387-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish sohasida qonunni buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralarini kuchaytirish haqidagi taklifni bir oy muddatda belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari H.S.Karomatov va B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 14-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-son
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 1-son, 4-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 19-son, 150-modda; 2013-y., 30-son, 387-modda)