Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish va ular yuklarini bojxonada rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-sentabrdagi 335-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 17-18-son, 142-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-noyabrdagi 518-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 44-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda tovarlarning xususiyatidan, miqdoridan va ularning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi darajasidan kelib chiqib tovarlarning olib kelinishi maqsadini aniqlash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda olib chiqilgan va olib kirilgan tovarlar hajmlarining bojxona organlarida elektron hisobga olinishi tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin (ma’lumotlar har chorakda soliq organlariga berilgan holda).
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
a) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ bilan kelishgan holda, import qiluvchi jismoniy shaxslarda tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinishini hamda bojxona to‘lovlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligini tekshirish huquqi berilsin. Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, tovar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkaziladi;
(6-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
b) ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilgan holda:
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli ruxsatnomalarsiz, qalbaki aksiz markasi bilan yoki aksiz markasiz ishlab chiqarilgan yoki sotilayotgan alkogol va tamaki mahsulotlarini qonunchilikda belgilangan tartibda olib qo‘yish;
(6-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
taqiqlangan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazish huquqi berilsin.
Bunda mazkur bandning bajarilishi natijalari to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 886-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.