Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.06.2011 01.05.2002 yildagi 149-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.06.2011
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KEKSALAR VA MEHNATGA LAYoQATSIZ FUQAROLAR, NOGIRON BOLALAR VA BOLALIKDAN NOGIRONLARNING DAFN MAROSIMI UChUN BIR YO‘LA BERILADIGAN NAFAQALAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyundagi 174-sonli “Dafn etishga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 24-yanvardagi 30-son qarori bilan tasdiqlangan “Qariyalarni qadrlash yili” davlat dasturiga muvofiq va aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Bolalikdan nogironlarga, qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” 1994-yil 24-iyundagi 319-son qaroriga muvofiq hayot chog‘ida nafaqa olgan shaxslarning dafn marosimi uchun 2002-yil 1 maydan boshlab eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida bir yo‘la beriladigan nafaqa belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Keksalar va mehnatga layoqsatsiz fuqarolar, nogiron bolalar va bolalikdan nogironlarning dafn marosimi uchun bir yo‘la beriladigan nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki, keksalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolar, nogiron bolalar va bolalikdan nogironlarning dafn marosimi uchun bir yo‘la beriladigan nafaqalarga soliq solinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bir oy muddatda amaldagi idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 1 may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 1 maydagi 149-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keksalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolar, nogiron bolalar va bolalikdan nogironlarning dafn marosimi uchun bir yo‘la beriladigan nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dafn marosimi uchun bir yo‘la beriladigan nafaqani (keyingi o‘rinlarda “bir yo‘la beriladigan nafaqa” deb yuritiladi) olish huquqiga Vazirlar Mahkamasining “Bolalikdan nogironlarga, qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” 1994-yil 24-iyundagi 319-son qaroriga muvofiq hayot chog‘ida nafaqa olgan keksalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolar, nogiron bolalar va bolalikdan nogironlarni dafn etgan oila a’zolaridan biri yoki jismoniy shaxs ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir yo‘la beriladigan nafaqa mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan fuqarolar vafot etgan kunda belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida tayinlanadi va to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir yo‘la beriladigan nafaqa, uni olish uchun fuqaro vafot etgan kundan boshlab 6 oydan kechikmay murojaat qilingan taqdirda tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir yo‘la beriladigan nafaqani tayinlash to‘g‘risidagi ariza vafot etgan shaxs nafaqa oluvchi sifatida hisobda turgan tuman (shahar) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bir yo‘la beriladigan nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir yo‘la beriladigan nafaqa olish uchun fuqarolik holatlarini qayd etish organi tomonidan vafot etganlik to‘g‘risida berilgan ma’lumotnoma (asl nusxasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining dafn etishning arizachi tomonidan amalga oshirilishini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bir yo‘la beriladigan nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi arizani qabul qilish:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar vafot etgan fuqaro nafaqa oluvchi sifatida tuman (shahar) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limida hisobda turmagan bo‘lsa;
(6-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) nafaqa tayinlash yuzasidan ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan shaxslar vafot etgan kundan boshlab 6 oy o‘tgandan keyin murojaat qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan birortasi taqdim etilmaganda rad qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi bir yo‘la beriladigan nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi arizani qabul qilishning rad etilishi yuzasidan yuqori tashkilotga yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bir yo‘la beriladigan nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza tuman (shahar) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan birgalikdagi ariza tushgandan keyin 3 kundan kechikmay ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yo‘la beriladigan nafaqa tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi qaroriga binoan rasmiylashtiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi nafaqa tayinlash to‘g‘risida qaror chiqarilgandan keyin 3 kundan kechikmay tegishli qaror nusxasi bilan birgalikda bildirishnomani arizachining qo‘liga beradi yoki unga pochta orqali jo‘natadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman (shahar) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tayinlangan bir yo‘la beriladigan nafaqani nafaqa tayinlash to‘g‘risida ariza berilgan oydan keyingi oydan kechikmay to‘laydi.
(9-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachining xohishiga ko‘ra nafaqa aloqa bo‘limi orqali pochta jo‘natmasi tarzida yoki bankdagi omonatga o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bir yo‘la beriladigan nafaqalarni to‘lash budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bir yo‘la beriladigan nafaqa soliqqa tortilmaydi va ulardan soliq puli ushlab qolinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lash bo‘yicha hisobga olish va hisobot berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 1-son, 65-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda)