Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Bolalarni boshqa mamlakatlarga oʻgʻirlab olib ketishning fuqarolik jihatlari toʻgʻrisidagi Gaaga konvensiyasiga qoʻshilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Bolalarni boshqa mamlakatlarga oʻgʻirlab olib ketishning fuqarolik jihatlari toʻgʻrisidagi Gaaga konvensiyasiga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998-yil 1-may,
629-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 110-modda)