31.12.2014 yildagi 779-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, maqsadli davlat jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi 2014-yil 22-oktabrdagi 991-II-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, maqsadli davlat jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi 2014-yil 13-noyabrdagi SQ-453-II-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qarorlari (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2014-y., 50-son, 590-modda) va viloyat hokimining “Jizzax viloyatining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va mahalliy budjetning parametrlari to‘g‘risida”gi 2014-yil 17-dekabrdagi 297-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli va viloyat hokimining 2014-yil 17-dekabrdagi 297-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun — mazkur qarorning 10-ilovasiga* muvofiq belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summadan kam bo‘lmagan miqdorda amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6-ilovada* nazarda tutilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq;
7-ilovada* nazarda tutilgan yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq;
12-ilovaga* muvofiq davlat bojlari, yig‘imlar va jarimalar to‘liq hajmda tumanning mahalliy budjeti daromadlariga o‘tkazilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qarorining 36-ilovasiga muvofiq 2015-yilning 1-yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.