O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik ijrosini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 24-iyuldagi PF-4636-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risidagi nizom 4-bandining beshinchi xatboshidagi “Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosariga” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 12-fevral,
23-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 6-son, 67-modda)