28.11.2014 yildagi 269-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonunchiligi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emasligini tartibga soluvchi qonunchilikni toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bitimlarni haqiqiy emas deb topish bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda iqtisodiy sudlar (bundan buyon matnda sudlar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi), “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) va boshqa qonunchilik normalariga amal qilishi lozim.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, FKning bitimlarning haqiqiy emasligi toʻgʻrisidagi normalari bir taraflama, ikki taraflama va koʻp taraflama bitimlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sudlar bitimni haqiqiy emas deb topish tushunchasini shartnomani bekor qilishdan farqlashlari lozim. Bitimning haqiqiy emasligining shartnomani bekor qilishdan farqi quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlarni haqiqiy emas deb topishga FKning 115 — 126 moddalarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi, shartnomani bekor qilish asoslari esa FKning 382-383-moddalarida nazarda tutilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimning haqiqiy emasligiga uning gʻayriqonuniyligi, bekor qilinishiga esa shartnomani bekor qilishga olib keladigan holatlarning yuzaga kelishi asos boʻladi, bunda uning qonuniyligi nizolashilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqiqiy boʻlmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bogʻliq boʻlgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir, shartnomani bekor qilish esa, u amalda boʻlgan vaqtdagi oʻzaro huquq va majburiyatlarga taʼsir etmasdan, faqatgina kelgusidagi huquq va majburiyatlarga daxl qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomani bekor qilish haqidagi talabni bildirishga shartnoma amal qilishining muddati mobaynida yoʻl qoʻyiladi, bitim esa uning amal qilish muddati tugaganidan keyin ham haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. FKning 11 va 113-moddalariga, shuningdek IPKning 26-moddasiga koʻra, sud bitimlarni haqiqiy emas deb topish va (yoki) ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi daʼvolarni koʻrib chiqishga haqli.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan bitimning bir qismini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo ham koʻrilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 128-moddasiga muvofiq, bitimning haqiqiy sanalmasligi bitimga haqiqiy sanalmagan qism qoʻshilmasa ham u tuzilgan boʻlar edi, deb taxmin qilish mumkin boʻlsa, uning boshqa qismlarining haqiqiy sanalmasligiga sabab boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sudlar nazarda tutishlari lozimki, qonun talablari asosida muhim deb hisoblanadigan shartlar, agar qolgan shartlar bitim ishtirokchilari uchun huquq va majburiyatlar keltirib chiqarmasa, haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning bir qismi u oʻz-oʻzidan haqiqiy emasligi yoxud nizoli boʻlganligi sababli haqiqiy boʻlmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo boʻyicha ishni sudda koʻrishga tayyorlash paytida sud bitimning barcha taraflari va boshqa manfaatdor shaxslarni ishga jalb qilish masalasini koʻrib chiqishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. FK 113-moddasining birinchi qismiga muvofiq, bitim FKda belgilab qoʻyilgan asoslarga koʻra, sud haqiqiy emas deb topganligi sababli yoki bunday deb topilishidan qatʼi nazar, u oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaganligi sababli haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sudlar inobatga olishlari kerakki, FK oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida daʼvo berish imkoniyatini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, nizoli boʻlgan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talab faqat FKda koʻrsatilgan shaxslar tomonidan taqdim etilishi mumkin. Shu bois, sud muhokamasi davomida daʼvogarda nizoli boʻlgan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etish huquqi mavjud emasligi aniqlansa, daʼvoni qanoatlantirish rad etiladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi talabni bunday bitim huquq va manfaatlariga taʼsir qiluvchi har qanday manfaatdor shaxs taqdim etishi mumkin. Shu bilan birga, sud oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitim haqiqiy emasligining oqibatlarini oʻz tashabbusi bilan ham qoʻllashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agar daʼvo arizasida oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida talab qoʻyilmagan boʻlsa, biroq uning oʻz-oʻzidan haqiqiy emasligini daʼvogar bunday bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi talabni asoslashda keltirgan boʻlsa, sudlar faqatgina bunday bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida qaror mavjud emasligiga asoslanib daʼvoni qanoatlantirishni rad etishga haqli emaslar, balki qarorning asoslantiruvchi qismida daʼvogarning vajlariga baho berishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud muhokamasi paytida javobgar oʻz eʼtirozlarida bitimning oʻz-oʻzidan haqiqiy emasligiga asoslanayotgan boʻlsa, sudlar javobgarning eʼtirozlariga baho berishlari va ular asosli boʻlgan taqdirda, nizoning vujudga kelishiga sabab boʻlgan bitimning oʻz-oʻzidan haqiqiy emasligidan kelib chiqib, ish boʻyicha qaror qabul qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sudlar haqiqiy boʻlmagan bitimni tuzilmagan bitimdan farqlashlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uni tuzish uchun qonunchilikda belgilangan zarur shartlar mavjud boʻlmagan (qonunchilikda koʻrsatilgan barcha muhim shartlar boʻyicha kelishuvning mavjud emasligi, oferta yoʻllagan shaxs tomonidan aksept olinmaganligi, mulkning topshirilmaganligi, agar uning topshirilishi qonunchilikka muvofiq shartnoma tuzish uchun talab etilsa va hokazo) bitim tuzilmagan deb tan olinadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida talab bildirilgan boʻlib, u FKning qoidalariga koʻra tuzilmagan deb hisoblansa, bunday talabni qanoatlantirish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. FKning 109-moddasiga muvofiq qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan hollardan tashqari bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 11-moddasiga koʻra, xoʻjalik shartnomasi bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan yozma shaklda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan, agar xoʻjalik shartnomasining yozma shakliga rioya qilinmagan boʻlsa, bitim tuzilmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agar qonunchilik talablariga yoki bitim taraflarining kelishuviga koʻra, u notarial tasdiqlanishi yoki qonunchilikka muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlsa, sud notarial shakliga yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish talabiga rioya etilmaganligi sababli bitimni haqiqiy emas deb topishi mumkin.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sudlar inobatga olishlari lozimki, FKning 115-moddasiga muvofiq bitimning qonun talab qiladigan shakliga rioya qilmaslik qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan holdagina uning haqiqiy emasligiga olib keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksi 122-moddasining uchinchi qismiga koʻra, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning budjetdan ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar ular gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga nisbatan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berganlik uchun haq undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar koʻrilayotganda shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksi 122-moddasining uchinchi qismida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi, shartnomaning oʻz-oʻzidan haqiqiy emasligiga olib kelmaydi. Bunday holatda shartnoma tuzilmagan deb hisoblanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.1. Agar notarial tartibda tasdiqlash talab qilinadigan bitim bir taraf tomonidan toʻliq yoki qisman bajarilib, ikkinchi taraf uni notarial tartibda tasdiqlashdan bosh tortayotgan boʻlsa, sud bitimni notarial tartibda tasdiqlashni bajargan tarafning daʼvosiga koʻra, FKning 112-moddasiga muvofiq uni haqiqiy deb topishi mumkin va bunday holatda uning keyinchalik notarial tartibda tasdiqlanishi talab etilmaydi. Agar bunday bitimni tuzishga qonunchilikda cheklov (taqiq) belgilangan yoki taraflar tomonidan uning barcha asosiy shartlari boʻyicha kelishuvga erishilmagan boʻlsa, bitim sud tomonidan haqiqiy deb topilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial tartibda tasdiqlash talab qilinadigan bitimni haqiqiy deb topish bilan bogʻliq nizolarni hal etishda uning tuzilganligi, bir taraf tomonidan toʻliq yoki qisman bajarilganligi holati faqat yozma dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin, agar boshqacha holat qonunchilikda nazarda tutilgan boʻlmasa.
(11.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.2. Agar davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab qilinadigan bitim kerakli shaklda tuzilgan boʻlib, ammo taraflardan biri uni roʻyxatdan oʻtkazishdan bosh tortsa, sud FK 112-moddasining uchinchi qismiga muvofiq boshqa tarafning talabi asosida bitimni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli, keyinchalik esa, bu bitim sud qaroriga muvofiq roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunday holatda bitim boʻyicha taraflarning huquq va majburiyatlari u davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi (FK 366-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. FK 116-moddasiga koʻra oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitim boʻlib: qonunchilik talablariga muvofiq kelmaydigan mazmunda; huquq-tartibot asoslariga qarshi maqsadda; axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim hisoblanadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sudlar nazarda tutishlari lozimki, agar bitimning bir yoki bir necha shartlari qonunchilik talablariga zid boʻlsa, bitimning mazmuni ushbu talablarga muvofiq kelmasligi sababli, oʻz-oʻzidan haqiqiy emas deb hisoblanadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquq-tartibot yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topishda sudlar, bu bitim huquq-tartibot asoslarini taʼminlovchi, yaʼni konstitutsiyaviy tuzum asoslari, davlatning mudofaa, xavfsizlik va iqtisodiy tizimi (qurol-yarogʻning noqonuniy eksporti, soliq toʻlovlaridan boʻyin tovlash va boshqalar), fuqaro va shaxsning huquq va erkinliklarini qoʻriqlovchi va himoyalovchi huquq normalarining talablari buzilganligi yoxud ijtimoiy axloq asoslari, yaʼni jamiyatda shakllangan ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, gunoh va savob haqidagi qarashlarga zid yoki zid emasligini aniqlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12.1. Bitimni tuzgan shaxs tomonidan amalga oshirilgan imzoning aslligi boʻyicha shubha mavjudligi sababli bitimni haqiqiyligi yuzasidan nizolashilganda, bildirilgan talab asosli boʻlsa, bitim FKning 116-moddasiga muvofiq haqiqiy emas deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12.2. FK 129-moddasining uchinchi qismiga koʻra vakil oʻziga vakolat bergan shaxs nomidan shaxsan oʻziga nisbatan ham, u ayni bir vaqtda vakili boʻlgan boshqa shaxsga nisbatan ham bitimlar tuzishi mumkin emas, tijorat vakilligi boʻlgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning turli subyektlari nomidan aynan bir vakil tomonidan, masalan bir tarafdan yuridik shaxs va ikkinchi tarafdan boshqa yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor nomidan bitimning tuzilishi uni FKning 116-moddasiga asosan oʻz-oʻzidan haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi, tijorat vakilligi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jiddiy ahamiyatga ega boʻlgan yanglishish taʼsirida tuzilgan bitim yanglishish taʼsirida harakat qilgan tarafning daʼvosi boʻyicha sud tomonidan FKning 122-moddasiga asosan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yanglishish taʼsirida tuzilgan bitim deganda sudlar taraflarning haqiqiy xohish-istagini aks ettirmaydigan, uni tuzish vaqtida taraflar nazarda tutgan huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlmagan bitim ekanligini tushunishlari lozim. Tuzilgan bitimga nisbatan qoʻllaniladigan qonun normalarini notoʻgʻri sharhlash, huquq va majburiyatlar hamda bitimning asl huquqiy oqibatlari toʻgʻrisida notoʻgʻri tasavvur etish yanglishishning misoli boʻlishi mumkin. Bunda qonunni bilmaslikka havola qilinishi bitimni ushbu asos bilan haqiqiy emasligiga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yanglishish taʼsirida harakat qilgan taraf yanglishish muhim ahamiyatga ega ekanligini va bitim predmeti yoki mohiyatiga taʼsir etishini isbotlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, bitimni ushbu asos boʻyicha haqiqiy emas deb topish uchun yanglishish bitimni tuzish paytida mavjud boʻlishi va uning tuzilishi uchun muhim ahamiyat kasb etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, nazarda tutish kerakki, yanglishish bitimning boshqa ishtirokchilarining qasddan qilingan harakatlari natijasi boʻla olmaydi. Yanglishish taʼsiri ostida tuzilgan bitim aldash taʼsiri ostida tuzilgan bitimdan shu bilan farq qiladiki, agar aldash atayin qilinsa, yanglishish boshqa biron shaxsning qasddan qilingan harakatlari bilan bogʻliq boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa tarafning aybi ehtiyotsizlik shaklida ifodalangandagina, bitim yanglishish taʼsirida tuzilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. FKning 123-moddasiga muvofiq aldash, zoʻrlik, qoʻrqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi taʼsirida tuzilgan bitim, shuningdek fuqaro ogʻir holatlar yuz berishi tufayli oʻzi uchun oʻta noqulay shartlar bilan tuzishga majbur boʻlgan, ikkinchi taraf esa bundan foydalanib qolgan bitim (asoratli bitim) jabrlanuvchining daʼvosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, FK 123-moddasining qoidalari jismoniy shaxslar tomonidan ham, yuridik shaxslar tomonidan ham tuzilgan bitimlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 123-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, bitimlarni haqiqiy emas deb topish bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda sudlar, aldash, zoʻrlik, qoʻrqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi taʼsirida va ogʻir holatlar yuz berishi tushunchalarini bir-biridan aniq farqlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.1 Aldash deganda, boshqa shaxsga yolgʻon maʼlumotlar taqdim etish, shuningdek bitimni tuzishga taʼsir etuvchi faktlar haqida sukut saqlash yoʻli bilan qasddan chalgʻitish tushuniladi. Aldash bitim elementlariga nisbatan ham, uni doirasidan tashqaridagi holatlarga ham, shu jumladan, bitimni tuzish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarga ham taalluqli boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aldash, bir tarafning boshqa tarafni bitim tuzishga undash vositasi boʻlganda, yuridik ahamiyatga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.2. Bitim zoʻrlik taʼsirida tuzilganligi sababli haqiqiy emas deb topilishi uchun uni tuzishga majburlash maqsadida shaxs (uning yaqin qarindoshi yoki yaqin shaxsi)ga jismoniy taʼsirning koʻrsatilganligi faktining mavjudligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zoʻrlik gʻayriqonuniy, biroq jinoiy jazoga tortilishi shart boʻlmagan xatti-harakatlarda, masalan, tarafning xohish-irodasiga xizmat mavqeyidan foydalangan holda taʼsir qilishda namoyon boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zoʻrlik deganda, bitim ishtirokchisi boʻlgan fuqaroga yoxud yuridik shaxs organi va uning vakillariga bevosita jismoniy taʼsir qilishni tushunish lozim. Zoʻrlik bitim ishtirokchisining mol-mulkiga taʼsir qilishda, yaʼni uni yoʻq qilish yoki unga shikast yetkazishda ham namoyon boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.3. Qoʻrqitish taʼsirida tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish uchun bitim tuzishga majburlash maqsadida shaxs (uning yaqin qarindoshi yoki yaqin shaxsi)ga ruhiy taʼsir koʻrsatish fakti mavjud boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻrqitish deganda, bitimni tuzishga majburlash maqsadida jismoniy zoʻrlik qilish, ruhan azob berish, ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlarni tarqatish, moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilish yoki boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlari bilan shaxsning xohish-irodasiga ruhiy taʼsir koʻrsatish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, belgilangan asos boʻyicha bitimni haqiqiy emas deb topish uchun qoʻrqitishning jiddiyligi va uning haqqoniyligi zaruriy shart hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.4. Bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi deganda, ushbu shaxslar oʻrtasidagi kelishuv natijasida ulardan biri uchun noqulay shartlarda bitim tuzish toʻgʻrisidagi kelishuv tushunilishi lozim. Bunda shunday kelishuv ishtirokchisi bitimning tuzilishidan qandaydir naf olganligi yoki bitim vakil qilingan shaxsga zarar yetkazish maqsadida tuzilganligi ahamiyatga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.5. Bitim ishtirokchilaridan biri ongli ravishda oʻzi uchun oʻta noqulay shartlar asosida tuzishga majbur boʻlgan bitim, ogʻir holatlar yuz bergan sharoitda tuzilgan bitim (asoratli bitim) deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sudlar inobatga olishlari lozimki, qalbaki bitimlar koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan bitimlardan farqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qalbaki bitimni tuzishda taraflarning maqsadi qandaydir fuqarolik-huquqiy munosabatlarni oʻrnatishga qaratilgan boʻlmaydi. Bunday bitim, qoida tariqasida, taraflar yoki ulardan biri uchun huquqiy oqibatni keltirib chiqarishga erishish maqsadida tuziladi (masalan, qarzdorning mol-mulkini xatlashdan qochish maqsadida uni nomigagina begonalashtirilishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻzboʻyamachilik uchun bitimni tuzishda taraflarning maqsadi boshqa bitimni yashirish hisoblanadi. Shu munosabat bilan koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish, FK 114-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Bunday holatda taraflar haqiqatda nazarda tutgan bitimga oid qoidalar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo koʻrilayotganda, nizolashilayotgan bitim haqiqatda qaysi bitimni yashirayotganligi aniqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 124-moddasining mazmuniga koʻra, qalbaki bitim oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitim hisoblansa, koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan bitim nizoli bitim hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari kerakki, yuridik shaxs huquq layoqatidan tashqariga chiqqan holda tuzgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish asoslari FKning 125-moddasida nazarda tutilgan. Bunda mazkur moddada bitimni haqiqiy emasligining ikkita asosi nazarda tutilgan: yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida belgilangan uning faoliyat maqsadlariga zid ravishda tuzilgan bitimlar va tegishli faoliyat bilan shugʻullanishga litsenziyasi boʻlmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitimlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16.1. Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, unitar korxonalar va qonunda nazarda tutilgan boshqa tashkilotlardan tashqari tijorat tashkilotlari, agar ularning taʼsis hujjatlarida tashkilot shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlari roʻyxati qatʼiy belgilangan boʻlmasa, ular qonunda taqiqlanmagan har qanday tadbirkorlik faoliyat turi bilan shugʻullanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli ustav maqsadlariga zid ravishda tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda sudlar nizolashilayotgan bitim tijorat tashkilotining ustav maqsadlariga muvofiq kelishini aniqlash maqsadida tijorat tashkilotining taʼsis hujjatlarini oʻrganishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16.2. Tegishli faoliyat bilan shugʻullanish uchun litsenziyasi boʻlmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda sudlar shuni eʼtiborga olishlari zarurki, litsenziyani olish talab etiladigan faoliyat turlarining roʻyxati “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan. Shu sababli, sudlar inobatga olishlari lozimki, agar bitim litsenziyani olish talab etiladigan faoliyat doirasida, lekin litsenziya mavjud boʻlmagan holda (litsenziya umuman olinmagan, litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilgan yoki tugatilgan, litsenziya bekor qilingan) tuzilgan boʻlsa, bitim bunday asos bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
(16.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16.3. FKning 125-moddasida nazarda tutilgan bitimlar nizoli boʻlib, ularni haqiqiy emas deb topish va haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi daʼvoni faqat yuridik shaxsning muassisi (ishtirokchisi) yoki vakolatli davlat organi berishi mumkin. Shu bois, FKning 125-moddasiga asosan bitimni haqiqiy emas deb topish haqida boshqa shaxs, shu jumladan, bitimdagi taraf daʼvo bilan murojaat qilgan taqdirda, bunday daʼvoni qanoatlantirish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. FKning 126-moddasiga koʻra, agar shaxsning bitim tuzish vakolatlari shartnoma bilan yoki yuridik shaxs vakolatlari uning taʼsis hujjatlari bilan ishonchnomada, qonunda belgilab qoʻyilganiga nisbatan yoinki bitim tuzilayotgan vaziyatdan aniq koʻrinib turgan deb hisoblanishi mumkin boʻlgan vakolatlariga nisbatan cheklab qoʻyilgan boʻlsa va bitimni tuzish paytida bunday shaxs yoki organ ana shu cheklashlar doirasidan chiqib ketgan boʻlsalar, bitimdagi ikkinchi taraf mazkur cheklashlarni bilgan yoki oldindan bilishi lozim boʻlganligi isbotlangan hollardagina bitim cheklash belgilanishidan manfaatdor boʻlgan shaxsning daʼvosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar inobatga olishlari lozimki, bunday asos bilan bitim kimning manfaatida cheklash belgilangan boʻlsa, faqat oʻsha shaxsning daʼvosi boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Shu bois, FKning 126-moddasiga asosan bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi daʼvo bilan boshqa shaxs murojaat qilgan boʻlsa, bunday daʼvoni qanoatlantirish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim tuzish vakolatlarini cheklash belgilanishidan manfaatdor shaxs bitimni keyinchalik maʼqullaganda, FKning 126-moddasida belgilangan bitimni haqiqiy emas deb topish asoslari qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, bitim, agar u boʻyicha boshqa taraf qayd etilgan cheklash haqida bilgan yoki oldindan bilishi lozim boʻlgan holatlar aniqlangan taqdirdagina, FKning 126-moddasi asosida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17.1. Sudlarga tushuntirilsinki, korporativ nizolarga oid ishlar doirasidagi bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talabni koʻrib chiqishda, affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim hamda yirik bitim tuzish tartibi qoidalari buzilgan taqdirda FKning 126-moddasi qoʻllaniladi.
(17.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. FKning 380-moddasiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) bilan bir qatorda shartnoma tuzish huquqi kimoshdi savdosining predmeti boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar nazarda tutishlari kerakki, agar kimoshdi savdosining predmeti tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻlsa, kimoshdi savdosining natijalari haqidagi bayonnoma shartnoma kuchiga ega boʻladi va agar taraflardan biri uni imzolashdan bosh tortsa, bitim tuzilmagan hisoblanadi va FK 380-moddasining toʻqqizinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. FK 381-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, kimoshdi savdosini haqiqiy emas deb topish kim oshdi savdosida gʻolib chiqqan shaxs bilan tuzilgan shartnomaning haqiqiy emasligiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, sudlar inobatga olishlari lozimki, agar kimoshdi savdosining natijalari boʻyicha tuzilgan bitimni savdo oʻtkazish qoidalari buzilganligi sababli haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida daʼvo berilgan boʻlib, biroq kimoshdi savdosini haqiqiy emas deb topish haqida talab qoʻyilmagan boʻlsa, bunday daʼvoni qanoatlantirish rad etiladi. Kimoshdi savdosi belgilangan qoidalarga rioya qilingan holda oʻtkazilgan boʻlsada, ammo kimoshdi savdosining natijalari boʻyicha tuzilgan bitim FKda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha haqiqiy emas boʻlgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kimoshdi savdosini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talab sud tomonidan qanoatlantirgan boʻlsa, keyinchalik bitimni haqiqiy emas deb topilishi talab etilmaydi. Bu holatda taraflarning har biri bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sudlar shuni inobatga olishlari kerakki, sud muhokamasi paytida kimoshdi savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan bitimning FK qoidalariga muvofiq oʻz-oʻzidan haqiqiy emasligi aniqlansa, kimoshdi savdolari haqiqiy emas deb topilishidan qatʼi nazar, bunday bitimning haqiqiy emasligi oqibatlari sud tomonidan qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Haqiqiy boʻlmagan bitim, uning haqiqiy emasligi bilan bogʻliq boʻlgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmasligini inobatga olib, sudlar nazarda tutishlari kerakki, bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllashda taraflar bitim tuzishdan oldingi holatga keltirilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi talab nizoli bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talab bilan yoki oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talab bilan birga yoxud alohida daʼvo koʻrinishida bildirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda nizoli bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini ushbu bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi sudning hal qiluv qarori mavjud boʻlgan taqdirdagina qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitimni haqiqiy emasligi oqibatlari daʼvogarning oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talabi qanoatlantirilganidan keyin ham, bunday qaror mavjud boʻlmaganda ham qoʻllanilishi mumkin. Bunday qaror mavjud boʻlmaganda, sudlar bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllashni qarorning asoslantiruvchi qismida oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitim fakti mavjudligi toʻgʻrisidagi xulosalari bilan asoslab berishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini oʻz tashabbusi bilan qoʻllash sudning majburiyati emas, balki huquqidir. Bunda inobatga olish lozimki, nizoli bitimlarga nisbatan sudlarga bunday huquq berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. FK 114-moddasining ikkinchi qismiga asosan bitim haqiqiy boʻlmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim boʻyicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha qaytarib berish mumkin boʻlmaganida esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilgan boʻlmasa, uning qiymatini pul bilan toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sudlar inobatga olishlari lozimki, olingan narsani aslicha qaytarib berish imkoniyati boʻlmagan hollarda (mol-mulkdan foydalanish, bajarilgan ish yoki koʻrsatilgan xizmat) olingan narsaning oʻrnini toʻldirish miqdori oʻxshash vaziyatlarda, odatda oʻxshash mol-mulkdan foydalanish (ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) uchun olinadigan baho boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni natura shaklida qaytarishda sudlar nazarda tutishlari lozimki, mol-mulkni yaxshilanishi uchun qilingan xarajatlarning kompensatsiyasi yuzasidan talab, u nizoli xarakterga ega boʻlganligi sababli, sud tomonidan alohida ish doirasida koʻrib chiqiladi, agar sud tomonidan bitimni haqiqiy emasligi oqibatlari qoʻllanilayotganda kompensatsiya boʻyicha qarshi talab bildirilmagan boʻlsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. IPK 149-moddasi ikkinchi qismining 7-bandiga muvofiq, bitimni haqiqiy emasligi .oqibatlarini qoʻllash haqidagi talab bildirilganda daʼvo arizasida har bir tarafga nisbatan aynan qaysi oqibatlar qoʻllanilishi koʻrsatilishi lozim. Agar bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini faqat daʼvogarga nisbatan qoʻllash soʻralgan boʻlsa, FK 114-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq sud oʻz tashabbusi bilan bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini boshqa tarafga nisbatan ham qoʻllashi lozim.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllashda sud, qarorning xulosa qismida IPKning 180-moddasiga muvofiq pul mablagʻlarining undirilishini, mol-mulkning olib berilishini koʻrsatishi lozim.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sudlar hisobga olishlari lozimki, bitimning haqiqiy emasligi oqibatlari tuzilmagan shartnomaga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim sud tomonidan tuzilmagan deb topilgan hollarda hamda bunday bitim yuzasidan maʼlum xatti-harakatlar (mol-mulk topshirilgan yoki toʻlov toʻlangan) amalga oshirilgan boʻlsa, tuzilmagan bitim boʻyicha majburiyatni bajargan shaxs FKning 1023-moddasiga muvofiq asossiz orttirilgan mol-mulkni yoki toʻlangan pul mablagʻlarini qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, FKning 114-moddasida belgilangan restitutsiya koʻrinishidagi bitimni haqiqiy emasligi oqibatlari FK 123-moddasining ikkinchi qismida belgilangan oqibatlardan farq qiladi. Shu bois, agar bitim FKning 123-moddasiga asosan haqiqiy emas deb topilsa, ikkinchi taraf jabrlanuvchiga uning bitim boʻyicha bajargan hamma narsasini qaytarib berishi kerak (asli holicha yoki pul koʻrinishida), jabrlanuvchi tomonidan bitim boʻyicha ikkinchi tarafdan olingan mol-mulk (yoki uning qiymati) esa, davlat daromadiga oʻtkaziladi. Bunda mazkur oqibatlar bitim toʻliq yoki qisman bajarilgan holdagina sud tomonidan qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Manfaatdor shaxs tomonidan bitimni haqiqiy emas deb topish va bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi kiritilgan daʼvo sudlar tomonidan ikkita mustaqil talabdan iborat boʻlgan daʼvo sifatida koʻrilishi kerak. Bunday daʼvolar boʻyicha davlat boji har bir talab uchun alohida toʻlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud oʻz tashabbusi bilan oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllasa, davlat boji undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar daʼvogar tomonidan bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisida talab qoʻyilsa, davlat boji ushbu talab mulkiy xarakterga egaligidan kelib chiqqan holda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, bitimlarni haqiqiy emasligini isbotlash majburiyati daʼvogar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talabga, qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, umumiy daʼvo muddati qoʻllaniladi hamda daʼvo muddati faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qoʻllaniladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talabni qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarori yuzasidan ijro varaqasi berilmaydi, shu bilan birga haqiqiy boʻlmagan bitimning oqibatlarini qoʻllash haqidagi hal qiluv qarori yuzasidan — beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sudlar mazkur toifadagi nizolarni koʻrishda qonun hujjatlari normalariga qatʼiy rioya etishlari va huquqbuzarlik holatlari aniqlangan holda aybdor shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tegishli taʼsir choralarini koʻrishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining kotibi, sudya K. DAVLETOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 28-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
269-son