Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining
Qarori
Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi nizomning 69-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 30-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2440-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-apreldagi 224/7-son “Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2796, 08.06.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-sonli “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2440, 2013-yil 25-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 13-son, 166-modda) bilan tasdiqlangan Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi nizomning 69-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellatsiya “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqiladi.”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2014-yil 26-dekabr,
211/1-son
Kelishilgan:
Madaniyat va sport ishlari vaziri v. v. b. B. AXMEDOV
2014-yil 26-dekabr,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAHOBOV
2014-yil 26-dekabr,
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2014-yil 26-dekabr,
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2014-yil 26-dekabr,
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2014-yil 26-dekabr,
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2014-yil 26-dekabr,
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
2014-yil 26-dekabr,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi Sh. SALIXOV
2014-yil 26-dekabr,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52(I)-son, 649-modda)