Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 06.01.1999 yildagi 3-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XORIJIY INVESTITSIYaLAR JALB ETILIShINI AXBOROTLAR BILAN TA’MINLAShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlarning ishbilarmon doiralarini, xalqaro moliya-iqtisodiyot institutlarini hamda chet mamlakatlar banklarini O‘zbekistondagi investitsiya muhiti va xorijiy investorlar uchun imtiyozlar to‘g‘risida keng xabardor qilish, ularni zarur ma’lumotnoma materiallari bilan ta’minlash, shuningdek ushbu sohada to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tuzilmasida xorijiy investitsiyalar jalb etilishini axborotlar bilan ta’minlash bo‘yicha, Markaziy apparat xodimlarining tasdiqlangan cheklangan soni doirasida, xodimlari soni 3 kishidan iborat bo‘lgan maxsus guruhlar tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar xorijiy investitsiyalar jalb qilinishini axborotlar bilan ta’minlash bo‘yicha guruhlarning asosiy vazifalari va funksiyalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhiti yaratuvchi huquqiy shart-sharoitlar, kafolatlar va imtiyozlar belgilovchi qonunchilik-normativ baza to‘g‘risidagi, amalga oshirilayotgan va amalga oshirish mo‘ljallanayotgan investitsiya loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlarni zarur ma’lumotnoma-axborot materiallari va tahliliy materiallar bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar uchun O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar jalb etish imkoniyatlari to‘g‘risidagi ko‘rsatib o‘tilgan axborotlarning asosiy chet tillarga tarjima qilinishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistondagi investitsiya muhiti to‘g‘risidagi va amalga oshirilishida xorijiy investorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘lgan loyihalar haqidagi axborotlarni chet mamlakatlarda ommalashtirish yuzasidan xalqaro axborot agentliklari bilan yaqin aloqalar o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning investitsiya imkoniyatlari to‘g‘risidagi axborotlarni “Internet” xalqaro kompyuter tarmog‘i orqali ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imkoniyati bo‘lgan xorijiy sheriklarni jalb etgan holda investitsiya faoliyatining aniq sohalari va yo‘nalishlari bo‘yicha biznes-seminarlar tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlarni axborotlar bilan ta’minlash tartibi va amaliyotini takomillashtirish, ularni respublika iqtisodiyotiga yanada kengroq jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi axborotlar bilan ta’minlash guruhlarini chet tillarni hamda kompyuter texnikasini va telekommunikatsiya aloqa vositalarini biladigan yuqori malakali mutaxassislar bilan bir oy muddatda butlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 6-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-son