Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 12.01.2000 yildagi 10-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EKINLARNI PAYHON QILINIShIGA QARShI KURASh SAMARADORLIGINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, qishloq xo‘jaligi ekinlari payhon qilinishi hollariga yo‘l qo‘ymaslik va ularning oldini olish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va respublika Prokuraturasi tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ko‘pchilik hollarda zarur samara bermayotir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekinlarning payhon qilinishi tufayli g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilining sezilarli darajada nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekinlarni saqlash bilan bog‘liq vujudga kelgan ahvol xo‘jaliklar rahbarlarining ekinlarni saqlash muammolariga yetarli e’tibor bermayotganliklari, ba’zan esa, ushbu muammolardan o‘zlarini chetga olayotganliklari, viloyatlar va tumanlar hokimlari, respublika huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ularga nisbatan talabchanlik bo‘shashtirib yuborilganligi oqibatidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va qishloq xo‘jaligi ekinlari payhon qilinishi hollariga yo‘l qo‘ymaslik va ularning oldini olishga doir ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda xo‘jaliklar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekinlarni payhon qilishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida” 1994-yil 21-noyabrdagi Farmoni talablarini bajarishga doir ishlari yetarli emas deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulardan qishloq xo‘jaligi ekinlarining saqlanishini ta’minlash yuzasidan shoshilinch chora-tadbirlar ko‘rish talab etilsin. Ushbu maqsadlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekinzorlarda mol boqish va ularni haydab o‘tish, ekinzorlardan avtotransport vositalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi o‘tishi hollariga, shuningdek, ekinlarning nobud bo‘lishi va payhon qilinishiga olib keluvchi boshqa salbiy harakatlarga qarshi kurashni kuchaytirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi korxonalari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ichki ishlar organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ekinlarni payhon qilish hollarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha muntazam ravishda qo‘shma reydlar o‘tkazsinlar. Payhon qilinishi mumkin bo‘lgan joylarda kuzatuv postlari o‘rnatsinlar. Dala qorovullari ishlari samaradorligini oshirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekinlarni payhon qilish hollari aniqlangan taqdirda mollar, avtotransport, qishloq xo‘jaligi texnikasi yoki ekinlarni zararlantirish va payhon qilishning boshqa vositalari egalariga nisbatan tezkor choralar ko‘rsinlar. Aybdorlarni respublika qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish uchun materiallarni tegishli organlarga bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, payhon qilingan joylarda olib qo‘yiladigan mollar mol egalarini aniqlash, keyinchalik ularni javobgarlikka tortish uchun mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Almatov) qishloq xo‘jaligi ekinlarining payhon qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikka hamda ularning oldini olishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin. Ushbu holatlarga qarshi kurashni faollashtirish uchun tegishli bo‘linmalar va xizmatlarni jalb etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi (Xudoyqulov), Ichki ishlar vazirligi (Almatov) mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jaliklar va ularning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga nisbatan ekinlarni payhon qilish va zararlantirishning aniqlangan hollari bo‘yicha keskin choralar, shu jumladan, ularni jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi (Xudoyqulov) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekinlarni payhon qilishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida” 1994-yil 21-noyabrdagi Farmonining bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin, uning so‘zsiz bajarilishi uchun mansabdor shaxslarga nisbatan talabchanlikni oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (Mirsafoyev) ekinlar payhon qilinganligi uchun javobgarlik to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlarini targ‘ib qilish yuzasidan keng tushuntirish ishlari tashkil etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “O‘zteleradio” kompaniyasi (Ko‘chimov), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (Muhammad Do‘st), ommaviy axborot vositalari ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning muntazam ravishda yoritib borilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi ekinlarni va ko‘chatlarni payhon qilish va zararlantirishga qarshi kurash olib borish bo‘yicha ishlar ahvolini 2000-yilning fevralida birgalikda puxta ko‘rib chiqsinlar, uning samaradorligini oshirish yuzasidan aniq yo‘nalishlarni belgilasinlar. Amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 12-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-son