O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qarorini bajarish va gaz yetkazib berishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilariga gaz yetkazib berish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosarlari V.Y. Otayev va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
1.1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va gaz yetkazib beruvchilar, gaz bilan ta’minlovchilar va gaz sotuvchi tashkilotlar hamda gaz iste’molchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“gaz” — konlardan qazib olinadigan, tabiiy, neft gazi (qo‘shimcha), gaz va neftni qayta ishlovchi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va to‘planadigan, shuningdek, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi tomonidan ishlab chiqariladigan gaz;
Keyingi tahrirga qarang.
“gaz yetkazib beruvchi” — gaz ta’minoti tashkilotlariga yoki iste’molchilarga gaz yetkazib berilishini ta’minlovchi gaz va neft qazib oluvchi hamda gaz va neftni qayta ishlovchi korxonalar;
Keyingi tahrirga qarang.
“gaz bilan ta’minlovchi tashkilot” — gaz yetkazib beruvchidan gaz xarid qiluvchi va uni qazib olish joyidan va/yoki qayta ishlash joyidan taqsimlash va iste’mol punktlariga uzatuvchi tashkilot;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
“gaz taqsimlovchi tashkilot” — gazning iste’molchilarga taqsimlanishini, uzatilishini va aholiga gaz yetkazib berilishini ta’minlovchi tashkilot;
Keyingi tahrirga qarang.
“iste’molchi” — korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, tabiiy gazdan yoqilg‘i yoki xomashyo sifatida foydalanuvchi jismoniy shaxslar hamda aholi;
“mavsumiy iste’molchi” — tabiiy gazdan yilning muayyan davrida (aprel—oktyabr) yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi iste’molchilar;
Keyingi tahrirga qarang.
“hisob-kitob davri” — gaz sarfi aniqlanishi, yetkazib berilgan gaz uchun yetkazib beruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshirilishi kerak bo‘lgan davr. Tomonlar kelishib olgan hisob-kitob davri shartnomada ko‘rsatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“gaz iste’moli broni” — zaxira yoqilg‘i turlaridan eng ko‘p darajada foydalanish shartlari bilan texnologiya asbob-uskunalarining halokatsiz ishlashi uchun zarur bo‘lgan gaz iste’mol qilishning bir kecha-kunduzlik eng kam hajmi, u har bir aniq holatda iste’molchi tomonidan “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi bilan kelishgan holda aniqlanadi;
“gaz yetkazib berishning bir kecha-kunduzlik o‘rtacha normasi” — gaz yetkazib berishning bir oylik hajmini tegishli oy kunlari soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadigan gaz yetkazib berish hajmi.
Oldingi tahrirga qarang.
3.1. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi iste’molchilarning buyurtmanomalarini hisobga olgan holda kelgusi yilga respublika bo‘yicha gaz balansini tuzadi va uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi.
(3.1-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Kelgusi yilga respublika bo‘yicha gaz balansi O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan tasdiqlash uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3.2. Kelgusi yilga respublika bo‘yicha tasdiqlangan gaz balansiga muvofiq “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi mintaqalar bo‘yicha iste’molchilarga gaz yetkazib berishning yillik va choraklik hajmlarini taqsimlaydi hamda gaz yetkazib berishning belgilangan hajmlarini gaz yetkazib beruvchilar, gaz taqsimlovchi, gaz sotuvchi tashkilotlar va fond saqlovchi tashkilotlarga yetkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3.3. Fond saqlovchilar 10 kun ichida gaz yetkazib berishning ajratilgan hajmlarini gazdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan o‘zlariga qarashli korxonalar va tashkilotlar bo‘yicha taqsimlaydilar hamda raznaryadkani gaz taqsimlovchi, gaz sotuvchi va gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlarga yuboradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
— sog‘liqni saqlash va xalq ta’limi korxonalari, shuningdek, bug‘qozonlar — issiqlik energiyasiga ehtiyojni ta’minlaydigan hajmlarda;
— Energetika va elektrlashtirish vazirligining Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq korxonalari;
Keyingi tahrirga qarang.
— gaz uchun haq to‘lash bo‘yicha qarzi bo‘lmagan va joriy (shartnomaviy) to‘lovlar bo‘yicha oldindan haqini to‘lash shartlari bilan shartnoma tuzganlar.
Keyingi tahrirga qarang.
4.1. Yoqilg‘i (xomashyo) sifatida tabiiy gazdan foydalanish (korxonani gaz bilan ta’minlash tizimiga ulash) uchun iste’molchi (aholi bundan mustasno) Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 2-dekabrdagi 587-son qaroriga muvofiq tartibda beriladigan ruxsatnoma (gazdan foydalanishning yoqilg‘i rejimi)ga ega bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy soha obyektlari hamda kichik va o‘rta biznes subyektlariga (ipak qurti boqish va xususiy uylar hovlisidagi issiqxonalar hamda ovqat tayyorlash uchun) gazdan foydalanish uchun ruxsatnoma tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mintaqa uchun belgilangan limitlar doirasida beriladi.
(4.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 20-martdagi 90-son qaroriga muvofiq ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘zR QHT, 2002-y.,5-6-son,42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tabiiy gazdan yoqilg‘i sifatida foydalanish uchun berilgan ruxsatnoma tegishli ravishda yangidan qurilayotgan, kengaytirilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish obyektlarini yoki ijtimoiy soha obyektlari hamda kichik va o‘rta biznes subyektlarini (ipak qurti boqish va xususiy uylar hovlisidagi issiqxonalar hamda ovqat tayyorlash uchun) gaz bilan ta’minlashni loyihalash uchun asos hisoblanadi.
(4.1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 20-martdagi 90-son qarori tahririda — O‘zR QHT, 2002-y.,5-6-son,42-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4.2. Gazdan foydalanish (korxonani gaz bilan ta’minlash tizimiga ulash) uchun ruxsatnoma olinguniga qadar yuridik shaxslar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar gaz tarmoqlari egalari bilan taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq ularga tabiiy gaz yetkazib berishning texnik imkoniyatini kelishib oladilar.
Gaz tarmoqlari egalaridan olingan ijobiy xulosa zarur hisob-kitoblar bilan birga “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga yuboriladi, u ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni olishi bilan, tabiiy gaz zaxiralaridan kelib chiqqan holda, yuridik shaxslarni va yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarni gaz bilan ta’minlashning imkoniyat va shartlarini ko‘rib chiqadi va imkoniyati bo‘lgan taqdirda o‘z takliflarini tabiiy gazdan (yoqilg‘i rejimidan) foydalanish huquqini olishga ruxsatnoma berish uchun Vazirlar Mahkamasiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz quvurlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan iste’molchilarga — to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha gaz quvurlarining bo‘linish chegarasida o‘rnatilgan gaz hisoblash priborlari bo‘yicha;
(4.3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 20-martdagi 90-son qarori tahririda — O‘zR QHT, 2002-y.,5-6-son,42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4.3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 20-martdagi 90-son qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘zR QHT, 2002-y.,5-6-son,42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Boshkommungaz” korxonasining gaz sotuvchi tashkilotlariga magistral gaz quvurlari va tarmoqlarining bo‘linish chegarasida xo‘jalik hisobidagi gaz sarfini hisoblash priborlari bo‘yicha uni keyinchalik “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz tarmoqlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan iste’molchilarga hamda chakana iste’molchilarga (aholiga) sotish uchun yetkazib beriladi”.
(4.3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 20-martdagi 90-son qarori tahririda — O‘zR QHT, 2002-y.,5-6-son,42-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4.5. Respublika mintaqalari bo‘yicha gaz yetkazib berishning oylik hajmlari ajratilgan limitlarni hisobga olgan holda gaz uzatish tizimining texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4.6. Fond saqlovchilarning buyurtmanomalariga ko‘ra “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi gaz taqsimlovchi va gaz sotuvchi tashkilotlar bilan kelishgan holda bir tarmoq iste’molchilari o‘rtasida gaz yetkazib berish hajmlari qayta taqsimlanishiga ruxsat etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4.7. Gaz yetkazib beruvchi, gaz bilan ta’minlovchi, gaz taqsimlovchi va gaz sotuvchi tashkilotlar gaz yetkazib berishga, iste’molchi esa o‘rtacha sutkalik me’yorlar doirasida oy davomida bir maromda, iste’molchining sutkalik me’yoridan voz kechish zarurati bo‘lgan hollarda — tomonlar o‘rtasidagi dispetcherlik jadvallari bo‘yicha gaz olishga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
4.8. Gaz taqsimlovchi tashkilotlar va iste’molchilar tomonidan gaz bilan ta’minlovchi va gaz sotuvchi tashkilotlar bilan dastlabki kelishuvsiz kelishilgan sutkalik hajmlardan ortiq gaz olinganda, harorat rejimi bo‘yicha ishlaydigan isitish bug‘qozonlari, Energetika va elektrlashtirish vazirligining Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq korxonalari va aholi bundan mustasno:
Keyingi tahrirga qarang.
— isitish mavsumida umuman hisob-kitob oyida gazning ortiqcha sarflanishiga yo‘l qo‘yilishi yoki yo‘l qo‘yilmasligidan qat’i nazar, gazning har sutkalik ortiqcha sarflangan hajmi uchun oshirilgan 6,0 koeffitsiyent bilan;
— isitilmaydigan mavsumda umuman hisob-kitob oyida ortiqcha sarflangan gaz uchun oshirilgan 6,0 koeffitsiyent bilan haq to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4.9. Kommunal-maishiy iste’molchilar tomonidan, harorat rejimi bo‘yicha ishlaydigan isitish bug‘qozonlaridan tashqari, gaz bilan ta’minlovchi, gaz taqsimlovchi va gaz sotuvchi tashkilotlar bilan dastlabki kelishuvsiz kelishilgan oylik hajmlaridan ortiqcha gaz sarflanishi kalendar yil davomida umuman har oyda ortiqcha sarflangan gaz uchun oshirilgan 6,0 koeffitsiyent bilan haq to‘lanishiga olib keladi.
Gaz sotuvchi tashkilotlar ruxsatisiz isitilmaydigan mavsumda gazdan isitish uchun foydalanayotgan sanoat iste’molchilari va kommunal-maishiy iste’molchilar sarflangan jami gaz hajmi uchun ularga oshirilgan 6,0 koeffitsiyent bilan haq to‘laydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
4.10. Gaz bilan ta’minlovchi tashkilot gaz taqsimlash stansiyasidan chiqish joyida gaz bosimini shartnomada nazarda tutilgan miqdorda saqlab turadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4.11. Sovuq tushgan davrda aholini va kommunal-maishiy iste’molchilarni gaz bilan uzluksiz ta’minlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “O‘zneftgaznazorat” inspeksiyasi, gaz yetkazib beruvchilar, gaz bilan ta’minlovchilar, gaz taqsimlovchilar va gaz sotuvchi tashkilotlar hamda iste’molchilar ishtirokida korxonalarni yoqilg‘ining zaxira turlariga o‘tkazish jadvallari tuziladi, jadvallar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan jadvallar barcha manfaatdor tashkilotlarga jo‘natiladi. Jadvallar gaz yetkazib berishning rejalashtirilgan hajmlari aholi va kommunal-maishiy iste’molchilarning me’yordagi gaz iste’molini ta’minlamagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsati bilan gaz sotuvchi tashkilot tomonidan amalga kiritiladi.
Jadvalga kiritilgan korxonalar va tashkilotlar yoqilg‘ining kamaymaydigan zaxirasiga ega bo‘lishi va sovuq tushgan davrda undan foydalanishga o‘tishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4.13. Gaz bilan ta’minlovchi tashkilot taqdimnomasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iste’molchilarni gaz bilan ta’minlash jadvalini va avariya paytida magistral gaz quvurlarining texnologik ish tartibi buzilgan taqdirda ularni gaz tarmoqlaridan qisman yoki to‘liq uzish navbatini tasdiqlaydilar.
Tasdiqlangan jadvallar barcha manfaatdor tashkilotlarga jo‘natiladi va gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar tomonidan amalga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4.14. Gaz qazib olish, uni qayta ishlash, uzatish va iste’mol qilishning yagona uzluksiz texnologik jarayonini hisobga olgan holda, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining gaz qazib olish, uzatish, gaz yetkazib berish va iste’mol qilish tartibi to‘g‘risidagi ko‘rsatmalari gaz yetkazib beruvchilar, gaz bilan ta’minlovchi, gaz taqsimlovchi va gaz sotuvchi tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4.15. Gaz yetkazib beruvchilar, gaz bilan ta’minlovchi, gaz sotuvchi tashkilotlar va iste’molchilar gaz berilganda gaz konlari, gazni qayta ishlovchi zavodlar, magistral gaz quvurlari, shuningdek, turar joylarda, aholi yashash punktlarida va korxonalarda asbob-uskunalar va gaz tarmoqlarining texnik xavfsizligi va texnik foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qilishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
5.2. Gaz yetkazib beruvchi (gaz bilan ta’minlovchi tashkilot) tomonidan gaz taqsimlovchi, gaz sotuvchi tashkilotlarga va iste’molchiga beriladigan gaz miqdori iste’molchining hisobga olish priborlari bo‘yicha aniqlanadi, ularda hisobga olish priborlari bo‘lmagan taqdirda esa, qoidaga ko‘ra gaz tarmoqlarining bo‘linish chegarasida o‘rnatilgan gaz yetkazib beruvchi (gaz bilan ta’minlovchi tashkilotning nazorat-o‘lchov priborlari bo‘yicha aniqlanadi va ikki tomonlama imzolangan hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5.3. Iste’molchidagi asosiy gazni hisobga olish priborlari nosoz bo‘lganda va ular gaz yetkazib beruvchida mavjud bo‘lmaganda gaz sotuvchi tashkilot tomonidan yetkazib berilgan gaz miqdori plombalanmagan uskunalarning loyihadagi quvvati va gaz sarfini hisobga olish priborlari nosoz bo‘lgan vaqtda korxona ishlagan soatlar bo‘yicha yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa usul bilan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5.4. Aholi foydalanadigan gaz hajmi aholi xonadonlarida o‘rnatilgan hisobga olish priborlari bo‘yicha, ular bo‘lmaganda — tasdiqlangan normalar bo‘yicha aniqlanadi.
5.5. Gaz sarfini hisobga olish priborlarini o‘rnatish, ishlatish va tekshirish amaldagi normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
5.6. Gaz sarfini hisobga olish priborlarining texnik holati va ularning tekshirilishi uchun balansida ushbu priborlar bo‘lgan tashkilotlar va korxonalar rahbarlari javob beradilar.
5.7. Shartnoma tomonlaridan har biri ikkinchi tomon vakiliga iste’molchilar tomonidan gazdan foydalanishni hisobga olish priborlarini va hujjatlarini tekshirish imkoniyatini yaratishga majburdir.
5.8. Gazning ulgurji narxlarini davlat tomonidan tartibga solish va ularni qo‘llash amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5.9. Tomonlar berilgan — qabul qilingan gaz to‘g‘risida har oyda, oyning 3-kunidan kechikmay dalolatnoma tuzadilar.
Berilgan gaz miqdorini aniqlashdan norozi bo‘lgan tomon bu haqda o‘zining alohida fikrini dalolatnomada aks ettirish yo‘li bilan ikkinchi tomonga ma’lum qiladi. Kelishuvga erishilmagan taqdirda kelishmovchilik O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudida ko‘rib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5.10. Iste’molchi foydalangan gaz uchun hisob-kitoblar tartibi, to‘lov muddati va shakllari gaz yetkazib berish shartnomasida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6.1. Iste’molchilarning gaz qurilmalari qoniqarsiz, avariya vaziyatini keltirib chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodim hamda aholi hayoti uchun xavfli holatda bo‘lgan taqdirda gaz yetkazib beruvchi, gazdan foydalanish xavfsizligini nazorat qilish organlari taqdimnomasiga ko‘ra, iste’molchini xabardor qilgan holda, gaz yetkazib berishni zudlik bilan to‘xtatib qo‘yishga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
gazdan foydalanishdagi kamchiliklar vakolatli nazorat organlari belgilagan muddatlarda bartaraf etilmaganda gaz yetkazib berishni qisman kamaytirish yoki batamom to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
6.3. Gaz yetkazib beruvchi gazning sifati me’yoriy talablarga muvofiq bo‘lishini ta’minlashga majburdir.
6.4. Gazga hid qo‘shish gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar tomonidan, gaz hidi intensivligini nazorat qilish esa gaz tarmoqlari egalari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6.5. Gaz yetkazib beruvchi, gaz bilan ta’minlovchi, gaz taqsimlovchi, gaz sotuvchi tashkilot va iste’molchi gaz bilan ta’minlash obyektlarini ishlatishning texnik holati hamda tezkor-dispetcherlik intizomiga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
6.6. Gaz yetkazib beruvchi, gaz bilan ta’minlovchi, gaz taqsimlovchi, gaz sotuvchi tashkilot va iste’molchi obyektlarda gaz yetkazib berishni yoki qabul qilib olishni kamaytiruvchi avariyalar va nosozliklar to‘g‘risida gaz yetkazib berish shartnomalarida belgilangan tartibda bir-birlarini xabardor qilishga majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
6.7. Gaz sotuvchi va gaz taqsimlovchi tashkilot, gaz bilan ta’minlovchi tashkilot talabiga binoan, gazdan foydalanish tartibi hamda iste’molchilarga yetkazib berilgan gaz uchun to‘lovlar holati to‘g‘risida tezkor axborot taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7.1. Gaz yetkazib beruvchi, gaz bilan ta’minlovchi, gaz taqsimlovchi va gaz sotuvchi tashkilot va iste’molchi ushbu qoidalarni buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.