O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qarorini bajarish va gaz yetkazib berishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilariga gaz yetkazib berish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosarlari V.Y. Otayev va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
1.1. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilariga gaz yetkazib berish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
(1.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 4-fevraldagi 33-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 53-modda)
“gaz” — konlardan qazib olinadigan, tabiiy, neft gazi (qo‘shimcha), gaz va neftni qayta ishlovchi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va to‘planadigan, shuningdek, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi tomonidan ishlab chiqariladigan gaz;
Keyingi tahrirga qarang.
“gaz yetkazib beruvchi” — gaz ta’minoti tashkilotlariga yoki iste’molchilarga gaz yetkazib berilishini ta’minlovchi gaz va neft qazib oluvchi hamda gaz va neftni qayta ishlovchi korxonalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“gaz uzatuvchi tashkilot” — gaz yetkazib beruvchidan gaz xarid qiluvchi va uni qazib olish joyidan va/yoki qayta ishlash joyidan taqsimlash va iste’mol punktlariga uzatuvchi tashkilot;
(2.1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2.1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“hududiy gaz ta’minoti korxonasi” — gazning iste’molchilarga taqsimlanishini, uzatilishini va iste’molchilarga gaz yetkazib berilishini ta’minlovchi tashkilot;
(2.1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
“iste’molchi” — korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, tabiiy gazdan yoqilg‘i yoki xomashyo sifatida foydalanuvchi jismoniy shaxslar hamda aholi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2.1-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
“hisob-kitob davri” — gaz sarfi aniqlanishi, yetkazib berilgan gaz uchun yetkazib beruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshirilishi kerak bo‘lgan davr. Tomonlar kelishib olgan hisob-kitob davri shartnomada ko‘rsatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“gaz iste’moli broni” — zaxira yoqilg‘i turlaridan eng ko‘p darajada foydalanish shartlari bilan texnologiya asbob-uskunalarining halokatsiz ishlashi uchun zarur bo‘lgan gaz iste’mol qilishning bir kecha-kunduzlik eng kam hajmi, u har bir aniq holatda iste’molchi tomonidan “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi bilan kelishgan holda aniqlanadi;
“gaz yetkazib berishning bir kecha-kunduzlik o‘rtacha normasi” — gaz yetkazib berishning bir oylik hajmini tegishli oy kunlari soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadigan gaz yetkazib berish hajmi.
Oldingi tahrirga qarang.
3.1. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi iste’molchilarning buyurtmanomalarini hisobga olgan holda kelgusi yilga respublika bo‘yicha gaz balansini tuzadi va uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi.
(3.1-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Kelgusi yilga respublika bo‘yicha gaz balansi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tasdiqlash uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
(3.1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3.2. Kelgusi yilga respublika bo‘yicha tasdiqlangan gaz balansiga muvofiq “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi mintaqalar bo‘yicha iste’molchilarga gaz yetkazib berishning yillik va choraklik hajmlarini taqsimlaydi hamda gaz yetkazib berishning belgilangan hajmlarini gaz yetkazib beruvchilar, hududiy gaz ta’minoti korxonalariga yetkazadi.
(3.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
— qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilar;
Keyingi tahrirga qarang.
— gaz uchun haq to‘lash bo‘yicha qarzi bo‘lmagan hamda joriy (shartnomaviy) to‘lovlar bo‘yicha oldindan haq to‘lash shartlari bilan shartnoma tuzgan iste’molchilar.
(3.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 4-fevraldagi 33-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 53-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz quvurlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan iste’molchilarga — to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha gaz quvurlarining bo‘linish chegarasida o‘rnatilgan gaz hisoblash priborlari bo‘yicha;
(4.3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 20-martdagi 90-son qarori tahririda — O‘zR QHT, 2002-y.,5-6-son,42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4.3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 20-martdagi 90-son qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘zR QHT, 2002-y.,5-6-son,42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
gaz ta’minoti korxonalariga magistral gaz quvurlari va tarmoqlarining bo‘linish chegarasida xo‘jalik hisobidagi gaz sarfini hisoblash priborlari bo‘yicha uni keyinchalik “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz tarmoqlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan iste’molchilarga hamda chakana iste’molchilarga (aholiga) sotish uchun yetkazib beriladi”.
(4.3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4.5. Respublika mintaqalari bo‘yicha gaz yetkazib berishning oylik hajmlari iste’molchilarning buyurtmanomalari hisobga olingan holda gaz-transport tizimining resurs va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib gaz-transport tashkiloti tomonidan belgilanadi.
(4.5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4.6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4.7. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish tashkiloti va hududiy gaz ta’minoti korxonalari gaz yetkazib berishga, iste’molchi esa o‘rtacha sutkalik me’yorlar doirasida oy davomida bir maromda, iste’molchining sutkalik me’yoridan voz kechish zarurati bo‘lgan hollarda — tomonlar o‘rtasidagi dispetcherlik jadvallari bo‘yicha gaz olishga majburdir.
(4.7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4.8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 132-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 21-son, 151-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4.9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4.10. Hududiy gaz ta’minoti korxonalari gaz taqsimlash stansiyasidan chiqish joyida gaz bosimini shartnomada nazarda tutilgan miqdorda saqlab turadi.
(4.10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4.11. Sovuq tushgan davrda aholini va kommunal-maishiy iste’molchilarni gaz bilan uzluksiz ta’minlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “O‘zneftgaznazorat” inspeksiyasi, gaz yetkazib beruvchilar, gaz uzatish tashkiloti va hududiy gaz ta’minoti korxonasi hamda iste’molchilar ishtirokida korxonalarni yoqilg‘ining zaxira turlariga o‘tkazish jadvallari tuziladi, jadvallar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan jadvallar barcha manfaatdor tashkilotlarga jo‘natiladi. Jadvallar gaz yetkazib berishning rejalashtirilgan hajmlari aholi va kommunal-maishiy iste’molchilarning me’yordagi gaz iste’molini ta’minlamagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsati bilan hududiy gaz ta’minoti korxonasi tomonidan amalga kiritiladi.
Jadvalga kiritilgan korxonalar va tashkilotlar yoqilg‘ining kamaymaydigan zaxirasiga ega bo‘lishi va sovuq tushgan davrda undan foydalanishga o‘tishi kerak.
(4.11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4.12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4.13. Hududiy gaz ta’minoti korxonasi taqdimnomasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iste’molchilarni gaz bilan ta’minlash jadvalini va avariya paytida magistral gaz quvurlarining texnologik ish tartibi buzilgan taqdirda ularni gaz tarmoqlaridan qisman yoki to‘liq uzish navbatini tasdiqlaydilar.
Tasdiqlangan jadvallar barcha manfaatdor tashkilotlarga jo‘natiladi va hududiy gaz ta’minoti korxonalari tomonidan amalga kiritiladi.
(4.13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4.14. Gaz qazib olish, uni qayta ishlash, uzatish va iste’mol qilishning yagona uzluksiz texnologik jarayonini hisobga olgan holda, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining gaz qazib olish, uzatish, gaz yetkazib berish va iste’mol qilish tartibi to‘g‘risidagi ko‘rsatmalari gaz yetkazib beruvchilar, gaz uzatish tashkiloti va hududiy gaz ta’minoti korxonasi tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
(4.14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4.15. Gaz yetkazib beruvchilar, gaz ta’minoti tashkiloti, hududiy gaz ta’minoti korxonasi va iste’molchilar gaz berilganda gaz konlari, gazni qayta ishlovchi zavodlar, magistral gaz quvurlari, shuningdek, turar joylarda, aholi yashash punktlarida va korxonalarda asbob-uskunalar va gaz tarmoqlarining texnik xavfsizligi va texnik foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qilishlari shart.
(4.15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5.2. Gaz yetkazib beruvchi (gaz uzatish tashkiloti) tomonidan hududiy gaz ta’minoti korxonasiga va iste’molchiga beriladigan gaz miqdori iste’molchining hisobga olish priborlari bo‘yicha aniqlanadi, ularda hisobga olish priborlari bo‘lmagan taqdirda esa, qoidaga ko‘ra gaz tarmoqlarining bo‘linish chegarasida o‘rnatilgan gaz yetkazib beruvchi (gaz uzatish tashkiloti)ning nazorat-o‘lchov priborlari bo‘yicha aniqlanadi va ikki tomonlama imzolangan hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
(5.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5.3. Iste’molchidagi asosiy gazni hisobga olish priborlari nosoz bo‘lganda va ular gaz yetkazib beruvchida mavjud bo‘lmaganda hududiy gaz ta’minoti korxonasi tomonidan yetkazib berilgan gaz miqdori plombalanmagan uskunalarning loyihadagi quvvati va gaz sarfini hisobga olish priborlari nosoz bo‘lgan vaqtda korxona ishlagan soatlar bo‘yicha yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa usul bilan aniqlanadi.
(5.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5.4. Aholi foydalanadigan gaz hajmi aholi xonadonlarida o‘rnatilgan hisobga olish priborlari bo‘yicha, ular bo‘lmaganda — tasdiqlangan normalar bo‘yicha aniqlanadi.
5.5. Gaz sarfini hisobga olish priborlarini o‘rnatish, ishlatish va tekshirish amaldagi normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
5.6. Gaz sarfini hisobga olish priborlarining texnik holati va ularning tekshirilishi uchun balansida ushbu priborlar bo‘lgan tashkilotlar va korxonalar rahbarlari javob beradilar.
5.7. Shartnoma tomonlaridan har biri ikkinchi tomon vakiliga iste’molchilar tomonidan gazdan foydalanishni hisobga olish priborlarini va hujjatlarini tekshirish imkoniyatini yaratishga majburdir.
5.8. Gazning ulgurji narxlarini davlat tomonidan tartibga solish va ularni qo‘llash amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5.9. Tomonlar berilgan — qabul qilingan gaz to‘g‘risida har oyda, oyning 3-kunidan kechikmay dalolatnoma tuzadilar.
Berilgan gaz miqdorini aniqlashdan norozi bo‘lgan tomon bu haqda o‘zining alohida fikrini dalolatnomada aks ettirish yo‘li bilan ikkinchi tomonga ma’lum qiladi. Kelishuvga erishilmagan taqdirda kelishmovchilik O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudida ko‘rib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5.10. Iste’molchi foydalangan gaz uchun hisob-kitoblar tartibi, to‘lov muddati va shakllari gaz yetkazib berish shartnomasida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6.1. Iste’molchilarning gaz qurilmalari qoniqarsiz, avariya vaziyatini keltirib chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodim hamda aholi hayoti uchun xavfli holatda bo‘lgan taqdirda gaz yetkazib beruvchi, gazdan foydalanish xavfsizligini nazorat qilish organlari taqdimnomasiga ko‘ra, iste’molchini xabardor qilgan holda, gaz yetkazib berishni zudlik bilan to‘xtatib qo‘yishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
(6.2.-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
gazdan foydalanishdagi kamchiliklar vakolatli nazorat organlari belgilagan muddatlarda bartaraf etilmaganda gaz yetkazib berishni qisman kamaytirish yoki batamom to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
6.3. Gaz yetkazib beruvchi gazning sifati me’yoriy talablarga muvofiq bo‘lishini ta’minlashga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
6.4. Gazga hid qo‘shish gaz uzatuvchi tashkilotlar tomonidan, gaz hidi intensivligini nazorat qilish esa gaz tarmoqlari egalari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(6.4.-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6.5. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish tashkiloti, hududiy gaz ta’minoti korxonasi va iste’molchi gaz bilan ta’minlash obyektlarini ishlatishning texnik holati hamda tezkor-dispetcherlik intizomiga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
(6.5.-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6.6. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish tashkiloti, hududiy gaz ta’minoti korxonasi va iste’molchi obyektlarda gaz yetkazib berishni yoki qabul qilib olishni kamaytiruvchi avariyalar va nosozliklar to‘g‘risida gaz yetkazib berish shartnomalarida belgilangan tartibda bir-birlarini xabardor qilishga majburdirlar.
(6.6.-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6.7. Hududiy gaz ta’minoti korxonasi, gaz uzatish tashkiloti talabiga binoan, gazdan foydalanish tartibi hamda iste’molchilarga yetkazib berilgan gaz uchun to‘lovlar holati to‘g‘risida tezkor axborot taqdim etadilar.
(6.7.-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7.1. Gaz yetkazib beruvchi, gaz uzatish tashkiloti, hududiy gaz ta’minoti korxonasi va iste’molchi ushbu qoidalarni buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(7.1.-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Keyingi tahrirga qarang.