24.09.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2617
O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizligi xizmatining qarori, 24.09.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2617
Кучга кириш санаси
29.09.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2021
 LexUZ sharhi
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 183-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligiga tekshirish o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi va 2000-yil 5-iyuldagi 256-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini g‘ayriqonuniy aralashuv harakatlaridan aviatsiya xavfsizligi jihatidan himoyalashni ta’minlash Milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari, shuningdek Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotining (IKAO) standartlari va tavsiyalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida radio, teleapparatura, audio va video texnika, kompyuter, planshet va mobil telefonlarni (bundan buyon matnda elektron vositalar deb yuritiladi) aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshirish qoidalarini belgilaydi.