O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Parrandachilikda monopoliyadan chiqarish va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 4-sentabrdagi 382-son qarorining 7-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Parrandachilik xo‘jaliklarini kurka go‘shti yetishtirish uchun modernizatsiya qilish to‘g‘risida” 1996-yil 29-noyabrdagi 426-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida parranda go‘shti yetishtirishni yanada ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 6-maydagi 220-son qarorining 11-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 15-oktabr,
445-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 19-son, 184-modda)